Oziq ovqat texnologiyasi kafedrasi oziq-ovqat texnologiyasi asoslari



Download 8,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/212
Sana20.07.2022
Hajmi8,57 Mb.
#827326
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   212
Bog'liq
Oziq ovqat texnologiyasi kafedrasi oziq-ovqat texnologiyasi asos

Takrorlash uchun savollar
1.Sharoblarning klassifikastiyasi.
2.Sharob tayerlashdagi yagona xom ashe tavsifi. 
3.Sharob ishlab chikarishning prinstipial sxemasi.
4.Uzumni ok uslubda kayta ishlash liniyasi.
Tayanch suz va iboralar
Oq, qizil, ekstraktiv moddalar, sharbat, uzum pustlog’i, mezga, oqim sharbati, oltingugurt, bosim 
sharbati.
 
Konyak
- quvvatli alkogol ichimligi bo’lib, maylarni qayta haydab olingan spirtdan va 
uni uzoq muddat (20 yilgacha) eman bochkalarida etiltirib tayyorlanadi. Tayyor ichimlikni rangi 
qahrabo – tilla rangda, yoqimli hidli, vanilin hidi engil seziladi va o’ziga xos ta’mlidir. Konyak 
quvvati 40-57 % ga teng. Konyakni o’ziga xosligi, noyob sifat ko’rsatgichlari eman bochkalarida 
etiltirish jarayonida shakllanadi. 
Konyak sifatiga mayning tarkibi, uni olish texnologiyasi va asosan konyak spirtini 
etiltirish sharoiti ahamiyatlidir. Yangi haydalgan konyak spitri yuqori sifatli sharobdan olingan 
bo’lsa ham rangsiz, yoqimli hidsiz, qo’pol, ta’mida keskinlik seziladi. Faqat eman bochkalarda 
saqlanish, etiltirish davrida konyak spirti tilla-jigar rangli, ta’mi yumshoq va nozik muattarlikka 
ega bo’ladi. Eman yog’ochi nafaqat konyakni ayrim moddalarini manbai hisoblanadi, shu bilan 
birga kimyoviy jarayonlarini katalizatori hamdir. Konyak spirti saqlash davomida eman 
yog’ochini 8-12 mm gacha namlaydi, chuqurlikdagi qatlamlarga esa faqat spirtni bug’lari o’tadi. 
Konyak spirtini etiltirganda oksidlanish - qaytarilish reakstiyalari faqat eman bochkalarini 
yog’och bo’shliqlaridan o’tadi degan fikr bor.
Etiltirish jarayonida yog’ochdan spirtga pirokatexin, pirokatexin efirlari – izoevgenol 
kabi fenol moddalar o’tadi, ular havo kislorodi ta’sirida oksidlanib, konyakka tilla – jigar rang 
beruvchi moddalar xosil bo’ladi. Fenol moddalar kabi eman yog’ochidan konyak spirtiga 
ekstrakstiya jarayoni natijasida chiqqan moddalar, keyincha vanelin, etilvanelin va boshqa 
125


uchuvchan birikmalarga aylanadi, konyakka o’ziga xos xushbo’ylik baxshida etadi. Spirt 
ta’sirida eman yog’ochni lignining etanolizini kuzatamiz va u oksidlanishga moyil bo’lib qoladi. 
Lignin asta sekin etanoliz jarayoni natijasida lignindan koniferil yoki siren spirti hosil bo’ladi va 
piroksidaza fermenti ta’sirida yoki noorganik kataltzatorlar yordamida aromatik aldegidlargacha 
oksidlanadi va vanilin, sirenevo’y aldegid xosil bo’ladi. 
Konyak spirti etilishida kechadigan kimyoviy reakstiyalar kislorod ishtirokida o’tadi. 
Kislorod bochkalar og’zidan (50 %) va yog’ochni bo’shliqlaridan (10 %) o’tadi.
Konyak quvvatli alkogol ichimligi, qahrabo tilla rangli: Konyak spirtini ma’lum muddat 
eman bochkalarda saqlash yo’li bilan tayyorlanadi. Konyak spirti nordon uzum sharobini 
distillyastiyalash (qayta xaydash) mahsuloti. Dastlab konyak Franstiyani Konyak (Sharant 
departamenti) shaxrida tayyorlangan. Konyak spirtini aroqga ishlatiladigan etil spirtidan farqi 
shundaki - konyak spirtini tarkibida uchuvchan moddalar ancha ko’p miqdorda bo’ladi – aldegid, 
efir, uchuvchan kislotalar, yuqori spirtlar. Spirtni tarkibidagi bu qo’shimchalar eman 
yog’ochining moddalari bilan reakstiyaga kirishib, konyakni organoleptik sifatini shakllanishida 
asosiy ahamiyatga ega. 
Uzum sharobidan distillyastiya bilan spirt olish va uni asosida quvvatli ichimliklarni 
tayyorlash Franstiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Ispaniya, Italiya, SShA va boshqa mamlakatlarda 
yo’lga qo’yilgan. Ichimliklarni nomini nazorat qilish qonuniga ko’ra bu mamlakatlarda konyak 
nomini berish noto’g’ri, chunki amalda konyakni nomida geografik kelib chiqishini asorati ham 
qolmagan va konyak ichimlikni bir turi deb tushuniladi. O’zbekiston ichki bozorida konyak nomi 
saqlangan, shu bilan birga yangi etiketkalarda konyak ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi 
ko’rsatilgan va uning nomi konyak emas, brendi deb nomlangan. 
Sharanta konyagini klassik texnologiyasida kubli apparatlarda (Sharant apparati deb nom 
olgan) sharobni ikki marotaba qayta xaydash yo’li bilan olingan spirtni eman bochkalarida 
saqlash ko’zda tutilgan. 
Konyak ishlab chiqarish nohiyasining uzumzorlari Bordo uzumzorlardan janubda 
joylashgan bo’lib, ikki departamentini egallagan. Sharanta va Primor Sharantasi konyak ishlab 
chiqarish nohiyasiga 7 zona kiradi. Eng yaxshilaridan Grand Shampan yoki (Grand Fin 
Shampan) shaharlardan Konyak, Segonzak va Yarnak. Uzumzorning umumiy maydoni 90000 ga 
yaqin, sharob ishlab chiqarish hajmi 100 mln. dal. Konyak ishlab chiqarish absolyut spirtga 
hisoblaganda yiliga 1÷2 mln. dalga etib qoladi. 
Konyak ishlab chiqarishga asosan «Oq Fol» va «Kolombar» uzum navlari ishlatiladi. 
Semilon, Sovinon uzum navlaridan 10 % gacha qo’shish mumkin. Konyak xom sharobini 
tayyorlashda uzum eziladi, gorizontal yoki gidravlik iskanjalarda bir yoki bir necha marotaba 
iskanjalanadi. Shnekli iskanjalarni qo’llash man etilgan. Oqim va bosim sharbati aralashtiradi. 
Bijg’itishdan oldin sharbat sulfitlanmaydi va tinitilmaydi. Kichik korxonalarda bijg’ish 
bochkalarda, yirik korxonalarda esa 1000-2000 dal hajmli sig’imlarda o’tkaziladi. 
Sharantada uzumni oktyabrda uzishadi va qayta haydashni 1 dekabrdan boshlashadi. 
Sharoblarni saqlanish davomiyligi olinadigan konyak spirt sifatiga nisbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Chunki sharob metalldan yasalgan sig’imlarda saqlanganda tarkibidagi temir miqdori ko’payishi 
bilan oksidlanish jarayoni keskin kuchayadi. Yosh xom sharob yaxshi tinmagan cho’kma bilan 
birga xaydaladi. 
Spirt-sыrest
olishda achitqili xom sharoblar qo’llaniladi (7-8 % achitqi loyqa). 
Bu uslub konyak spirtiga enant efirini oshiqcha miqdorda berganligi sababli, unda mashhur 
franstuz konyaklariga xos tuslari paydo bo’ladi. 
Qayta haydash – sharant alambik 1 kubli davriylik ko’rsatuvchi apparatda olib boriladi. 
Sharob kubga quyiladi va qayta haydashdan chiqqan spirt-spirt 
sыrest
deyiladi. Bu jarayon uch 
marotaba takrorlanadi. Olingan 
spirt-sыrestni
uchta partiyasi assamblyaj qilinadi, aralashma 
qayta qaynatiladi va spirt uchta qismga ajratib olinadi: bosh, o’rta va dumli frakstiyalar.
Konyak tayyorlashda o’rta frakstiyalari olinadi va saqlashga beriladi. 
Sharantada qo’llaniladigan qayta haydash uslublari turlidir. Ayrim holda, xushbo’yligi 
kuchli konyak spirtini tayyorlash uchun sharobga distillyatni oxirgi (dumli) frakstiyasi qo’shiladi 
126


va u bilan birga qayta haydaladi. Ammo, bunday olingan spirt –
sыrestni
quvvati baland 
bo’lganligi uchun, bu uslub kam ishlatiladi. 
Spirt –
sыrestni
quvvati 30 % dan baland bo’lsa, undan kamdan kam yaxshi konyak 
spirtini olish mumkin. Nordon sharobni dastlabki quvvati 10-11 x % bo’lgan bo’lsa undan 
olingan 
spirt-sыrestni
quvvati 30-32 xatto 35x % bo’lishi mumkin. Uning quvvati faqat toza, 
yumshoq suv bilan suyultirilib 29x % ga etkaziladi, lekin qo’shiladigan suvning hajmi 10 % dan 
ko’p bo’lmasligi kerak. Boshqa holda spirt 
sыrestga
dastlabki qayta xaydashdagi bosh va oxirgi 
frakstiyalar qo’shiladi. Distillyatni quvvati 58x% etishi bilan, o’rta frakstiyani olishni 
boshlaymiz. Spirtni quvvati 70,5-71x % ga etishi bilan o’rta frakstiyani olishni to’xtatishadi. 
(≤57).
Bu qoidaga rioya qilmaslik quo’o’ati 58-60x % lik spirtda oxirgi frakstiyasiga xos 
yoqimsiz tuslarni kelib chiqishiga olib keladi. 
Konyak spirti er yuzasidagi xonalarda eman bochkalarda (hajmi 220 l) saqlanadi. Eman 
bochkalarini yasashda faqat Limu emanidan foydalaniladi. 40-50 yoshlik dubdan eng yaxshi 
klyonka yasaladi; bochkalarni to’lg’izganda 2 litr kam quyiladi. 
O’zbekistonda konyak ishlab chiqarish urush yillaridan so’ng rivoj topdi. Konyak ishlab 
chiqarish uchun qulay rayonlar: Toshkent, Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlaridir. 
Bayan-Shirey, Baxtiori Parkent uzum navlaridan yaxshi konyak xom sharobi tayyorlash 
mumkin. Toifi, Nimrang, Rkastiteli, Kuldjinskiy, Aligote uzumlaridan xam konyak xom 
sharobini olish mumkin. (Samarqand, KV-O’zbekiston, Xalqobod).
Konyak texnologiyasi konyak xom sharobini tayyorlash, konyak spirtini olish, uni 
saqlash va konyak tayyorlashdan iborat.
Konyak xom sharobi oq, pushti, qizil uzum navlaridan oq sharoblarga uzumni qayta 
ishlash texnologiyasidan tayyorlanadi. qayta ishlashga faqat sog’lom uzum beriladi. Sharbatni 
tindirganda sulfitlanmaydi. Bijg’ish haroratini 16-25
0
S saqlash kerak. 
Konyak ishlab chiqarishda qo’llanadigan xom sharobni quvvati 8x %-kun, titrlanadigan 
kislotaliylik 1,5 g/l dan aniq, uchuvchan kislotalar 1,3 g/l dan kam va umumiy SO
2
miqdori – 15 
g/l kam. Ularning rangi och-hashak rengidan to pushtigacha, begona hidsiz va ta’msiz. Xom 
sharoblar yaxshi tinmagan, tarkibida 2% gacha achitqi bo’lishi kerak. Kam quvvatli xom 
sharoblarni saqlash qiyin, konyak spirti oladigan konyak moslamasini unumdorligi pasayadi va 
saqlashga ko’p sig’im talab qiladi. 
Konyak xom sharoblarini olishda SO

ni miqdorini chegaralanishining sababi qayta 
xaydalganda SO

tioefir hosil qiladi, u yoqimsiz hid beradi va amalda uni chetlash qiyin. SO

oksidlanishi natijasida kubda H
2
SO
4
paydo bo’lib, kubni karroziyaga (zanglashiga) olib keladi. 
Konyak spirtida SO

uchrasa qator birikmalar hosil bo’ladi. Ular spirt ta’mini va xushbo’yligini 
buzadi. SO

emandan oksidlantirmaydi, bu esa oksidlanish o’zgarishlariga to’siq bo’ladi. To’la 
SO

dan qutulish qiyin, chunki u bijg’ish jarayonida achitqi xam xosil qiladi. Shuning uchun 
konyak ishlab chiqarishda SO
2
ni kam beruvchi achitqi rasalari qo’llanadi.
Konyak xom sharobini va undan olingan spirtni sifatini oshirish uchun, sharbatni 
mezgada tinitish, bandini fermentlab bijg’itish achitqida saqlash tavsiya etiladi. Bu uslublar xom 
sharobni terpenoid moddalari, uchuvchan fenollar, lakton va boshqa birikmalar bilan boyitadi. 
Ularni kub ichida qayta xaydaganda o’zgarishlari, yangi birikmalarni xosil bo’lishida, ularni 
konyak spirtini shakllanish jarayonida ishtirok qilishi mumkin. 
Achitqili xom sharobni qayta xaydashda ishlatganda konyak spirti enant efiriga (uni 
tarkibiga etil kaprilat, etil kaprinat, etil laurat, etil maristat kiradi) o’tishini ta’minlaydi. Franstuz 
konyaklariga xos bo’lgan «sovun» ta’mini aynan shu enant efiri beradi.

Download 8,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish