Tasniflash xilma xil bo`ladi. Turli - tuman sezgini qaysi sezgi a`zolari yordami bilan hosil qilsak, ularni o`sha a`zolarga qarab quyidagi turlarga, ya`ni ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri, muskul harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi a`zolari qaerda joylashganligiga qarab uchga tasniflanadi: 1. Ekstrotseptiv sezgilar. 2. Interotseptiv sezgilar. 3. Propriotseptiv sezgilar (oraliq) Ekstrotseptiv sezgilar organizmning sirtida bo`ladi. Ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri sezgilari shular jumlasidandir. Bu sezgilar odamga tashqi muhitdan keladigan axborotlarni etkazadi va sezgilar qo`zg`atuvchi bilan retseptorlar o`rtasidagi masofaga qarab ikkiga bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |