Yog‘larni davriy usulda oqlashni texnologik sxemasi. (12-rasm). Yog‘ korobka (1) dan vakuum yordamida (3) oqlovchi uskunaga tortib olinadi, 90-950C gacha qizdiriladi. 40-60 mm.sim.ust. qoldiq bosim ostida quritiladi. Keyin (2) o‘lchagichdan oqlovchi tuproq tortib olinadi. 20-30 minut davomida yog‘ bilan tuproq yaxshilab aralashtiriladi. Oqlash oxiriga yetganda yog‘ (4) nasos bilan (5) filtrpressga yuboriladi. Xira yog‘lar yig‘uvchi korobkada yig‘iladi, tiniq yog‘lar esa yiguvchi (6) korobkaga yig‘iladi. Filtratsiyadagi bosim 2,5-3,0 kg/sm2 harorat esa 85-90 0C dan oshmasligi kerak. Ishlatilgan oqlovchi tuproq tarkibida ma’lum miqdorda yog‘ bo‘ladi. Oqlovchi tuproq tarkibidagi yog‘ miqdorini kamaytirish uchun filtrpress siqilgan inert gaz bilan puflanadi. Filtrpressdan chiqqan yog‘ qayta ishqoriy rafinatsiyaga yuboriladi.
12 – rasm. Moylarni davriy usulda oqlashni texnologik sxemasi.
Yog‘larni De-Smet firmasi qurilmasida uzluksiz oqlashning texnologik sxemasi bayoni. (13-rasm). Neytrallangan yuvilgan va quritilgan yog‘ (17) bakga kelib tushadi va (16) nasos yordamida oqlash uchun yuboriladi. Yog‘ning bir qismi (3) o‘lchagich orqali, isitgichni chetlab o‘tib, (14) aralashtirgichga keladi, u yerda oqlovchi tuproq bilan aralashtiriladi. Oqlovchi tuproq uzluksiz ravishda shnekli dozator orqali (15) bunkerdan keladi.
Suspenziya vakuum yordamida oqlovchi va deaeratsiya (4) apparatiga tortib olinadi. Bu yerga o‘lchagich (sarflagich) (2) va issiqlik almashgich apparati (1) orqali yog‘ning asosiy qismi yuboriladi. Suspenziya apparatning pastki qismidan (4) nasos bilan (13) issiqlik almashgich apparati orqali (5) kolonka tipidagi so‘nggi (6) oqlash apparatiga yuboriladi. Bu yerda kalqovichli rostlagich yordamida moyli suspenziyani sathi doimiy qilib ushlab turiladi. Vakuum (7) bug‘-ejektorli nasos bilan hosil qilinadi oqlangan moy (12) nasos yordamida (8) diskli filtrga uzatiladi.
Uzluksiz ishlash uchun unga 2 ta filtr o‘rnatilgan. Filtrning birinchi xira qismi (6) tugal oqlovchi apparatga qaytariladi. Filtratning sifatini (9) kuzatuvchi fonar orqali nazorat qilinadi. Toza, tiniq yog‘ keyingi qayta ishlashga yuboriladi. Filtrda ma’lum miqdorda cho‘kma yig‘ilsa, uning ishlab chiqarish quvvati kamayadi, bosim 0.35-0.38 mPa (3.5-3.8 kgs/sm2) ga ko‘tariladi, filtrlash to‘xtatiladi. 2 – filtrni ishga tushirib, 1- filtr o‘chiriladi. Filtr tuxtatilgandan so‘ng qolgan yog‘ (11) bakga quyiladi. U yerdan (12) nasos bilan filtrlashga qaytariladi. Diskadagi cho‘kma dastlab bug‘ bilan puflanadi, keyin esa cho‘kmani yog‘sizlantirish uchun issiq xavo bilan puflanadi. Suv – yog‘ aralashmasi (10) bakga quyiladi, u yerda yog‘ tindiriladi. Disklardagi cho‘kma bushatib turiladi. Ishlab chiqarish quvvati 5 t/s oqlangan yog‘.
13 – rasm. Yog‘larni De-Smet firmasi qurilmasida uzluksiz oqlashning texnologik sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |