YO’G’ON ICHAK Io’g’on ichak ichak nayining distal qismi bo’lib, u erda suv-ning so’rilishi va najasning shakllanish jarayonlari ro’y bera-di. Oziq moddalarning so’rilishi ham kuzatiladi. Yo’g’on ichak mikroflorasi ba’zi vitaminlar (V-gruppa va K-vitaminlar) sintezlashda va kletchatkani parchalashda ishtirok etadi; Yo’g’on ichakda hosil bo’lgan shilliq ovqat moddalarning hazm bo’lmagan qoldiqlarining ichak bo’ylab siljishini ta’minlaydi. Yo’g’o^n ichak shilliq qavati orqali turli moddalar (kal’tciy, magniy, fosfatlar, og’ir metall tuzlari) chiqariladi-bu esa yo’g’on ichakning ajratuv faoliyati hisoblanadi.
YUG’ON ICHAKNING TUZILISHI Yo’g’on ichak anatomik jihatdan turli qismlarga bo’linadi: chuvalchangsimon o’simta tutgan ko’r ichak, chambar ichak (ko’tari-luvchi, ko’ndalang va pastki tushuvchi bo’limlari bilan), «S» si-mon va to’g’ri ichak. Yo’g’on ichak devori ham boshqa ichaklar kabi shilliq,, shil-liq osti, mushakvaserozpardalardan ibooat (214-rasm). CHambar ichakning barcha bo’limlari bir xil tuzilgan.
SHilliq pardada faqatgina kriptalar bo’lib, vorsinka-lar tutmaydi. Bundan tashqari, shilliq va shilliq osti parda-_ lar ko’pgina burmalar hosil qiladi. Bu burmalar yarim oysimon bo’lib, aylana holatda joylashadi.
yo’g’on ichak shilliq qavati ko’pgina kriptalarga ega. Bu krip-talar ingichka ichak kriptalariga nisbatan chuqur (0,4-0,7 mm) va serbar bo’lib, ko’plab qadahsimon hujayralar tutadi. (215-rasm). SHilliq parda epiteliysi jiyakli va jiyaksiz tcilindrsi-mon ho’jayra (enterotcit)lar, qadahsimon hujayralar hamda yuqorida aytib o’tilgan bir qator endokrin hujayralardan tash-kil topgan.
Jiyakli enterotcitlar ingichka ichakning shunday hujayralari tuzilishiday bo’lib, bu erda faqatgina hujayralarning mikro-vorsinkalari biroz ingichkadir. Jiyaksiz enterotcitlar kripta-yaarning quyi qismlarida joylashib, barcha epiteliy hujayrala-ri uchun kambial hujayra hisoblanadi. SHuning uchun ham bu Hujayralarda mitoz bo’linishi ko’plab uchraydi.
214- rasm. Yo’g’on ichak. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgap. 06. 20, ok. 10.
1 - krnpta; 2 - qoplovchi epiteliy; 3 - kadahsichon hujaPralar; 4 - krchptaching kun-dalang kesimi; 5-bnriktiruvchi to’qimali xususiy qatlam.
Epityoliy ostida siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat shilliq pardaning xususiy qatlami joylasha-di. Bu qatlam qon tomir va nerv chigallariga mo’l va ingichka ichakning shunday qatlamiga nisbatan limfoid to’qima to’plamla-rini ko’proq tutadi. Bu tuzilmalarning soni to’g’ri ichak tomon kamayib boradi. Limfoid follikullardan limfotcitlar atrof to’qimaga yoki epiteliyga qarab migratciya qilishi mumkin.
SHilliq pardaning mushak qatlami ichki - aylana, tashqi - uzunasiga va qiyshiq yo’nalgan silliq mushaklardan iborat.
SHilliq osti, mushak va seroz pardalar ingychka ichakning shunday pardalari kabi tuzilgan bo’lsa-da, ayrim farq-larga ega. Yo’g’on ichak shilliq osti pardasida limfoid folli-kullar ko’plab uchraydi. Bu follikullar xususiy qatlamdan bo’r-tib turadi. Mushak parda 2 qavat-aylana (ichki) va uzunasiga (tashqi) yo’nalgan mushaklardan iborat. Tashqi mushaklar qava-ti yaxlit bo’lmay, mushak hujayralari tutam-tutam joylashib, butun chambar ichak bo’ylab yo’nalgan 3 ta tasma hosil qiladi. Bu joylar tashqariga turtib chiqib turuvchi bo’rtmalar hosil qila-di. Mushak qatlamlari orasida siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qima joylashib, u tomirlar va nerv chigallari tutadi.
Yo’g’on ichakning seroz pardasi chambar ichakni tashqi tomon-dan o’rab, ko’pgina yog’ hujayralariga ega.
215- rasm. Yo’g’on ichyak krpptalariming eliteliysi. Gematoksn-lin-eozin bilap bo’yalgan. 06. 40, ok. 10.
1 - jiyakli hujayralar; 2 - jiyak; 3 - qadahsimon hujayra; 4 - kripga b>shligi; 5 - xususiy qatlam.
To’g’ri ichak. To’g’ri ichakda yuqori - chanoq va pastki - anal qismlar tafovut etiladi. yo’g’on ichakning chanoq qismi shilliq pardasida uchta ko’ndalang burma mavjud bo’lib, ularning hosil bo’lishida shilliq osti pardasi va mushak pardaning aylana qa-vati ishtirok etadi. Bu burmalar quyiroqda 8-10 ta uzunasiga yo’nalgan burmalar bo’lib, ular orasida chuqurliklar bor.
To’g’ri ichakning anal qismida uchta: ustunsimon, oraliq va te-ri zonalari tafovut etiladi.
Ustunsimon zonada uzunasiga joylashgan burmalar anorektal us-tunlar hosil qilsa, oraliq zonada bu ustunlar qo’shilib shilliq pardaning eni 1 sm cha bo’lgan silliq yuzali zonasi – bavosil halqasi (zona haemorrhoidalis) ni tashkil qiladi. SHu burmalar. orasidagi chuqurchalar (botiqlik) rektal sinuslarni hosil qiladi.
To’g’ri ichakning devori ham chambar ichak kabi tuzilishga ega bo’lib, shilliq, shilliq osti, mushak va seroz par-dalardan iborat.
SHilliq parda epiteliy, xususiy va mushak qatlamlarga ega. Yo’g’on ichakning ayrim qismlarida epiteliy har xil bo’ladi. To’g’ri ichakning yuqori qismida epiteliy bir qavatli prizmatik, ustunsimon zonasida ko’p qavatli tcilindrsimon, oraliq zonasi-da ko’p qavatli yassi muguzlanmaydigan va teri zonasida ko’gg qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliy. Ko’p qavatli kubsimon epi-teliy ko’p qavatli yassi epiteliyga birdan egri-bugri a n o r e k-tal chiziq (linea anarectalis) hosil qilib o’tadi. Teri epi-teliysiga o’tish esa asta-sekin bo’ladi.
To’g’ri ichak epiteliysida jiyakli, qadahsimon va ayrim endo-krin hujayralar mavjud. Endokrin hujayralar (ECL) ichak-ning ustunsimon zonasida ko’plab uchraydi. To’g’ri ichakning yuqo-ri qismlarida kriptalar ko’p bo’lsa, quyi tomon ular yo’qolib boradi.
Xususiy qatlam siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, ayrim limfa follikullarini tutadi. To’g’ri ichakning ustunsimon zonasida yupqa devorli qon tomir-lar,- lakunalar bo’lib, ulardan venalarga qon o’tadi. Ichakning oraliq zonasida ayrim yog’ bezlari uchrasa, teri qismida esa te-riga xos bo’lgan boshqa tuzilmalar ham bo’ladi.
SHilliq pardaning mushak qatlami ingichka ichakdagidek 2 qavat bo’lib uzunasiga yo’nalgan burmalargacha davom etadi- ichakning oxirgi qismida mushaklar yo’qolib boradi. SHuning uchun ham ichakning bu qismida shilliq pardaning xususiy qat-lami to’g’ridan-to’g’ri shilliq osti pardaga o’tadi. Bu qavatlar ko’pgina mayda burma venalar tutadi. Bu venalarning amaliy meditcinada - klinikada ahamiyati katta. SHu venalar kengayishi natijasida shilliq parda siljiydi va kengaygan tomir anal teshik yuzasiga chiqib qoladi- gemorroy kasalligi kelib chi-qadi.
SHilliq osti parda siyrak tolali shakllanmagan bi-riktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, nerv oxirlari va nerv chigallari tutadi. Bu parda venalarga mo’l va mushak pardaga qadar davom etuvchi naysimon bezlarga ega.
To’g’ri ichakning mushak qavati ikki - ichki (aylana) va tashqi (uzunasiga yo’nalgan) qatlam silliq mushak hujayralaridan iborat. (sphincter ani internus et externus). Aylana mushaklar yuqori va quyi qalinlashgan joy (sfinkterlar) hosil qiladi. Quyi sfinkter ko’nda-lang - targ’il mushakdan tashkil topgan to’g’ri ichak mushak pardasi-ning tashqi bo’ylama qavati yo’g’on ichakning boshqa qismlaridan farh-li o’laroq yaxlitdir. Mushaklar orasidagi nerv chigallari va qon tomirlari mo’l bo’lgan siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’-qima qatlami joylashadi.
216- rasm. CHuvalchangsimop o’simta. A - shilliq pardya; B -shilliq ssti pardasi; V - mushak parla; G - seroz parda.
I - 5piteliy; 2 -xususiy qatlam; 3 - shillnq pardaning m>shak qatlamn; 4 - kripta; 5 - limfoid folliqul; 6 - qon tomirlar; 7 - mezoteliy (v. G. Eliseevdan).
Seroz parda to’g’ri ichakning faqatgina yuqori qismini qoplaydi, distal qismi esa adventitcial parda bilan o’ralgan bo’ladi.
CHuvalchangsimon o’simta (oppendix). CHuvalchangsimon o’simta ko’r ichakning ortig’i hisoblanib, uzunligi 2-25 sm, yo’g’onligi 0,5 sm dir. Ko’p hayvonlarda ichakning bu qismi yaxshi rivojlan-gan bo’ladi. SHuning uchun ham ba’zi olimlar bu tuzilmaii ru-diment a’zo, deb yuritishadi.
CHuvalchangsimon o’simta devori yo’g’on ichak singari 4 pardadan iborat (216-rasm), lekin ba’zi bir farqlar mavjud. SHilliq pardasida kriptalar ko’p bo’lib, ichak teshigiga nisbatan radial joylashgan va kam miqdorda qadahsimon hujayralari bo’lgan jiya.kli epiteliy bilan qoplangan. Yo’g’on ichakka nisbatan o’sim-tada endokrin hujayralar ko’proq bo’ladi. Apikal donador hu-jayralar kriptalar tubida kam miqdorda uchraydi. Kripta tubi-da joylashgan kam differentciallashgan hujayralar ichak epite-liysining tiklanishida katta ahamiyatga ega. Xususiy qatlam kriptalararo stromani tashkil etgan, siyrak tolali shakllan-magan biriktiruvchi to’qimadan iborat. Bu qatlam sekin-asta shilliq osti pardaga o’tadi. SHilliq pardaning mushak qatlami o’simtada yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. SHilliq osti pardasi siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, qon tomir va nerv chigaliga boy bo’ladi. Bu pardada lim-fotcitlar ko’plab limfoid to’plamlarini (limfoid follikul-larni) hosil qiladi. Limfoid follikullarda yirik ko’payish markazlari mavjud. Follikullar atrofidagi biriktiruvchi to’-qimada limfotcitlar juda ko’p uchraydi, ularning bir qismi epiteliy orqali o’simta bo’shlig’iga o’tadi. Bu hollarda o’simta bo’shlig’ida ko’chib tushgan epiteliy hujayralari va o’lgan limfo-iitlar to’dalarini ko’rish mumkin. Mushak parda silliq mushak-larning ichki aylana va tashqi uzunasiga ketgan qatlamlaridan iborat. CHuvalchangsimon o’simta tashqarisidan seroz parda bi-lan o’ralgan. SHilliq va shilliq osti pardalarida yotgan himoya vazifasini bajaruvchi ko’plab limfoid to’qimalar to’plamlari - follikullarni tutganligidan chuvalchangsimon o’simta ichak mur-tagi deb ham ataladi.
Yo’g’on ichakning qon bilan ta’minlanishi va innervatciyasi. Oxirgi qon tomir ravoqlaridan to’g’ri arteriyalar yo’g’on ichak devoriga kiradi. Yo’g’on ichakning shilliq osti pardasiga kirish-da to’g’ri arteriyalar mushak va mushak-seroz osti tarmoqlarini beradi. SHilliq osti pardasida to’g’ri arteriyalar o’ta rivoj-langan arteriya chigalini hosil qiladi. Bu chigaldan mushak va shilliq pardalariga yo’naluvchi qaytuvchi arteriolalar tarmoq-lanadi. Bu qaytuvchi arteriolalar kriptalar asosida arteriya-ning bazal to’rini barpo etadi. SHu tuzilmalar orqali yo’g’on ichakning shilliq pardasi oziqlanadi. Kriptalar asosvdagi ar-teriolalar kriptalarning, uzunasi bo’ylab yo’naluvchi-perpen-dikulyar kapillyarlarga tarmoqlanadi. SHu kapillyarlar kripta uchiga borib, epiteliy osti kapillyarlar to’ri bilan qo’shilib ke-tadi. Kriptalarning yuqori 73 qismida kapillyarlar qo’shilib perpendikulyar venulalarni, ular esa kriptalar asosida o’zaro qo’shilib bazal vena to’rini hosil qiladi. Bu venalar qoni shil-liq osti vena chigaliga quyiladi.
yo’g’on ichakning nerv bilan ta’minlanishida parasimpatik vegetativ nerv sistemasiga qarashli sayyor va chanoq nervidan boshqa barcha simpatik nerv tugunlari ishtirok etadi. Io’g’on ichakning intramural nerv apparati xuddi ingichka ichakdagi sin-gari bo’ladi. Nerv gangliylari Dogelning I va II tip nerv hu-jayralarini tutadi. Uzining tuzilishiga va ahamiyatiga ko’ra, ko’richak mushak qavatlari orasida joylashgan nerv tugunlari-ning tuzilishi yo’g’on ichakning boshqa qismiga qaraganda birmun-cha farq qiladi. Ko’richak devorining mushak qavatiga 1 sm-yuzasida 15000 va chuvalchangsimon o’simtada 1600 ganglioz hujay-ralar bo’ladi. Bu esa me’da-ichak sistemasining qolgan bo’limla-ridagidan ancha ko’pdir.