O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
«ARXITEKTURA VA QURILISH»
fakulteti
«BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI»
kafedrasi
“Qurilish jarayonlari texnologiyasi, qurilishni tashkil etish va rivojlantirish” fani bo’yicha kurs (ishi) loyihasi.
Bajaruvchi: 340-17-guruh Arxitektura
yo’nalishi talabasi Bahriyeva N.
Rahbar: Rahmonov N.
JIZZAX- 2020
Kirish.
Kurs loyihasini bajarishdan maqsad talabalarni “Qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi” fanini o‘qib o‘rganish davomida olgan nazariy bilimini amaliy jihatdan mustahkamlab olishdir. Kurs loyihasini bajarish davomida talabalar foydalanayotgan me’yoriy xujjat va ma’lumotnomalar bilan ishlash ilmini egallashadi.
Loyihada qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlar, ishlab chiqarish usullari ilg‘or bo‘lib, qurilish industriyasi talablariga javob beradigan, ish unumdorligini oshishini ta’minlaydigan, ishni muddati va qiymatini qisqarishiga imkon beradigan darajada bo‘lishi kerak.
Kurs loyihasining mazmuni.
Kurs loyihasining hajmi, standart A-I formatdagi bir oq vatman qog‘oz varag‘iga chiziladigan chizma va qo‘lyozma holda yozuv qog‘ozining (o‘lchovi 210x288) standart varaqlariga yoziladigan va taxminan 25-30 sahifali tushuntirish xatidan iborat.
I. Tushuntirishxatida:
1. Yer ishlarining hajmi hisoblanadi;
2. Bir nechta variantlarda texnikaviy-iqtisodiy solishtirish asosida, ekskavator va tuproqni tashish uchun o‘zi to‘kar mashinalar tanlanadi;
3. Ekskavatorni qazish o‘rni hisoblanadi;
4. Mehnat xarajatlari kalkulyasiyasi hamda uning asosida er qazish ishlari uchun taqvimiy grafik tuziladi;
5. Loyihani texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi;
6. Ekskavator ishlari uchun naryad-topshiriq tuziladi;
7. Texnika havfsizligi bo‘yicha tadbirlar tayyorlanadi.
Tushuntirishxatioxiridafoydalanilganadabiyotlarro‘yxatiberiladi.
II. Loyihani chizma tasvir qismida:
1. Ekskavator qaziydigan yo‘l o‘qi o‘tkazilgan handaqda er qazish ishlari tasvirini tarxi va handaq bo‘yicha qirqimi;
2. Ekskavator qazish o‘rnini tarhi va qirqimi;
3. O‘zi to‘kar mashinalarning harakatlanishi grafigi;
4. Yer qazish ishlarini taqvimiy grafigi;
5. Handaq ostini buldozer yordamida tozalash va tuproqni qayta to‘kishni tarx-tasviri;
6. Moddiy-texnikaviy vositalarni qaydnomasi;
7. Loyihaning texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
8. Texnika xavfsizligi va er qazish ishlari uchun qisqacha ko‘rsatmalar.
Topshiriq variant No: 3.
Quyidagi boshlang‘ich ma’lumotlarga asosan handaqni bir cho‘michli ekskavator bilan qazish:
1. Handaqni o‘lchamlari: tubi bo‘yicha uzunligi - d = 65 m, eni – s = 25 m va chuqurligi H =1,8m .
2. Tuproq(grunt) – Shag’al mayda tosh
3. Ortiqcha tuproq, handaq ichidan1,5 km masofaga transport yordamida olib borib to‘kiladi.
4. Mashinalarni o‘rtacha harakat tezligi - 25 km/soat.
5. Yer qazish ishlari muddati - 35 smena.
Loyiha yechimi.
Tuproqningfizik-mexanikaviy xossalarini aniqlaymiz.
I-jadvalda berilgan ma’lumotlarga binoan yumshoq lyoss uchun:
1. Boshlang‘ich yumshatilish koeffitsienti Kboshl.=1,18;
2. Qoldiq yumshatilish koeffitsienti Kqold.=1,065;
3. Yo‘l qo‘yilgan qiyalik tikkaligi 1: 1 (handaq yon devorlarni sun’iy mustahkamlanmagan holatida).
Do'stlaringiz bilan baham: |