Oziq-ovqat injineringida modellashtirish



Download 254,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana14.04.2022
Hajmi254,1 Kb.
#552642
  1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza




1-Ma‟ruza: “ Oziq-ovqat injineringida modellashtirish” faniga kirish 
Reja: 
1.
Matematik model 
2.
Mujassamlashgan parametrli modellar. 
3.
Taqsimlangan parametrli modellar. 
4.
Statik modellar. Dinamik modellar. 
Model orqali obyektni o‘rganish va olingan natijalarni orginalga tadbiq etish 
jarayoniga 
modellashtirish 
deyiladi. 
Ushbu 
modellashtirish 
jarayonida 
komputerlardan foydalanilsa, ya’ni modellashtirish komputerlar orqali amalga 
oshirilsa, unda bunday modellashtirishga komputerli modellashtirish deyiladi. 
Model – bu modellashtirishning ma’lum bosqichlarda o‘rganilayotgan 
orginal obyektning o‘rniga qo‘yiladigan obyekt. 
Model – bu orginal obyektning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi tasvir. 
Bu tasvir qo‘yilgan maqsadga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. 
Model – bu xayoliy yoki moddiy shaklda amalga oshirilgan sistema bo‘lib, 
o‘rganilayotgan obyektning xususiyatlarini aks ettirishi yoki uning o‘rnini bosishi 
lozim. Demak, har bir model ma’lum maqsadda tuziladi. 
Maqsad – bu obyektning ma’lum bir vaqtdagi va fazodagi oxirgi holati. 
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun model ma’lum xususiyatlarga ega 
bo‘lishi kerak. Bu xususiyatlar shu vaqtning o‘zida model qurilishida sifat 
mezonlari o‘rnida qabul qilinadi. Ularning eng asosiylari quyida keltirilgan: 
-
effektivlik (samaradorlik); 
-
universallik; 
-
barqarorlik; 
-
mazmundorlik;
-
adekvatlik (monandlik); 
-
cheklanganlik; 
-
to‘liqlilik; 
-
dinamikaga egalik. 
Tashqi dunyodan olingan mazmunning belgisi bu 
informatsiyadir

Oziq-ovqat texnologik jarayonlar – bu murakkab fizik-Oziq-ovqat sistemalar 
bo‘lib, ular ikki xil determinantli – stoxastik tabiat hamda fazo va vaqt bo‘yicha 
o‘zgaruvchi qiymatlarga egadir. Ularda qatnashuvchi moddalarning oqimlari ko‘p 
fazali va ko‘p kompoentli hisoblanadi. Fazaning har bir nuqtasi va fazaning 
chegarasida Yuz beruvchi jarayon o‘tishlari davrida impulьs, energiya va 
massaning uzatilishi Yuz beradi. Umuman bir so‘z bilan aytganda jarayon aniq 
geometrik tavsiflarga ega bo‘lgan texnologik apparatda Yuz beradi. O‘z navbatida 
apparatning ushbu tavsiflari ham jarayonning o‘tish tavsiflariga ta’sir ko‘rsatadi. 



Oziq-ovqat-texnologik jarayonlarni qanday o‘rganish mumkin? Bu 
muammoni echish vositasi jarayonni matematik modelllashtirish hisoblanadi. Bu 
usul tizimli tahlil strategiyasiga asoslangan bo‘lib, ushbu strategiyaning mohiyati 
quyidagidan iborat: jarayonni o‘zaro ta’sirlashuvchi murakkab ierarxik tizim deb 
qarab, uning strukturasini sifat bo‘yicha tahlil qilib, matematik ifodasini ishlab 
chiqish va noma’lum parametrlarini baholash. Masalan, yaxlit suYuq muhitda 
zarrachalar, tomchilar yoki gaz pufakchalari to‘plamini harakatlanishi jarayonida 
hosil bo‘layotgan hodisalar uchun samaralar ierarxiyasini beshta sathga ajratish 
mumkin: 1) atom-molekulyar sathdagi hodisalar majmui; 2) molekulalarning 
tashqi strukturalari masshtabidagi samaralar; 3) fazalararo energiya va modda 
uzatish hodisalari hamda Oziq-ovqat reaksiyalar e’tiborga olinadigan dispers 
fazani birlik ulanish harakatiga bog‘liq bo‘lgan fizik-Oziq-ovqat hodisalar 
to‘plami; 4) yaxlit fazada ko‘chib Yuradigan aralashmalar to‘plamidagi fizik-Oziq-
ovqat jarayonlar; 5) apparat masshtabidagi makrogidrodinamik muhitni belgilovchi 
jarayonlar majmui. Sistemaga bunday yondoshuv butun sistemada Yuz beradigan 
hodisalar va ular orasidagi bog‘lanishlar to‘plamini to‘la o‘rganish imkonini 
beradi. 
Matematik modellar orqali obyektning xossalarini o‘rganish matematik 
modellash deb tushuniladi. Matematik modellashtirishning maqsadi - model 
asosida jarayon Yuz beradigan optimal sharoitlarni aniqlash, uni boshqarish va 
olingan ijobiy natijalarni real obyektga tadbiq etishdan iborat.
Matematik model tushunchasi matematik modellashtirish usulining asosiy 
tushunchasi hisoblanadi. 
Matematik model
deb matematik belgilash yordamida 
ifodalanuvchi biror xodiasa yoki tashqi dunyo jarayonining taxminiy tavsifiga 
aytiladi. 
Matematik modellashtirish o‘z ichiga o‘zaro bog‘langan bosqichlarni 
qamrab oladi: 
1)
o‘rganilayotgan obyektning matematik tavsifini tuzish; 
2)
matematik tavsif tenglamalari tizimini echish usulini tanlash va 
modellashtiruvchi dastur sifatida joriy etish; 
3)
modelning obyektga monandligi (adekvatligi) ni aniqlash. 
Matematik tavsifni tuzish bosqichida avval obyektdagi asosiy hodisa va 
elementlar ajratib olinadi va keyin ular orasidagi aloqalar aniqlanadi. Keyin, har bir 
ajratib olingan element va hodisa uchun uning ishlash funksiyasini aks ettiruvchi 
tenglama (yoki telamalar tizimi) yoziladi. Bundan tashqari, matematik tavsifga 
ajratib olingan hodisalar orasidagi turli aloqa tenglamalari ham kiritiladi. 
Jarayonlarning nisbatiga qarab, matematik tavsiflar algebraik, differensial, integral 
va integro-differensial tenglamalar tizimi ko‘rinishida ifodalanadi. 



Yechim usulini tanlash va modellashtiradigan dasturni ishlab chiqish 
bosqichi mavjud usullar ichidan eng samarali (samarali deganda yechimni olish 
tezligi va aniqligi nazarda tutiladi) yechim usulini tanlashni va avval yechimni 
algoritm shaklida, keyin esa – uni EHM da hisoblashga yaroqli dastur shaklida 
amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Modelning monandligini o‘rnatish uni ishlab chiqish bosqichlari ketma-ketligining 
yakuniysi hisoblanadi. 1-rasmda matematik modelni ishlab chiqishning umumiy 
sxemasi keltirilgan. 

Download 254,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish