¥озирги кунда £зекистон Республикасида савдо ва умумий ов¢атланиш корхоналаригакатта эътибор берилмо¢да


-jadval Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan undiriladigan mahalliy yig'imlarning chegaralangan stavkalari2



Download 41,2 Kb.
bet3/4
Sana18.02.2022
Hajmi41,2 Kb.
#451720
1   2   3   4
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortishning oziga xosligi (1)

1-jadval
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan undiriladigan mahalliy
yig'imlarning chegaralangan stavkalari2





Yig'im turlari

Chegaralangan stavkalar

1.

Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'im**:




1.1

alkogolli mahsulotlar, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi*

1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 5 baravari

1.2

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar

1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 3,5 baravari


*) Ko'rsatib o'tilgan stavkalar miqdorlari O'zbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi. Soliq stavkasining aniq miqdori O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga ko'ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
**) Yig'imning bir qismi Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar davlat hokimiyati organlari qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yig'im undirishni ta'minlash bilan bog'liq davlat boshqaruvi organlari xarajatlarini qoplashga, Toshkent shahrida esa Savdo, xizmatlar sohasi va xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish departamentini tutib turishga yo'naltiriladi.
Shu o'rinda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari to'lab kelayotgan soliqlarning asosiy qismini tashkil etgan yagona soliq to'lovining respublikamiz davlat budjeti daromadlaridagi ahamiyati borasida to'xtalib o'tamiz.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yagona soliq to'lovi byudjet daromadlari tarkibida alohida ahamiyatga ega bo'lib, jami daromadlardagi nisbiy ko'rsatkichlardagi salmog'i barqaror tendentsiyasiga ega. Aytish lozimki, uning jami daromadlardagi ulushi 2012 yilda 3,4 foiz, 2013 yilda 3,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2014 yilda 3.3 foiz, 2016 yilgi budjet parametrlarida esa 3.4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

  1. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliq solishning soddalaltirilgan tartibining amaldagi holati tahlili.

Ma'lumki, 2007 yil 1 yanvardan e'tiboran savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ilgari to'lab kelgan yalpi daromadidan yalpi daromad solig'i, mol- mulk solig'i tovarlar aylanmasidan Pensiya jamg'armasiga, Respublika yo'l jamg'armasiga, Maktab ta'limini rivojlantirish jamg'armasiga majburiy to'lovlar to'lash o'rniga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 18 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat budjetini parametrlari to'g'risida”gi PK-532-son qaroriga muvofiq yagona soliq to'lovini joriy etilishi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini tubdan yangicha shakl olishiga olib keldi.
Yagona soliq to'lovi tartibida soliq to'lash uchun korxonada ishlovchi o'rtacha yillik ishchilar soni belgilangan miqdordan oshmasligi talab qilinadi. Ammo, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ishlayotgan xodimlar sonidan qat'i nazar yagona soliq to'lovining soliq to'lovchilari hisoblanishadilar.
Yagona soliq to'lovi aktsiz solig'i to'lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va er qa'ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo'lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan yagona soliq to'lovi quyidagi faoliyatlarga taaluqli emas:
-ishlab chiqarish korxonalarining o'zi ishlab chiqargan mahsulot bo'lgan tovarlarni realizatsiya qilish;
-vositachi, shu jumladan ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi bo'yicha tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat daromadiga o'tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish faoliyatlari;
-tayyorlov faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish faoliyati.
Umumiy ovqatlanish korxoanlarining kulinariya, shuningdek boshqa oziq- ovqat mahsulotini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularni iste'mol qilishni tashkil etish bo'yicha faoliyat yagona soliq to'lovi tartibida soliqqa tortiladi.
O'tgan hisobot yili yakuni bo'yicha soliq to'lovchi yagona soliq to'lovi tartibi asosida soliq to'lash huquqidan mahrum bo'lishi mumkin. Bunday holatlarda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari o'tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar bo'yicha hisob-kitoblar asosida yagona soliq to'lovi yuzasidan qayta hisob-kitobni amalga oshiradi.
Yagona soliq to'lovi bo'yicha qayta hisob-kitob hisob-kitobini taqdim etish muddatidan kechiktirmay, soliq idorasiga taqdim qiladi. Qayta hisob -kitob belgilangan shaklda va tartibda umumbelgilangan soliqlarning har bir turi bo'yicha topshiriladi.
O'tgan yil yakunlari bo'yicha asosiy faoliyat turi savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat bo'lgan yuridik shaxslar hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq to'lovini amalga oshiradi.
Yangi tashkil bo'lgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to'lovini davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanadan e'tiboran joriy yil tugaguniga qadar amalga oshiradi. Joriy yilning 1 oktyabrdan keyin tashkil bo'lgan savdo va mumiy ovqatlanish korxonalari keyingi yil tugaguniga qadar yagona soliq to'lovini amalga oshiradi.
Joriy yil davomida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining asosiy faoliyat turi o'zgarib turishi mumkin. Agar joriy soliq davrining ketma-ket keluvchi ikki choragi davomida savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat asosiy faoliyat turi bo'lmasa, bunday savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari umumbelgilangan soliqlarni to'lash tartibini tanlashlari mumkin.
Turli soliq solish ob'ektlari va yagona soliq to'lovi stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shug'ullanadigan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari har bir faoliyat bo'yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliq to'lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo'yicha yagona soliq to'lovini amalga oshiradi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliq solish ob'ekti bo'lib tovar oborot hisoblanadi. Tovarlarni tannarxidan yoki olish bahosidan past baholarda realizatsiya qiluvchi, shuningdek tovarlarni tekinga beruvchi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliq ob'ekti bo'lib tovarlar tannarxi yoki ularni olish bahosi hisoblanadi. Sotiluvchi tovarlarning baholari davlat tomonidan tartibga solinsa, soliq solish ob'ekti sifatida, realizatsiya qilishdan olinadigan tushum belgilangan baholardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tovarlarni sotishdan tashqari boshqa manbalardan mablag'lar kelishi mumkin. Shu sababli, ularning ayrimlari yagona soliq to'lovi miqdorini aniqlashda soliq ob'ekti deb qaralmaydi (4-jadval).
Bundan tashqari, vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini ko'rsatish majburiyatlarni bajarish bilan bog'liq qilingan xarajatlarni qoplash uchun olingan mablag'lar ham soliq solish ob'ekti hisoblanmaydi.
Korxona ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda tadbirkorlik sub'ektining muassislaridan uning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablag'lar yagona soliq to'loviga tortilmaydi. Tugatilgandan keyin, faoliyat qayta tiklangan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan olingan mablag'lar soliq solish ob'ektiga kiritiladi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to'lovini hisoblashda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan foydalanadi.
Yagona soliq to'lovining hisob-kitobi ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda davlat soliq inspektsiyasiga topshiriladi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiruvchi savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to'lovini hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay to'laydilar. Boshqa toifadagi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay to'laydilar.
Xulosa qilib aytganda, savdo va umumiy ovaqtlanish korxonalari tashkil qilishda tegishli idorlarda dalat to'yxatidan o'tishi, shuningdek statistika va soliq idoralarida hisobga turishi shart. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari yagona soliq to'lovi va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblashi, soliq ob'ektlarini hisobini yuritishi, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda soliq idoralariga taqdim qilishi, soliqlarni belgilangan muddatlarda to'lashi, soliq qonunchiligiga rioya qilishi shart.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovining stavkalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. 2016 yil uchun yagona soliq to'lovining quyidagi miqdorlari amal qiladi:

Download 41,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish