Ozlari fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


-Mavzu. Yonilg`i uzatilishini elektron boshqarish



Download 15,88 Mb.
bet56/153
Sana23.04.2022
Hajmi15,88 Mb.
#576155
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   153
Bog'liq
MEETGJ - MAJMUA 2021-2022

18-Mavzu. Yonilg`i uzatilishini elektron boshqarish tizimlarining nosozliklari va ularni diagnostika qilish

Mavzu rejasi:


1. Yonilg`i uzatilishini elektron boshqarish tizimlarining nosozliklari
2. Yonilg‘i nasosi va uning konstruksiyasi .
3. Yonilg‘i nasosi va uning elektr sxemasi.
4. Yonilg‘i uzatishni elektron boshqarishning nosozliklari va ularga texnikaviy xizmat ko‘rsatish.


II. Tayanch so‘zlar va iboralar:
Tok manbai, yonilg‘i nasosi, uzatish quvurlari, qaytish klapani, nagnetatel, EBB, kontakt simlar, yonilg‘i nasosi filtri, mayin tozalovchi filtr, tok manbai, klemma, magnitoelektr datchik, chulg‘am, magnit maydon, EYUK.


III. Maqsad:
Talabalarda yonilg‘i uzatishni elektron boshqarishi bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.


IV. Mustaqil tayyorgarlik/o‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar

  1. Yonilg‘i nasosi qanday uskunalardan tashkil topgan?

  2. Yonilg‘i nasosi qanday vazifani bakaradi?

  3. Filtrning asosiy vazifasi nima?

  4. Dvigatel ishga tushgandan keyin yonilg‘i nasosi holatini ayting.

  5. Nima sababdan yonilg‘i uzatishni elektron boshqarish tizimiga o‘tildi?

  6. Yonilg‘i uzatishni elektron boshqarish tizimining asosiy afzalliklari nima?

  7. Yonilg‘i uzatishni elektron boshqarishning qanday nosozliklar uchraydi?

  8. Yonilg‘i nasosi ishdan chiish sabablarini aytib bering?

Hozirgi kunda yonilg‘i purkash tizimlari yonilg‘i uzatish joyiga qarab 3 turga bo‘linadi: markaziy bir nuqtali, taqsimlangan ko‘p nuqtali va bevosita yonish kamerasiga purkash tizimlari. Yonilg‘ini bevosita yonish kamerasiga purkash tizimi ishlatilishi zarur bo‘lgan jihozlarning juda murakkabligi tufayli amalda ishlatilmaydi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan bir nuqtali va taqsimlangan ko‘p nuqtali purkash tizimlari ishlatiladi. Har ikkala tizimda ham yonilg‘i dvigatel silindrlarining kirish yo‘liga purkaladi.


Yonilg‘i purkash tizimlari ma’lum rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi. 1949 yilda BOSCH (Germaniya) firmasi yaratgan to‘la mexanik purkash tizimi K-Jetronic nomi bilan mashhur bo‘ldi. Keyinchalik bu tizim ancha takomillashtirildi, u qisman elektron blok yordamida boshqarildi (KE-Jetronic). Yonilg‘i purkash tizimlari taraqqiyotining keyingi bosqichlari ularda elektron va mikroprotsessorli boshqarish usullarini juda keng ko‘lamda joriy qilinishi bilan tavsiflanadi. Mono-Jetronik, L-Jetronic, LH-Jetronic rusumli purkash tizimlari shular jumlasidandir. Bu tizimlarda dvigatelning barcha rejimlaridagi yonilg‘i purkash jarayonlari elektron blok yordamida boshqariladi. Oxirgi vaqtda ko‘pchilik zamonaviy avtomobil dvigatellari jihozlanayotgan Motronic purkash tizimida yonilg‘i purkash va o‘t oldirish jarayonlari birgalikda boshqariladi. Bu dvigatelga o‘rnatiladigan datchiklar sonini ancha kamaytirish, uning mexanik tavsifnomasini yaxshilash, tejamkorligini oshirish, ishga tushirish va sovuq dvigatelni qizdirish jarayonlarini yengillashtirish imkonini beradi.
Yonilg‘i purkashning elektron boshqarish tizimlari quyidagi prinsip bo‘yicha ishlaydi. Elektr yonilg‘i nasosi taqsimlash quvurida yonilg‘ini taxminan 0,2 mPa doimiy bosim bilan ushlab turganligi sababli, silindrlarga purkaladigan yonilg‘ining miqdori elektromagnit forsunkani (injektorni) ochilib turish vaqti bilan belgilanadi. Elektron boshqarish tizimi injektorlarni ochilib - yopilishini, ya’ni yonilg‘ini silindrlarga majburiy purkash impulsining davomiyligini drossel to‘siqchasini ochilish burchagi, tirsakli valning aylanish chastotasi, sovituvchi suyuqlik harorati va kiritish quviridagi absolyut bosimga bog‘liq ravishda boshqaradi. Purkalishi zarur bo‘lgan yonilg‘i miqdori haqidagi ma’lumot ikki raqamli kod ko‘rinishida doimiy xotira qurilmasida (DXQ) saqlanadi. Elektron boshqarish bloki datchiklardan kelayotgan ma’lumot asosida, DXQ dan zarur kodni tanlab olib, unga mos keladigan miqdordagi yonilg‘ini dvigatelning kiritish klapanlari atrofiga purkalishini ta’minlaydi.
Benzinli dvigatellarda yonilg‘i purkalishini elektron boshqarish tizimining tarkibiy sxemasi 7.1-rasmda ko‘rsatilgan.
Taqsimlagich 2 ga o‘rnatilgan qo‘shimcha kontaktlar dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi haqidagi ma’lumotlarni impuls signal sifatida shakllantiradi. Bu signal analog-raqamli o‘zgartirgich (ARO‘) 5 ga uzatiladi va raqamli kod ko‘rinishiga keltiriladi. Drossel to‘siqchasining holatini belgilovchi datchik 1 dan kelgan signal ikkinchi ARO‘ 4 yordamida raqamli kodga aylantiriladi. Takt generatori 3 ARO‘ ishlashi uchun zarur bo‘lgan doimiy chastotali impulslarni shakllantirib beradi.
Raqamli kod shaklidagi aylanishlar chastotasi va drossel to‘siqchasining holati haqidagi signallar EBT ning doimiy eslab qolish qurilmasi 6 ga uzatiladi. DXQ da dvigatel aylanish chastotasi va drossel to‘siqchasini ochilish burchagiga bog‘liq ravishda elektromagnit klapan ochilish vaqtini belgilovchi raqamli signal hosil qilinadi va mikroprotsessor 7 ga uzatiladi.
Mikroprotsessor 7 DXQ dan kelgan signalni zarur yonilg‘i miqdoriga proporsional bo‘lgan injektorlarni ochilib turish vaqtining davomiyligi ko‘rinishiga o‘zgartiradi. Taqsimlagich 2 bilan bog‘liq bo‘lgan sinxronizatsiya moslamasi 10 yonilg‘ini dvigatel ish jarayonining tegishli nuqtasida purkalishini ta’minlaydi va kiritish quvirining devorlarida o‘tirib qolayotgan yonilg‘i zarralari miqdorini kamaytiradi.
Dvigatelning issiqlik holati va atrof-muhit sharoitlarini hisobga olib injektorlarni ochilib turish vaqtiga tuzatish kiritish uchun sovitish suyuqligi harorati 11, absolyut bosim 12, so‘rilayotgan havo temperaturasi 13 datchiklaridan mikroprotsessorga qo‘shimcha ma’lumot uzatadi.
Yonilg‘i purkashning elektron boshqarish tizimi o‘t olish va yonish jarayoniga ta’sir qiluvchi ko‘p omillarni hisobga oladi va yonilg‘i uzatilishini murakkab bog‘lanishlar orqali amalga oshiradi. Bu dvigatelning ancha tejamli ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan birga tuzilishining murakkabligi va unga xizmat ko‘rsatish uchun yuqori malakali mutaxassislar zarurligi - bu tizimning kamchiligi hisoblanadi.


Hozirgi vaqtda yonilg‘i purkashni boshqarish tizimlarida optimal boshqarish prinsipiga asoslangan sistemalar keng joriy qilinmoqda. Bu prinsipning mazmuni shundan iboratki, yonilg‘i purkash jarayoni mikroprotsessor shakllantirayotgan boshqaruv signalini dvigatelning ekspluatatsion tavsifnomasiga ko‘rsatayotgan ta’sirini baholash asosida amalga oshiriladi. Optimallashtiruvchi omillar sifatida, odatda, yonilg‘i sarfi, chiqindi gazlarning zaharliligi va dvigatelning tortish tavsifnomalari ishlatiladi. Lekin bu parametrlarni bir vaqtning o‘zida optimallashtirish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun dvigatelning maksimal quvvati yonilg‘i aralashmasini boyitish, tejamliligi esa uni suyiltirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Chiqindi gazlar zaharliligining eng past qiymati yonilg‘i tarkibi - stexiometrik tarkibga, ya’ni yonilg‘i va havoning nisbati 1:14,7 ga yaqin bo‘lganda ta’minlanadi. Shuning uchun amalda ishlatilayotgan va optimal boshqarish prinsipiga asoslangan yonilg‘i purkash tizimlarida teskari aloqa parametri sifatida chiqindi gazlarning kimyoviy tarkibi olinadi. Chiqindi gazlarning tarkibini aniqlash uchun kislorod datchigi (-zond) ishlatiladi. Bu datchik dvigatelning chiqarish kollektoriga o‘rnatilib u chiqindi gazlar tarkibidagi kislorodning miqdoridan ta’sirlanadi. Kislorod miqdorini havoning ortiqlik koeffitsientiga proporsionalligidan foydalanib yonilg‘i-havo aralashmasining holati aniqlanadi.

Yonilg‘i-havo aralashmasi tarkibining teskari aloqa yordamida boshqarish tizimining sxemasi 7.2-rasmda keltirilgan. 3 komponentli katalitik neytrallagich 12 yordamida chiqindi gazlardagi zaharli moddalar SO, NS va NO dan yuqori darajada tozalanishini ta’minlash uchun dvigatelni turli rejimlarida havoni ortiqlik koeffitsientini aniq rostlab, yonilg‘i aralashmasini tarkibini stexiometrik nisbatga maksimal yaqinlashtirish zarur. Chiqarish kollektoriga o‘rnatilgan kislorod datchigi 13 ( - zond) yordamida chiqindi gazlar tarkibidagi kislorod miqdori aniqlanadi va bu signal elektron boshqarish blokiga (EBB) uzatiladi. Agar yonilg‘i aralashmasining tarkibi stexiometrik nisbatdan farq qilsa, EBB dvigatelga uzatilayotgan yonilg‘i miqdorini o‘zgartirish hisobiga yonilg‘i aralashmasi tarkibini stexiometrik tarkibga yaqinlashtiradi.
O‘zDEUavto qo‘shma korxonasining Neksia rusumli avtomobil dvigatellari ham taqsimlangan ko‘p nuqtali elektron boshqariladigan yonilg‘i purkash tizimi bilan jihozlangan.(­­­7.3-rasm). Unda yonilg‘i purkash va o‘t oldirish jarayonlarini bitta elektron bloki boshqaradi.


Neksia avtomobili yonilg‘i purkash tizimining o‘ziga xos tomonlaridan biri unda havo sarfini o‘lchash uchun qimmatbaho va murakkab termoaneomometrik havo o‘lchagich o‘rniga nisbatan arzon bo‘lgan havoning absolut bosimi datchigi ishlatilgan. Bu datchik kiritish quviriga joylashtirilgan bo‘lib undan kelgan ma’lumot asosida elektron boshqarish bloki dvigatelning aynan shu daqiqadagi ish rejimi uchun zarur bo‘lgan yonilg‘i miqdorini aniqlaydi va injektorlarga boshqaruvchi signal yuboradi.



Download 15,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish