energetik ichimliklar — tarkibida 150 mg/l.dan ortiq miqdorda kofein va (yoki) inson organizmiga tonusni o‘zgartiruvchi ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli miqdordagi boshqa komponentlar mavjud bo‘lgan ichimliklar.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi O‘RQ-514-sonli Qonuniga asosan o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son — 2019-yil 11-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham huquqiy jihatdan tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda qonunchilik bilan belgilanadigan boshqa organlar (bundan keyin matnda davlat nazorati organlari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(4-moddasining birinchi qismiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 27 apreldagi O‘RQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat tomonidan normalash;
oziq-ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
oziq-ovqat mahsulotini sertifikatlash;
davlat nazorati va tekshiruvi;
oziq-ovqat mahsulotining sifatini va xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |