¥озирги кунда £зекистон Республикасида савдо ва умумий ов¢атланиш корхоналаригакатта эътибор берилмо¢да


-jadval Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi stavkalari3



Download 41,2 Kb.
bet4/4
Sana18.02.2022
Hajmi41,2 Kb.
#451720
1   2   3   4
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortishning oziga xosligi (1)

2-jadval
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan mikrofirmalar va
kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi stavkalari3


N

To'lovchilar

Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan %da

1

Umumiy ovqatlanish korxonalari

10

ulardan:




umumiy ta'lim maktablari, maktab-internatlar, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy o'quv yurtlariga xizmat ko'rsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari

8

2

CHakana savdo korxonalari, 3 va 4-bandlarda ko'rsatilganlaridan tashqari:







2.1

quyidagi j oylarda joylashgan:




aholisi soni 100 ming va undan ko'p kishidan iborat
shaharlarda

4

boshqa aholi punktlarida

2

borish qiyin bo'lgan va tog'li yerlarda

1

2.2

Joylashgan joyidan qat'i nazar:







alkogolli mahsulot, tamaki mahsuloti, benzin, dizel yoqilg'i va suyultirilgan gaz realizatsiyasidan tovar oboroti bo'yicha

4

3

Ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shug'ullanuvchi savdo korxonalari (4-bandda
ko'rsatilganlaridan tashqari)

5

4

Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari, quyidagi joylarda joylashgan:




aholisi soni 100 ming va undan ko'p kishidan iborat shaharlarda

3

boshqa aholi punktlarida

2

borish qiyin bo'lgan va tog'li yerlarda

1

Yagona soliq to'lovining hisob-kitobi soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.



  1. Xorijiy davlatlarda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tajribasi.

Xorijiy davlatlarning soliq tizimi turli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy shart- sharoitlar ta'sirida vujudga kelgan. Mamlakatlarning soliq tizimi, soliqlarni undirish usullari, stavkalari, turli darajadagi davlatlarning moliyaviy vakolatlaridan kelib chiqib, soliq imtiyozlari bilan bir-biridan ajralib turadi.
Rivojlangan mamlakatlarining soliq tizimlari ko'pgina umumiy shartli xususiyatlarga ega va ayni paytda bir-biridan farq ham qiladi.
Aytish lozimki, har qanday soliq tizimi quyidagi xos jihatlarni belgilab berishi kerak:

  • davlatlarning soliq tushumlarini ko'paytirish yo'llarini topish;

  • umumiy e'tirof etilgan iqtisodiy tenglik nazariyalarini hiosbga olgan holda, haqqoniy va samarali soliq undirish.

Davlatlarning soliq tizimi tamoyillari asosan bir xil va ko'pincha davlatning u yoki bu iqtisodiy nazariyasi tarafdori ekanligiga bog'liq bo'ladi.
Soliqlar tovar bozorlari yoki ishlab chiqarish omillaridan, sotuvchi yoki xaridorlardan, uy xo'jaligi yoki kompaniyalardan, daromad manbalari yoki xarajatlari tarkibidan undirlishi mumkin. Soliqlar uy xo'jaligi yoki ularning a'zolari, so'nggi iste'molchi xarajatlari, chakana savdodan daromadlar, tadbirkorlik faoliyatidan olingan yalpi daromad, amortizatsiya ajratmasi ayirilgan holdagi tadbirkorlik faolliyatidan olingan daromadlar, mehnat haqi fondi, foyda, ish haqi, jamg'arma, dividendlar va boshqa daromadlardan undiriladi.
Aksariyat xorij mamlakatlarining savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish borasidagi tajribasi tahliliy o'rganilganda, ushbu davlatlarda savdo va umumiy oqatlanish korxonalaridan soliq olish umumiy belgilangan tartib asosida amalga oshirilishi aniqlandi. Xususan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining daromadlariga korparativ soliq solinishi, shuningdek mulk solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i, kapital foydasi soliqlari undirilishini ko'rdik.
Bizga ma'lumki, AQSh, Yaponiya, Frantsiya va Gollandiya davlatlarida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliq tortishning qayta ishlangan uslubi amal qilmoqda. Zamonaviy Amerika soliq tizimida, federal xukumat soliqlariga o'xshash soliqlarning asosiy turi shtatlar va mahalliy hukumat organlarida ham amal qiladi. Bu soliqlarga daromaddan soliqlar va alohida tovarlarga aktsizlar, merosxo'rlik va hadya soliqlari, sotsial sug'urta fondiga badallar kiradi. Zamonaviy federal hukumatining soliq tizimida ayniqsa daromaddan va o'ziga xos aktsizlar, mahalliy soliq tizimlarida esa mulkiy soliqlar ahamiyatlidir.
Soliq tushumlariga 70 foizdan ortig'i to'g'ri soliqlardan tashkil topadi. Hozirgi davrda to'g'ri soliqlarning 40 foizi federal daromad solig'ining hissaga to'g'ri keladi. AQShda oltita to'g'ri soliqlar va uchta egri soliqlar amal qiladi. To'g'ri soliqlar tarkibiga daromad va mulkiy soliqlar, merosxo'rlik va xadya solig'i, shuningdek sotsial sug'urtaga badallar, ishchilarning ish haqidan bevosita to'lovlar kiradi.
Amerika iqtisodiy tadqiqotlar Milliy byurosi mutaxasislarining ta'kidlashlaricha, so'nggi 25 yil mobaynida qonuniy stavkalar va korporatsiyalar foydasini soliq tortishning kamayishi, ushbu soliq turi bo'yicha budjet tushumining deyarli 50 foizga qisqartirishga olib keldi.
AQSh qonunchiligiga binoan sotish solig'ining ob'ekti har bir tovar turi bo'yicha sotishdan tushgan yalpi tushum, shuningdek aholiga xizmat ko'rsatish oboroti hisoblanadi.
Alohida tovarlar sotishdan hisoblanuvchi, tanlama sotish solig'ining umumiy ehtiyojini qondiradigan alohida zeb-ziynat maqsadlaridagi tovralar kiradi. Soliq tortishning muhim ob'ektlari, bu benzin, tamaki mahsulotlari va spirti ichimliklardir.
Yaponiyada 1999 yil 1 apreldan e'tiboran yangi soliqqa tortish tizimi ishlab chiqildi. Egri soliqlarning o'sishi hisobiga to'g'ri soliqlar kamaytirildi.
Yaponiyada savo va umumiy ovqatlanish korxonalari, boshqa korxonalar qatorida yuridik shaxslar daromadi solig'ini to'laydilar (korporativ soliqlar).
Ushbu soliq turining paydo bo'lganligiga ko'p bo'lgani yo'q. U javobgarlikni chegaralangan biznes shakllarining rivojlanishi bilan bog'liq ravishda ommalashdi.
Korporativ soliq kompaniyaning sof foydasidan undiriladi. foydani soliqqa tortish tizimi ikkiyoqlama soliq tortishni qisqartirish masalasini echishga yondashish orqali aniqlanadi, ya'ni bir vaqtning o'zida kompaniya va aktsionerlar dividendlarini soliq tortish. Kompaniyalarning foydasi ikki qismdan tashkil topishi mumkin: taqsimlanmaydigan va taqsimlanadigan. Yaponiyada quyidagi soliqqa tortish tizimlari paydo bo'ldi:

  1. Kompaniya miqyosida foydani soliq tortishni turli stavkalar asosida kamaytirish tzimiga muvofiq, taqsimlanadigan foyda birmuncha past stavkada soliq tortiladi.

  2. Aktsiyanerlar miqyosida foydani soliq tortishni kamaytirish tizimi.

Umummilliy koperativ solig'idan tashqari, markaziy budjetdan qayta taqsimlanadigan va soliq boshqarmalari tomonidan undiriladigan tadbirkorlik solig'ini (maxalliy soliq) to'laydi. Tadbirkorlik solig'i foyda solig'ining ustiga qo'yib hisoblanadi va uch xil stavkada undiriladi, shuningdek u idoraviy bo'ysunishiga qarab o'zgarishi mumkin. Tokio uchun bu soliq kompaniyaning nizom jamg'armasi va foydasiga bog'liq ravishda 6 foizdan 12,6 foizgacha stavka belgilangan.
Frantsiyada soliq tushumlarining markaziy budjetdagi hissasi 90 foizdan oshadi. Markaziy budjetga tushuvchi asosiy soliqlar to'g'ri va egri soliqlar, shuningdek gerb yig'imlaridan iborat.: Frantsiyada markaziy va mahalliy budjetga tushuvchi soliqlar aniq belgilab qo'yilgan. Ba'zi vaqtlarda istisno tariqasida markaziy soliqlar mahalliy budjetga yo'naltiriladi.
Mahalliy soliqlar mahalliy boshqaruv organlari daromadlarining 40 foizini tashkil etadi. Mahalliy soliqlar turi mavjud: korxonalardan soliq va oila solig'i.
Niderlandiyada soliqlar davlatning moliyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tarkibining eng zarur qismini shakllantiradi. Niderlandiya soliq tizimida asosan 9 xil soliq turi mavjud: daromaddan soliq; korporativ soliq; QQS; oborotdan soliq; boylik solig'i; kapitaldan soliq; aktsiz solig'i; yer solig'i; merosxo'rlik solig'i va boshqa soliqlar va yig'imlar.
Niderlandiyada hamma korxona va tashkilotlar, shuningdek savdo korxonalari, yuridik stavkasidan qat'iy nazar korporativ soliqni to'laydilar. Korporativ soliq to'g'risida juda ko'p gapirish mumkin. Qisqacha aytadigan bo'lsak korporatsiya federal va o'lka daromad solig'iga bo'ysunadi. Daromad solig'ining afzalligi uning progressivligi, ya'ni daromad o'sishi bilan soliqning o'sish koefittsenti mavjudligi bilan va yagona soliq ta'rifining mavjudligidadir. Koefitsent korxonaning turi va daromad manbaiga bog'liq.
Korporatsiyadan pulli daromad oluvchi shaxsga nisbatan “ikkiyoqlama soliqqa tortish” mavjud. Buning sababi korporatsiya soliqni to'lagandan keyingina aktsioner shaxsga dividend to'laydi. Aktsiya egasi esa shundan so'ng olgan dividendidan boshqatdan daromad solig'i to'laydi.
Korporativ daromad solig'i 1969 yildan buyon undiriladi. O'lkalar va maxalliy xukumatlarning soliqlari korporativ daromadga kiritilmaydi. Shunga qaramasdan korporativ soliq quyidagi 5ta daromad turidan undirilmaydi.

  • ko'chmas mulk ijarasi daromadidan. Bu yerda QQS ni to'lashi mumkin.

  • tibbiy, madaniy, ijtimoiy va aqliy xizmatlar.

  • banklar va bank tashkilotlari tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar.

  • sug'urta tizimlari

  • aktsiya bilan bog'liq tushumlar

Yuqorida guvohi bo'lganimizdek, savdo korxonalarini soliqqa tortishning chet el tajribasi xaqiqatdan ham ancha murakkab jarayon. Lekin, shuni ta'kidlash lozimki, soliqqa tortishning chet el tajribasining respublikamizning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, tatbiq qilsa o'zining ijobiy samarasini ko'rsatishi shubhasiz.
XULOSA
Mazkur kurs ishida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini tadqiq etish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:

  1. Savdo tizimi korxonalari faoliyatining o'ziga xosligi ularni soliqqa tortish mexanizmining ham o'ziga xos bo'lishini taqazo etadi va mamlakatimizda ushbu tizim korxonalarini soliqqa tortishda alohida tartiblar qo'llanilib kelinmoqda.

  2. Savdo tizimi korxonalarini budjet bilan munosabatlari deganda ularning davlat budjeti bilan turli xil majburiy to'lovlar bo'yicha moliyaviy munosabatlarga kirishish jarayoni ifodalanadi. Bunda ushbu tizim korxonalarining majburiy to'lovlar bo'yicha budjet bilan munosabatlari soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to'lovlar bo'yicha majburiyatlarda vujudga keladi.

  3. Savdo korxonalarining yagona soliq to'loviga o'tkazilishi mamlakat soliqqa tortish tizimining samarali bo'lishiga xizmat qilmaydi. Sababi shuki, bunday korxonalar oldin faqat daromad olganda yalpi daromad solig'ini (savdo tushumlarini yashirib qolish imkoniyatlariga bog'liq holda) to'lab, qolgan barcha paytlarda mol-mulk solig'i hisobiga ulardan qisman bo'lsada budjetga tushumlar tushib turgan bo'lsa, endilikda ular butkul faqat tushumga ega bo'lgandagina soliq to'laydigan bo'ldilar. Ya'ni, bunday korxonalarni soliqqa tortish endi faqat ularning savdo tushumlarini qay darajada aniqlay bilishga bog'liq bo'lib qoldi.

  4. Umumbelgilangan tartibda soliq to'lovchi korxonalar mol-mulklarining asosiy qismi amalda ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlar (vositalar)dan iborat bo'ladi. Chakana savdo korxonalarining mol-mulklari esa ko'pincha ko'rkam savdo do'koni, restoran, oshxona, choyxona, kafe, bar va boshqa shu kabi binolardan, shuningdek, avtotransport vositalaridan iborat bo'ladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo'lsak, aslida savdo korxonalari emas, balki ishlab chiqarish korxonalari mol-mulk solig'i to'lashda engillik olishga haqlidirlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston. 2012.

  2. O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi: Rasmiy nashr -O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi - T.: “Adolat”, 2015 y. -432 B

  3. Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik. -T.: “O‘zbekiston”. 2005

  4. Karimov I.A. Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini to‘liq joriy etish, fuqarolik jamiyati asoslarini qurish - faravon hayotimiz garovidir. -T.: “O‘zbekiston”. 2007.

  5. I.A.Karimov. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2455-sonli Qarori (2015 yil 22 dekabr).

  6. I.A.Karimov. “Bosh maqsadimiz - mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o'zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo'l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir”.//Xalq so‘zi. 2016 yil 18 yanvar.

  7. Jo‘raev A. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo‘llari. //monografiya. -T.: “Fan”. 2004.

  8. Alimardonov M., Kuzieva N. Soliqlar va soliqqa tortish. -T.: “Iqtosod- moliya”. 2007.

  9. Zaynalov J. Soliqlar va soliqqa tortish. Samarqand. 2002.

  10. Zavalishina I.A. Nalogooblojeniya. -T.: The Pragma Corporation Enterprise Devolopment Project. 2006.

  11. Jo‘raev A. va boshqalar. Soliq nazariyasi. //O‘quv qo‘llanma. -T.: “Iqtisod-moliya”. 2005.

  12. Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. -T.: Adliya. 2002.

  13. Nalogi. Pod red. D.G. Chernika. -M.: YuNITI. 2001.

14.Iqtisodiy tarqqiyotga erishishda soliq siyosatini yanada takomillashtirish yo‘llari. //Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. -T.: “Iqtisod- moliya”. 2006.
15.Soliq qonunchiligi asoslari. O‘quv qo‘llanma. Tuzuvchilar: D.I. Shaulov, U.T. Kan. -T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2000.

  1. Toshmurodova B. Soliqlar vositasida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmi. -T.: Yangi asr avlodi. 2002.

  2. Xvan L.B. Soliq huquqi. -T.: Konsauditinform. 2001.

  3. Yahyoev Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. -T.: 2003.

  4. Tax Policy. Handbook. Edited by Parthasarathi Shome. IMF, 2001. Washington D.C.

20.Internet saytlari:
http://www.cer.uz.
http://www.mf.uz. http://www.nalog.uz http://www.soliq.uz http://www.tfi.uz.
http://www.nalog.ru

1 I.A.Karimov. “Bosh maqsadimiz - mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o'zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo'l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.”. //Xalq so‘zi. 2016 yil 18 yanvar.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to'g'risida”gi PQ-2455-son qarori

3O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son qaroridan olindi.

Download 41,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish