Ozlari fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Kontaktli o‘t oldirish tizimining tavsifnomasini yaxshilash



Download 15,88 Mb.
bet48/153
Sana23.04.2022
Hajmi15,88 Mb.
#576155
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   153
Bog'liq
MEETGJ - MAJMUA 2021-2022

Kontaktli o‘t oldirish tizimining tavsifnomasini yaxshilash. O‘t oldirish tizimining tavsifnomasini o‘t oldirish g‘altagining parametrlarini tanlash, variator va juft uzgichlar qo‘llash yo‘llari bilan yaxshilash mumkin.
1. O‘t oldirish g‘altagining parametrlarini tanlash. Birlamchi tokning aniqlash ifodaci (3.3) ga ko‘ra o‘t olish g‘altagi induktivligi qancha kichik bo‘lsa, uzilish tokining qiymati ham shuncha katta bo‘ladi Lekin, ikkinchi tomondan, induktivlik L ikkilamchi kuchlanishni aniqlash formulasi (3.4 ) ning ildiz ostidagi kasr suratiga kiradi va uni me’yoridan ortiqcha kamaytirilishi U2max ning ham pasayishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda o‘t oldirish g‘altagining induktivligi va o‘ramlar sonining eng optimal qiymatlari elektron-hisoblash mashinalari yordamida aniqlanadi.

  1. Variatorni qo‘llash. Ikkilamchi kuchlanish formulasi (3.4) o‘t oldirish tizimining tavsifnomasini yaxshilash, avvalo, uzilish toki Iu ni oshirish bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu tokni oshirish uchun birlamchi zanjir qarshiligini kamaytirish kerak. Ammo uzgich kontaktlari kuymasdan uzoq vaqt ishlashi uchun ulardan o‘tadigan tok 4,5 A dan ortmasligi kerak. Shuning uchun birlamchi zanjir qarshiligini uzgich kontaktlarining ishonchli ishlashini ta’minlaydigan qiymatidan kamay-tirish mumkin emas. Ammo birlamchi zanjir qarshiligini undan o‘tayotgan tok qiymatiga qarab avtomatik ravishda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun birlamchi zanjirga, odatda, temperatura koeffitsienti katta bo‘lgan nikel simdan o‘ralgan qo‘shimcha qarshilik Rq variator ulanadi. Variatordan qanchalik katta tok o‘tsa, u shunchalik ko‘p qiziydi va o‘z qarshiligini bir necha marta oshiradi. Variatorning bu xususiyatidan birlam-chi zanjir qarshiligini, undan o‘tayotgan tok qiymatiga ko‘ra o‘zgartirish uchun foydalaniladi.


O‘t oldirish tizimi va g‘altak parametrlari shunday hisoblanadiki, dvigatelning eng past aylanishlar chastotasida variator qizib eng katta qarshilikka ega bo‘lganda, o‘t oldirish tizimi me’yorida ishlaydi va silindrlarda ishonchli o‘t oldirish jarayoni ta’minlanadi. Bu holda birlamchi zanjirdan o‘tayotgan tok eng katta qiymatga ega bo‘ladi.
Endi, aylanishlar chastotasi ortishi bilan uzgich kontaktlarining tutashib turish vaqti tt kamayadi va birlamchi zanjirdan o‘tayotgan tok i1 qiymati ham pasaya boshlaydi. Birlamchi tok i1 ning pasayishi variator o‘ramlarini sovushiga va qarshiligini kamayishiga olib keladi. Birlamchi zanjirdagi qo‘shimcha qarshilik qiymatining kamayishi, birlamchi tok qiymatini nisbatan ortishiga olib keladi. Xulosa qilganda, o‘t oldirish tizimida variator qo‘llanishi dvigatelning aylanishlar chastotasi ortishi bilan birlamchi tok i1 va ikkilamchi kuchlanish U2max ning pasayish tezligi kamayib, o‘t oldirish tizimining aylanishlar chastotasi bo‘yicha ishlash doirasini kengaytirish imkoniyatini beradi (3.8-rasm).



Download 15,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish