12-Mavzu. Elektrdan ishga tushirish tizimining nosozliklari va ularni diagnostika qilish
I. Mavzu rejasi:
1. Elektrdan o‘t oldirish tizimining nosozliklari va ularga texnikaviy xizmat ko‘rsatish.
2. O‘t oldirishni osonlashtirish vazifalari.
3. Elektrdan o‘t oldirish tizimining vazifasi va komponovka sxemalari.
II. Tayanch so‘zlar va iboralar:
Tok manbai, o‘t oldirish g‘altagi, uzgich-taqsimlagich, o‘t oldirish svechalari, kondensator, o‘t oldirish kaliti, o‘t oldirish tizimi, starter, nazorat-o‘lchov asboblari, tok manbai, klemma, magnitoelektr datchik, chulg‘am, magnit maydon, EYUK, yonilg‘ining to‘la yonmasligi, markaziy elektrod materiali.
III. Maqsad:
Talabalarda elektrdan o‘t oldirish tizimi bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
IV. Mustaqil tayyorgarlik/o‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar
O‘t oldirish tizimi qanday uskunalardan tashkil topgan?
Uzgich-taqsimlagich qanday vazifani bakaradi?
Starterning asosiy vazifasi nima?
Dvigatel ishga tushgandan keyin starterning holatini ayting.
Nima sababdan lektron o‘t oldirish tizimiga o‘tildi?
Elektron o‘t oldirish tizimining asosiy afzalliklari nima?
O‘t oldirish tizimida qanday nosozliklar uchraydi?
Kommutatorning ishdan chiqish sabablarini aytib bering?
Nazorat-o‘lchov asboblari rivojlanishining keyingi bosqichlari avtomobilsozlikka elektronika va mikroprosessor texnikasi keng ko‘lamda joriy qilina boshlanganligi bilan bog‘liq.
Nazorat-o‘lchov asboblarining yangi avlodi - elektron indikatorlar (vakuum-luminessentli, yorug‘lik tarqatuvchi diodli va suyuqlik kristalli) ishlab chiqilishi va avtomobillarga o‘rnatilishi haydovchiga zarur ma’lumotni nafaqat analogli (ya’ni strelkali ko‘rsatkichlar) ko‘rinishda, balki raqamli, grafikli va matn shaklida yetkazish imkonini beradi.
Hozirgi zamon avtomobillarida nazorat-o‘lchov asboblari har xil qo‘shimcha nazorat va diagnostik tizimlar (bortdagi nazorat tizimi, doimiy o‘rnatilgan datchiklar tizimi, marshrut kompyuterlari, naviga-tsiya tizimi va hokazo) bilan birga axborot-diagnostika tizimini tashkil qiladi.
Bortdagi nazorat tizimi (BNT) avtomobilning agregat va tizimlaridagi bir qator parametrlar haqida xabar berib, ularga texnik xizmat ko‘rsatish zarurligi haqida haydovchini ogohlantiradi. BNT yordamida ishlatiladigan suyuqliklar sathini, tormoz ustquymalar holatini, yoritish tizimidagi lampalar sozligini, filtrlar holatini avtomatik ravishda nazorat qilish mumkin.
34-rasm. Taxlil qilish priborlari, multimetr, skaner qiluvchi kompyuterli motor- tester.
Diagnostikaga ketadigan vaqt va mehnat hajmini kamaytirish maqsadida avtomobillar doimiy o‘rnatilgan datchiklar tizimi bilan jihozlanmoqda. Datchiklardan kelgan simlar shtekkerli bo‘linma orqali diagnostik asboblarga ulanadi. Bu juda qisqa vaqt davomida avtomobilning texnik hola tini aniqlash imkonini beradi. Bunga misol tariqasida NEKSIA avtomo-billarining texnik holatini diagnostika qilish uchun ishlatiladigan skanerlash moslamasi SCANNER-11 ni keltirish mumkin. Bu as-bob ixcham, qo‘lda olib yuriladigan qilib ishlangan bo‘lib, unga juda kichik o‘lchamlarga ega bo‘lgan kompyuter joylashtirilgan. SCANNER-11 yordamida NEKSIA avtomobillarining yonilg‘i purkash, dvigatel toksinligini kamaytirish va boshqa elektron tizimlardagi nosozliklarni juda tez aniqlash mumkin.
Oxirgi vaqtda avtomobillar uchun marshrut kompyuteri nomi bilan yuritiladigan moslama ishlab chiqilib, u haydovchiga harakat tezligi, yonilg‘i sarfi, bosib o‘tilgan yo‘l va vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha axborotlarni beradi.
35-rasm. Mototesterni boshqaruvchi hususiy kompyuter va taxlil qiluvchi kompyuterga ulash.
Harakat xavfsizligini ta’minlashda avtomobilning harakatlanish rejimi, alohida tizim va agregatlarining texnik holati haqidagi ma’lumot bilan birga tashqaridan olinadigan, xususan, yo‘lning holati (muz bilan qoplanganligi, ta’mirlanayotganligi va hokazo), obi-havo sharoiti, yo‘llar xaritasi, manzilga etib borishning eng qulay marshruti kabi qo‘shimcha ma’lumotlar ham katta ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar avtomobilning axborot- diagnostika tizimiga yo‘l bo‘ylab joylashtirilgan datchiklardan, maxsus radio uzatish stansiyalaridan, erning sun’iy yo‘ldoshlaridan kelish mumkin. Bu moslamalar avtomobil axborot-diagnostika tizimining eng yangi yo‘nalishlariga oid bo‘lgan navigasiya tizimga kiradi.
Avtomobillarda nutq sintezatorlari paydo bo‘lishi axborot-diagnostika tizim imkoniyatlarini yanada kengaytirib, ko‘z bilan ko‘riladigan ma’lumotlarni akustik axborotlar bilan to‘ldirdi (masalan, «To‘xtang va moy sathini tekshiring» , «To‘xtang va sovutish tizimini tekshiring», va hokazo).
Do'stlaringiz bilan baham: |