Oziq-ovqat muammosi.
Insonning normal hayoti va faoliyati uchun zaruriy oziq-ovqat miqdori uning jinsi, yoshi, vazni, bo'yi, qiladigan mehnatining harakteri va sharoiti, turmushi, hududining iqlimiy hususiyatlariga bog'liq. Olimlarning hisoblashicha, iste'mol qilinadigan taomning kaloriyalik medisina normasi sutkasiga 2300-2600 kkal va 70-700g oqsildan kam bo'lmasligi kerak. Biroq BMT ma'lumotlariga ko'ra insoniyatning qismi muttasil ravishda oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligi seziladigan mamlakatlarda yashaydi. Mana shuning uchun ham oziq-ovqat muammosini global (dunyoviy) muammo deb hisoblash lozim. Bu muammoni yechish uchun insoniyat ziroatchilik, chorvachilik va baliqchilik resurslaridan to'laroq foydalanish kerak, mazkur muammoning yechimi ikki xil bo'lishi mumkin.
Birinchi-ekstensiv yo'l-haydaladigan va yaylov yerlar hamda baliq ovlashda foydalaniladigan yerlarni kelgusida kengaytira borishdan iborat.
Ikkinchi-intensiv yo'l avvalo mavjud yerlarning biologik mahsuldorligini oshirishdan iborat. Bu yo'lni amalga oshirishda biotexnalogiya, o'simliklarning yangi, yuqori hosildor navlaridan va tuproqqa ishlov berishning yangi usullaridan foydalanish, mexanizasiya, kimyolashtirish, shuningdek meliorasiyani yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, butun Yer shari aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish hajmini XX asrning oxirgi choragida-2 baravar, XXI asr o'rtalariga borib esa-5 baravar ko'paytirish lozim. Binobarin, intensiv yo'l- insoniyat oziq-ovqat muammosini yechishning bosh yo'lidir.
Qo'ziqorin zamburug`larni xarid qilishda nimalarga e`tibor berish kerak?
|
Mamlakatimizda zamburug`larning 200ga yaqin botanik turlari aniqlangan bo`lib, shulardan 20-25 tasigina iste`molga yaroqli hisoblanadi. Qo`ziqorinlar bir-biriga o`xshash bo`lgani sabab, ularni farqlash qiyin. Ho`sh, xarid vaqti tanlovda adashmaslik, salomatlikka ziyon etkazmaslik uchun nimalarga e`tibor berish kerak?
Foydalimi?
Qo`ziqorin oqsilga boy mahsulot bo`lib, hatto bu modda uning tarkibida go`shtga nisbatan bir necha barobar ko`proq. To`yimliligi va ozuqaviyligiga ko`ra RR va D vitaminlarining ulkan zaxirasi, foydali mikroelementlar, ruh, temir, molibden, kumush, mis va kobalt bilan to`yingan. Shu sababdan birgina oq qo`ziqorin go`sht, kartoshka va boshqa sabzavotlar o`rnini bemalol bosa oladi.
Turlari
Respublikamizda asosan iste`molbop turlardan shampinon, ko`k oyoq (sinyaya nojka), veshenka, qo`ziqorin (smorchok), qo`ziquyruq (bely grib) kabi turlar, zaqarli turlardan esa lepiota turkumining aksariyat vakillari, Agaricus, xonthodefmus, A. Gennadii va boshqalar keng tarqalgan
|
Do'stlaringiz bilan baham: |