Ishning maqsadi: kartoshka suvda saqlanganda maydalanish darajasining
eruvchan moddalar yo’qotilishiga ta’sirini o’rganish.
Asboblar va idishlar:
Refraktometr. RPL-2. 2 ta 250 ml li stakan. 2 ta 100 ml li konussimon kolba.
2 ta voronka.
Ishning bajarilishi:
Uch dona kartoshkani tozalab, har birini simmetrik ikkiga bo’linadi.
Uchta yarimtalik kartoshkalar tortilib, hajmi 250 ml li stakanga solinadi,
o’lchov tsilindriga 200 ml distillangan suv solinib, kartoshka ustiga quyiladi. Suv
kartoshka bo’laklarini qoplashi lozim.
Ketgan suv miqdori yozib qo’yiladi. Uchta kartoshkaning boshqa
bo’lagini 10x10 ml qilib kesilib, stakanga solinib, shuncha miqdorda distillangan
suv solinadi. Stakanlar soat oynalari bilan yopilib, ikkala namuna xam 30
minut saqlab qo’yiladi. Oxirida suyuqliklar yaxshilab chayqatilib, 5 minut
saqlab qo’yiladi. Keyin har bir suyuqlik qog’oz filtr bilan quruq
konussimon 100 ml li kolbaga filtrlanadi. Har bir suyuqlikdagi quruk
moddalar miqdori refraktometr bilan aniqlanadi. Kartoshkadan ajralgan suvda
eruvchan moddalar miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
b
а
Х
ν
⋅
=
V
-
olingan distillangan suv hajmi, ml;
v - kartoshka og’irligi, g;
a- quruk modda miqdori. Haroratga tuzatish kiritilgan..
2
-
ISH. ANTOTSIANLAR RANGINING UZGARISHIGA MUXIT
REAKTSIYASINING TA’SIRINI URGANISH
Ishning maqsadi: antotsianlar rangining sezilarli darajada
o’zgarishdagi muhitning rN qiymatini aniqlash.
NAZARIY QISM
Ko’pgina mevalar va rezavor mevalarning rangi ularda suvda eriydigan
pigment antotsianlar borligi bilan belgilanadi. Bu guruh moddalariga har xil
ranglar (qizil, siyoh, ko’k, sarg’ish) taalluqli. Antotsianlarning rangi muxit
reaktsiyasiga ko’p jihatdan bog’liq. Mevalar xujayralari sharbatining rN
qiymati neytral yoki kuchsiz ishqoriy tomonga o’zgarishi noxush hisoblanadi.
Kerakli asboblar, idishlar va reaktivlar:
Laboratoriya LP-5 rN metri. Termometr. 2 ta 100 ml li kimyoviy stakan. 5
ml li pipetka. 0,1 n o’yuvchi natriy eritmasi.
Ishning bajarilishi:
Bu ishni bajarish uchun sharbatlari antotsianlar bilan bo’yalgan mevalar
yoki rezavor mevalar: gilos, qora smorodina va karolidan foydalanish
mumkin. Ikkita stakanga 5 ml dan sharbat quyiladi.
Stakanlarning bittasiga sekinlik bilan tomchilatib 0,1 n o’yuvchi natriy
eritmasidan tabiiy rang o’zgargancha qo’shiladi. SHarbatning birinchi va
ikkinchi stakandagi rangi belgilanadi. Keyin tabiiy va rangi o’zgargan sharbatning
rN qiymati aniqlanadi. Rangli suyuqliklar muxitining rN qiymatini o’lchash
uchun LP-5 rN metri tavsiya etiladi. Stakandagi suyuqlik xajmini distillangan suv
bilan suyultirish orqali oshirish mumkin (xajmining 10 barobargacha oshishi muxit
rN qiymatiga ta’sir qilmaydi). Antotsianlar rangi rN ning qanday qiymatida
o’zgarishi aniqlanib, ish yuzasidan xulosa qilinadi.
Tekshirish uchun savollar:
1. Nima uchun po’sti archilgan kartoshka qorayadi?
2. Antotsianlar rangini o’zgarishi qanday omillarga bog’liq?
3. SHarbatlarning muxit reaktsiyasini qanday aniqlash mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: