MAVZU: ETIL SPIRTI QUVVATINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Talabalar etil spirti quvvatini aniqlash va sifat taxlili
Kerakli asbob va uskanalar: Namuna uchun etil spirit va suv, efir, atseton, glitserinlar.
Tarkibida kraxmal yoki qand mavjud bo’lgan xom ashyolardan tayyorlanadi. Tarkibidagi aralashmalari va quvvatiga qarab rektifikatsiyalangan spirt qo’yidagi navlarda ishlab chiqariladi: Ekstra, oliy va I navli.
Rektifikatsiyalangan etil spirti (C2H5OH) begona ta’m va hidlarga ega bo’lmagan rangsiz tiniq suyuqlikdirt. Ekstra navli spirt faqat kondension (qo’yilgan talablarga javob beradigan) budoydan tayyorlanadi. Bunday spirtning quvvati (tarkibidagi alkogol miqdori) 96,5
%, oliy tozalikdagi spirtniki - 96,2 %, I navli spirtniki esa - 96,0 % ga teng. Barcha turdagi aroq va liker-aroq mahsulotlarini tayyorlash uchun oliy darajali tozalikdagi rektifikatsiyalangan spirtdan foydalaniladi.
Etil spirtining sifat tahlili. Rektifikastiya qilingan etil spirti uch navda chiqariladi: ekstra, yuqori darajada tozalangan va 1-chi nav.
Ekstra etil spirti eng yuqori sifatli donlardan tayyorlanadi. Yuqori darajada tozalangan va 1-chi nav spirt esa don; kartoshka yoki kartoshka don aralashmasi; kartoshka, don, qand lavlagi aralashmasidan tayyorlanadi.
Etil spirtining konstentrastiyasi (quvvati) hajm foizlarida yoki graduslarda (100 ml suyuqlik tarkibidagi etanolning ml lardagi miqdori), shuningdek oirlik bo’yicha foizlarda (100g syuqlik tarkibidagi etanolning g lardagi miqdori) o’lchanadi. Bunda 200 S da absolyut spirtning solishtirma oirligi 0,78924 ekanligi hisobga olinadi.
Etil spirti fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lum bir talablarga javob berishi kerak. Bu talablar quyidagi 10-jadval ma’lumotlarida keltirildi.
Spirt tarkibida uchraydigan uchuvchan begona aralashmalar inson organizmi uchun zararli hisoblanadi. Shu sababli ham spirt tarkibida ularning miqdori chegaralanadi. Ikkinchidan, bu birikmalar spirtga yomon hid beradi. Demak, spirt tarkibida bu birikmalar miqdori qancha kam bo’lsa, ularning sifati shuncha yuqori hisoblanadi.
Organoleptik ko’rsatkichlari bo’yicha etil spirtining hamma navlari rangsiz, tiniq, begona aralashmalardan holi bo’lishi kerak. Hidi va ta’mi qaysi xom ashyodan olinganligiga qarab o’ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo’lishi kerak.
10-jadval
Ko’rsatkichlari
|
Ekstra
|
Yuqori darajada tozalangan
|
1-nav
|
Quvvati, hajmiy foizlarda, kam bo’lmasligi kerak
|
96,5
|
96,2
|
96
|
Sulfat kislota asosida tozalagiga proba
|
javob beradi
|
200 S da oksidlanishiga proba, kam bo’lmasligi kerak
|
20
|
15
|
10
|
1 l suvsiz sirt tarkibida izoamil va izobutil spirtlarining
aralashmasi (3:1) hisoblaganda sivush moylarining miqdori, mg, ko’p bo’lmasligi kerak
|
3
|
4
|
15
|
1 litr suvsiz spirt tarkibida sirka aldegidiga hisoblaganda
|
|
|
|
aldegidlar miqdori, mg, ko’p bo’lmasligi kerak
|
2
|
4
|
10
|
Metil spirtiga fuksinsulfat kislota bilan proba
|
javob beradi
|
1 l suvsiz spirt tarkibida erkin kislotalar (SO2 ni hisoblamasdan),mg, ko’p bo’lmasligi kerak
|
12
|
15
|
20
|
Furfurol miqdori
|
yo’l qo’yilmaydi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |