Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi


Yuqori hosildorlikka qaratilgan seleksiya



Download 33,49 Kb.
bet3/7
Sana16.04.2022
Hajmi33,49 Kb.
#556980
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yog‘li urug‘larni seleksi

1. Yuqori hosildorlikka qaratilgan seleksiya. Kungaboqarning hosildorligi alohida savatchalarning mahsuldorligi va gektaridagi o’simlik soniga bog’liq.
Alohida savatchaning mahsuldorligi uning ichidagi urug’ (pista) ning soni va har bir urug’ning massasi, og’irligi bilan aniqlanadi.
Bu yerda urug’ mag’zining chiqish miqdori katta ahamiyatga ega. Bu ko’rsatkich umumiy massadan urug’ po’chog’ini chiqishiga bog’liq. Urug’ mag’zining (yadrosi) 10 % oshishi – moy miqdorini 6 – 7 % ga oshishiga olib keladi. Seleksiya jarayoni natijasida rayonlashtirilgan nav va duragaylarda urug’ po’chog’ining chiqish miqdori 40 – 45 % dan 20 – 25 % gacha kamaytirilgan (pasaytirilgan). Yirik savatchalarda, yuqori hosil olingan holda umumiy urug’ massasiga nisbatan po’chog’ini chiqishini oshishi aniqlangan. Kungaboqar seleksiyasida urug’ (pista) ning 1000 donasining massasi bilan bir qatorda 1000 ta urug’ mag’zi (yadrosi) ning vazni xisobiga olinishi kerak. Kungaboqar navlari va duragaylarining hosildorligi maydondagi tup sonining qalin joylashishi natijasida (50 – 60 ming ga) oshadi. Shuning uchun qalin joylashishga moslashgan navlarni ekish maqsadga muvofiqdir. Yuqori agrotexnika sharoitida (o’g’itlash, sug’orish) o’stirilishi kerak.
2. Yuqori moylilik va moyning sifatiga qaratilgan seleksiya. Bu borada akademik V.S.Pustovoytning kungaboqar seleksiyasi va urug’chiligida ishlab chiqqan usullarning roli juda katta. Pustovoyt kungaboqar seleksiya usullarini qo’llash bilan ham hosildorlikni ham moy miqdorini oshirish mumkinligini amalda ko’rsatib berdi va natijada yuqori hosilli, ko’p moyli navlar yaratilib katta maydonlarda ekilib kelinmoqda.
Xalq seleksiyasi navlarining moyliligi 28 – 33 % bo’lgan va o’sha davrlarda bu ko’rsatkich chegarasidan o’tib bo’lmaydi degan fikr tarqalgan edi. 1927 yilda “Kruglik A – 41” nomli birinchi sintetik nav yaratiladi. “Perodovik uluchshenniy”, “Armavirskiy 3497” uluchshenniy va boshqa rayonlashtirilgan navlarning tarkibida iqlim sharoitiga mos kelgan yillari 55 – 56 % moy to’plangan. Seleksionerlarning faoliyati natijasida 59 – 60 % moyli kungaboqar o’simligining avlodlari yaratilgan.
Urug’ (pista)ning va moyining oziqaboplik sifatlari – moy kislotasi tarkibidan tashqari uning tarkibidagi vitaminlar, tabiiiy oqsidlatuvchi ingibitorlar va prooksidantlar saqlanishga bog’liq. Kungaboqar urug’ining tarkibida 0,7 – 1,0 % fosfolipid (fosfatid), 0,23 – 0,24 % sterol moddalari to’planadi. Hozirgi yaratilgan navlarning moyida 60 – 80 mg % tokoferol moddasi saqlanib, bu modda “Ye” vitaminini faolliligiga ta’sir etadi.
Yuqori moyli kungaboqar navlarining urug’lari tarkibidagi suvda eruvchan vitaminlar (nikotin kislotasi, tiamin, biotin va riboflafin) miqdori jixatidan araxis – yer yong’oq urug’lariga o’xshashdir.
Voyaga yetgan – pishgan urug’larning tarkibida pigmentlarning (karotinoid, karotin va ksantofill) miqdori 0,12 – 0,16 mg % ni tashkil etadi.
Ilgari kungaboqar seleksiyasining asosiy yo’nalishi – yuqori hosilli, yuqori moyli navlar yaratish bo’lgan bo’lsa hozirgi seleksiyada bulardan tashqari moyning sifatini yaxshilashga qarab olib borilmoqda.

Download 33,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish