KIRISH
Xozirgi kunda axborot texnologiyalari jaddalik bilan rivojlanib bormoqda. Internet texnologiyalarining yaratilishi turli manbalardan tez va oson yo‘l bilan axborot olish imkoniyatlarini xamma uchun oddiy fuqarodan tortib yirik tashkilotlargacha misli ko‘rilmagan darajada oshirib yubordi. Davlat muassasalari, fan-ta’lim muassasalari, tijorat korxonalari va aloxida shaxslar axborotni elektron shaklda yaratib-saqlay boshladilar. Bu muxit avvalgi fizikaviy saqlashga nisbatan katta qulayliklar tug‘diradi. Saqlash juda ixcham, uzatish esa bir onda yuz beradi va tarmoq orqali bor ma’lumotlar bazalariga murojaat qilish imkoniyatlari juda keng. Axborotdan samarali foydalanish imkoniyatlari axborot miqdorining tez ko‘payishiga olib keldi. Biznes qator tijorat soxalarida bugun axborotni o‘zining eng qimmatli mulki deb biladi. Bu albatta ommaviy axborot va xamma bilishi mumkin bo‘lgan axborot xaqida gap borganda o‘ta ijobiy xodisa. Lekin pinxona (konfidensial) va maxfiy axborot oqimlari uchun internet texnologiyalari qulayliklar bilan bir qatorda yangi muammolar keltirib chiqardi. Internet muxitida axborot xavfsizligiga taxdid keskin oshdi:
- Axborot o‘g‘irlab qo‘yish;
- Axborot mazmunini buzib qo‘yish, egasidan iznsiz o‘zgartirish;
- Tarmoqqa va serverlarga o‘g‘rincha suqilib kirish;
-Tarmoqqa tajovuz qilish;
-Avval qo‘lga kiritilgan transaksiya(amallarning yaxlit ketma-ketligi)larni qayta yuborish, "xizmatdan yo axborotga daxldorlikdan bo’yin tovlash", jo‘natmalarni ruxsat berilmagan yo‘l orqali yo‘naltirish.
Ma’lumki, xozirgi kunda veb-sahifalarni yaratish eng zamonaviy dasturlashlardan xisoblanadi. Bir necha yil avval ko‘plab veb-sahifalarini yaratuvchilar statistik ma’lumotlargagina qo‘llar edilar. Veb-sahifalar HTML-fayllardan tashkil topib, foydalanuvchi o‘z brauzerini ishga yuklar va o‘qiy olar edi.
Sekin asta veb-tarmog’ida foydalanuvchilar bilan aloqa uchun formalar yaratilib, qidiruv funksiyalari hamda o‘zaro axborot almashinish imkoniyatlari yaratila boshlandi, lekin sahifaga murojat qiluvchiga statistik ma’lumotlar avvalgidek ko‘rinishda ifodalab berildi. Kompyuterdan foydalanuvchi o‘z shaxsiy ish rejalariga ega bo‘lib, bu ishlarni, ya’ni elektron pochtani tekshirib, ko‘rish rejalarini tartibga solish kabilarni shu veb sahifa asosida amalga oshiradi. Xatto ba’zi bir maxsus ma’lumotlarni tarmoq orkali mijozga namoyish etish uchun ham sahifa ko‘rinishida uzatilib beriladi.
Agar biz veb-sahifalarini tayyorlovchi sifatida asosan HTML, JavaScript va grafik dizaynerlik bilan shug‘ullansangiz yoki biz dasturchi bo‘lsak, lekin veb-dasturlash texnologiyasi bilan tanish bo‘lmasak u xolda bu fan (soxa) biz uchundir. U sizga yuqori eng zamonaviy yo‘nalishda qadam qo‘yishingizga yordam beradi. PHP tili Perl, ASP va Java tillari bilan bir qatorda dinamik veb-sahifalarni yaratishda yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |