Oziq ovqat texnologiyasi



Download 3,65 Mb.
bet57/134
Sana14.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#549645
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134
Bog'liq
Yoglarni qayta ishlash majmua

11-jadval
Oziqaviy salomas

Ko‘rsatkichlar

Salomas markasi

1

2

3

4

Ter, 0C

31-34

32-36

35-37

42-45

Qattiqligi, g/sm 150C da

160-320

160-320

500-700

Aniqlanmaydi

Qattiq triglitserid miqdori, 200C da

29-37

29-40

>45

Aniqlanmaydi

Yod soni, % J2

70-85

70-85

60-70

Aniqlanmaydi

Kislota soni, mg KOH, ortiq emas

1,0

1,0

2,0

3,0

1 – margarin mahsulotini ishlab chiqarish uchun salomas, o‘simlik yog‘larini gidrogenlab olinadi.


2 – margarin mahsulotini ishlab chiqarish uchun salomas, o‘simlik va mol yog‘i aralashmasini gidrogenlab olinadi.
3 – qandolatchilik uchun salomas, paxta yog‘ini gidrogenlab olinadi.
4 – qandolatchilik uchun salomas, palma yadrosi yog‘ini gidrogenlab olinadi.
12-jadval
Texnik salomas

Ko‘rsatkichlar

Salomas markasi

1

2

3

4

5-3

6

Yod soni, % J2, ortiq emas

65

65

65

55

17

1

Titr, 0C

39-43

39-43

46-50

46-50

58

4

Kislota soni, mg KON, ortiq emas

3,5

Aniqlanmaydi

5

Aniqlanmaydi

6

3

Nikel miqdori, mg/kg, ortiq emas

20

60

20

60

20

0

1 – o‘simlik va mol-yog‘laridan olingan salomas (atir sovun uchun)


2 – soapstokning distillangan yog‘ kislotalaridan olingan salomas (atir sovun uchun)
3 – O‘simlik va mol yog‘laridan olingan salomas (xo‘jalik sovuni uchun)
4 - soapstokning distillangan yog‘ kislotalaridan olingan salomas (xo‘jalik sovuni uchun)
5,6 – o‘simlik va mol yog‘laridan olingan salomas (stearin uchun).


Takrorlash uchun savollar.
1. Yog‘larni gidrogenlash usullari.
2. Moylarni gidrogenlash texnologiyasini parametrlari.
3. Moylarni avtoklavlarda gidrogenlash.
4. Gidrogenlashga bosim va haroratni ta’siri.
5. Turg‘un katalizator ishtiroqida gidrogenlash.
6. Katalizatorni regeneratsiya qilish.
7. Gidrogenlangan yog‘larning ko‘rsatgichlari.
8. Uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi
9. Gidrogenizatsiya rejimi.
10. Gidrogenlash uchun reaktorlar.


Tayanch so‘z va iboralar
Gidrogenlash; Uzluksiz usul; Avtoklav; Regeneratsiya; Gidrogenlash rejimi; Yog‘sizlantirish; Salomas; Qaynatish; Texnik salomas; Qattiqlik; Davriy usul; Yod soni.
13 – MA’RUZA
YOG’LARNI PEREETERIFIKASIYALASH VA QO’LLANILADIGAN KATALIZATORLAR


Reja: Yog’larni pereeterifikasiyasi. Yog’larni pereeterifikatsiyalash jarayonining katalizatorlari, ularni tarkibi. Natriy alkogolyat ishtirokida yog’larni pereeterifikasiyalash mexanizmi. Pereeterifikasiyalash jarayonida noxush reaksiyalar. Pereeterifikasiyalashga berilayotgan yog’larga qo’yiladigan talablar. Katalizatorni tayyorlash.

14 – MA’RUZA
YOG’LARNI PEREETERIFIKASIYALASH
TEXNOLOGIK SXEMASI


Reja: Pereeterifikasiyalash jarayonining davriy va uzluksiz sxemalari, jarayonning ko’rsatkichlari. Pereeterifikasiyalangan yog’larni qo’llash sohalari va ularning xossalari. Pereeterifikasiyalangan yog’larning yog’ kislotalar tarkibini ularning asosiy xossalari bilan taqqoslash.


15 – MA’RUZA
YOG’LARNI FERMENTLAR YORDAMIDA PEREETERIFIKASIYALASH


Reja: Fermentli pereeterifikasiyalashning o’ziga xosligi. Texnologik jarayon rejimlari. Yog’larni pereeterifikasiyalashda qo’llaniladigan fermentlar va ularga qo’yiladigan talablar. Fermentlar ishtirokida yog’larni pereeterifikasiyalash mexanizmi.


3-MODUL. MARGARIN VA MAYONEZ ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOLGIYALARI


16 – MA’RUZA
MARGARIN ISHLAB CHIQARISH VA RESEPTURA TUZISH


Reja: Margarin sanoatining rivojlanish istiqbollari. Emulsiya tushunchasi va emul’siya turlari. Qo’llaniladigan xom ashyolar va margarin mahsulotlari resepturasi. Margarinni oziqaviylik darajasi va uni sifatiga qo’yilgan talablar. Margarin mahsulotlarining maxsus xillari; yog’li xom ashyo; o’simlik, gidrogenlangan va mol yog’lari; pereeterifikasiyalangan yog’lar.

Margarin sariyog‘ga o‘xshash yog‘ sifatida 1869 yilda fransuz kimyogari Mej-Mure tomonidan ishlab chiqarilgan. U eritilgan mol yog‘ining tez eriydigan qismini sigir oshqozonidagi zardob yordamida emulsiyalashni taklif etdi. Hosil bo‘lgan aralashmani yaxna suvda sovutilganda yarim qattiq, och sariq rangli yaltiroq donachalar hosil bo‘ldi. Mej-Mure ularni margarin deb atadi, bu (margjaret – fransuzcha – marvarid) marvarid ma’nosini bildiradi.


Margarin – bu mayda zarrachali emulsiya bo‘lib, uning tarkibiga: yog‘lar, sut, tuz, shakar, vitaminlar, fosfatidlar, emulgator va boshqalar kiradi.
Birinchi margarin zavodlari MDHda 1930 yilda Moskva va Sankt-Peterburgda ishga tushirilgan. Hozirgi vaqtda MDHda 38ta zavod faoliyat ko‘rsatmoqda va yiliga 1 mln. 400 ming tonnadan ko‘p margarin mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda, Respublikamizda Toshkent yog‘-moy kombinatida qattiq va yumshoq margarin tayyorlanmoqda.
Moylarning oziqa qiymati ularning energetik qiymati va fiziologik ta’siri orqali aniqlanadi. Margarin kishi organizmiga singishi jihatidan sut yog‘idan past emas va energetik qiymati jihatidan esa undan yuqori turadi. Buni quyidagi 13-jadvaldan ko‘rish mumkin.
13-jadval
Yog‘larni energetik qiymatlari

Yog‘lar

O‘rtacha energetik qiymati, kJ

Kishi organizmiga singishi, %

Sut yog‘i

38,64

93-98

Paxta moyi

39,48

95-98

Kungaboqar moyi

39,23

95-98

Qo‘y yog‘i

38,84

74-84

Mol yog‘i

38,84

75-83

Sariyog‘

32,51

93-98

Margarin

32,61

93-98

13-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, margarin organizmga singishi bo‘yicha sariyog‘dan qolishmaydi, energetik qiymati bo‘yicha esa undan ustun turadi.


Ma’lumki, mayda zarrachali emulsiya holatidagi yog‘lar kishi organizmiga yaxshi singadi. Bunga yog‘larning suyuqlanish harorati, mazasi va hidi ham ta’sir etadi. Shu sababli, margarin uchun ishlatiladigan yog‘lar aralashmasi shunday tanlab olinadiki, tayyor mahsulotning erish harorati 31-340 C dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Margarinda mavjud bo‘lgan essensial (to‘yinmagan) yog‘ kislotalari uning fiziologik qiymatini oshiradi. Yog‘lar va ulardan olingan mahsulotlarni oziqaviy qiymati, yog‘larni yog‘ kislota va glitserid tarkibiga, ularda fosfatidlar, yog‘da eruvchi vitaminlar, sterollar, karotinoidlar va boshqa fiziologik faol moddalarni borligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘p yillik biologik tadqiqotlar natijasida modda almashinishi buzilgan va ateroskleroz bilan kasallangan kishilarga mo‘ljallangan dietik oziqa yog‘lari tarkibida 40% gacha linol kislotasi bo‘lishi zarurligi aniqlangan. Tabiiy o‘simlik moylari suyuq bo‘ladi, bu holat ularni ishlatish sohasini chegaralaydi, ayniqsa novvoylik va qandolat sanoatida ulardan foydalanib bo‘lmaydi. Margarin bu kamchilikdan holi bo‘lib, retseptura va tayyorlash texnologiyasini o‘zgartirib, turli sohada ishlatiladigan mahsulot olish mumkin.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish