2.Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab-chiqarishni rivojlantirishning istiqbolli
yo’nalishlari
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va iste’mol qilishning foydali ish koeffistienti
past bo’lish sabablarini aniqlagandan keyin, ularni bartaraf etish choralarini topish mumkin:
1) Yo’qotishni kamaytirish va qayta ishlash samaradorligini oshirish, bu ozuqa
miqdorini ikki karra oshishiga olib keladi. Bunga saqlash bo’yicha tashkiliy choralar kiradi:
konservalash va saqlash uslublarini takomillashtirish; sof ozuqaviy moddalarni ajratib olish va
saqlash prinstipi (sof ozuqaviy moddalar, masalan, moy, shakar, monomahsulot bo’lib, juda
barqarordir), yo’qotilayotgan (kartoshka oqsili, sut obrati) va foydalanilmaydigan (masalan,
stellyuloza) mahsulotlarni qo’llash. Ko’p uchraydigan stellyulozani glyukozaa aylantirish uchun
uni parchalash, gidrolizlash kerak. Buni amala oshirish mumkin, va bu isbotlangan. Bunda juda
ham shirin bo’lmagan D-glyukoza olinadi. Bu jarayonni yana ham davom ettirish mumkin, ya’ni
D-glyukozadan invert qand olish mumkin. Invert glyukoza va fruktoza aralashmasi bo’lib, ta’mi
bo’yicha odatdagi shakardan shirin bo’lishi mumkin. Stellyulozadan inver qand olish hali
tajribada ishlab chiqish bosqichida turibdi, lekin invert qandni makkajo’xori kraxmalidan olish
Amerikada o’zlashtirilgan va u sanoat miqyosida ishlab chiqarilmoqda.
2) Ozuqa zanjirining ayrim zvenolarini olib tashlash, bu ovqat miqdorini o’n karra
oshiradi:
a) o’simliklarni bevosita ishlatish, ozuqa zanjiridan hayvon zvenosini olib tashlash.
10
Oqsilni nafaqat mevalar va donlardan, balki o’tlar va barlardan olsa bo’ladi. To’ri, insonning
ovqatlanishda o’tlarni qo’llash hali tajriba bosqichida turibdi. Amalda esa faqatina o’simlik
oqsillarini etishmaydigan komponentlar hisobidan balanslash borasida ishlar olib borilmoqda. ap
shundaki, o’simliklar tarkibi bo’yicha balanslashmagan. Ularda juda ko’p uglevodlar bo’lib,
oqsil miqdori juda oz, shu sababli ularning ozuqaviy qimmati past, buni faqat, o’simlik
oqsillarini boshqa moddalar hisobidan balanslash orqali bartaraf etish mumkin.
b) o’simliklarni umuman chiqarib tashlash, oziq–ovqat mahsulotlarini mikrobiologik
yo’llar bilan olish. Masalan, nonvoylik achitqilaridan foydalanish. Nonvoylik achitqilari
uglevodlarni bijitadi, bunda karbonat angidrid gazi va kislotalar ajraladi. Tarkibi nuqtai
nazardan qaraganda, achitqilar - ozuqaviy mahsulot. Achitqi hujayrasining tarkibi (quruq vazn
hisobida) quyidagicha (%):
oqsil – 35–50, yolar – 5–20,
uglevodlar – 20–40, nuklein kislotalar - 10–20
ko’pina vitaminlar.
Achitqilar buzoqchalariga nisbatan oqsillarni o’n min marta tezroq to’playdi. Achitqilar
kerakli nisbatdagi tarkiba ega emas. Bundan tashqari ularda nuklein kislotalar miqdori ko’p.
Nukleidlar miqdori 2% dan yuqori ovqat inson uchun zararlidir. Achitqilardan inson ozuqasi
sifatida foydalanish - kelajakdagi vazifadir. Biroq u hozir ham ozuqa miqyosida ken
qo’llanilmoqda. (Masalan, OVK- oqsilli vitaminlashtirilgan konstentratlar).
3) Ozuqaviy moddalarni sintez qilish (ular bor yo’i 100 taa yaqin, ulardan 45 tasi
almashtirib bo’lmaydigan) ovqat miqdorini 100 karra oshiradi. Ta’mni, rangni, hidni
ta’minlovchi 30-40 ta qo’shimcha moddalarni ham sintez qilsa bo’ladi.
Yuqorida qisqacha ta’riflangan barcha bu masalalarni kimyoviy bilimlarsiz hal etib
bo’lmaydi. Buning ustiga, origanik, umumiy, fizikaviy kimyo, biokimyo fanlarida beriladigan
umumkimyoviy bilimlar, hamda yana ham mutaxassis fan hisoblanuvchi oziq ovqat mahsulotlari
kimyosi kerak. Bu fan o’z vazifasi sifatida quyidagilarni qamrab oladi:
- oziq-ovqat mahsulotlarini hosil bo’lish davridagi kimyoviy o’zarishlarni tadqiq qilish.
Bunda ham tabiiy jarayonlar (masalan, donlarni, sabzavotlarni, mevalarni etilishi), ham
texnologik va pazandalikka oid ishlov berish paytidagi jarayonlar tushiniladi;
- oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash paytida sodir bo’ladigan kimyoviy o’zarishlarni
tadqiq qilish. Masalaning aynan shu tomoni mutaxassisligimiza yaqin;
- origanizmda moddalar almashinuvi va ozuqaviy moddalarning so’rilishi paytida sodir
bo’ladigan kimyoviy o’zarishlarni tadqiq qilish.
Bu bilimlar quyidagilariga olib keladi:
1. Optimal texnologiyalar qayta ishlab va yani sifatli texnologiyalarni yaratish. Masalan,
mikrooriganizmlar yordamida ozuqaviy kislotalar (limon, sut kislotalari) va aminokislotalarni
(lizin, tripton) ishlab chiqarish.
2. Mahsulotlarni saqlash, ulariga ikkilamchi ishlov berish masalalarini hal etish. Masalan,
donni o’z-o’zidan qizishi (nafas olish) uning sifatini yomonlashuviga olib keladi. Bu fermentativ,
kimyoviy jarayon, sharoitlar ta’sirini o’riganish bu jarayonni minimal bo’lishiga keltiradi.
Boshqa bir misol, kartoshkani o’sishi. Shu aniqlandiki, nurlantirish o’sish nuqtasida nuklein
kislotalar sintezini to’xtatadi, va kartoshkani saqlash mumkin.
3. Mahsulotlarni afzalliklarini, foydaligini va qo’llash usulini baholash. Masalan,
Ukrainada etishtirilgan "Zarya" navli bugdoy serhosil, undan olingan un esa yomon, chunki bu
bugdoy donida yuqori faollikka ega bo’lgan proteolitik fermentlar saqlanadi, oqsil-proteinaza
kompleksi optimala mos kelmaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining turlari juda ko’p. Aar ularni turli kombinastiyalarini
inobatga olsak, u holda mahsulotlar turi son-sanoqsiz bo’ladi.
Mikrooriganizmlar yordamida bijitish avvaldan ham turmushda muhim rol o’ynagan. U
haligacha biotexnologik jarayonlarning muhim qismini tashkil qiladi. Bakteriyalar, achitqilar,
moor zamburuglari, suvda o’sadigan ko’katlardan foydalanib maxsus moddalar ishlab
11
chiqarilmoqda.
Mikrobiololar va biokimyoarlarning faoliyati hisoblangan biotexnologiya yaqinda
virusologiyaning, bakteriologiiyaning, molekulyar enetikaning oxiri yutuqlari va ayniqsa
dezoksiribonuklein kislotaning (DNK) modifikastiya usullarining yaratilishi va uni bir
origanizmdan boshqasiga ko’chirish tufayli kuchli turtki oldi.
Sanoat va amaliy mikrobiologiyani o’zida mujassamlashtirigan biotexnologiya biokimyo,
mikrobiologiya, enetika va kimyoviy texnologiyaga oid bilimlar va usullarni qo’llashga
asoslanadi. Bu sanoatdagi jarayonlarda mikrooriganizmlar va
xujayralarni etishtirish
xossalaridan foydalanishga imkon yaratadi.
Fanning bu tarmoqlarini rivojlanishi va ularni batafsil tekshirish (detallashtirish) hayotiy
jarayonlarni o’riganishga qarab kuchli intilish bilan chambarchas boliqdir; o’z navbatida xujayra
va molekulalarda boradigan hayotiy hodisalarni fundamental tekshirish natijalari texnologik
yaniliklarning paydo bo’lishi bilan chambarchas bolangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |