O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlari parametrlari va kattaliklarini o‘lchash
§5.1. Asosiy ma’lumotlar
Qarshiliklarni o‘lchashda eng ko‘p tarqalgan usul Om qonuniga asoslangan ampermetr va voltmetr usulidir.
(5.1)
bunda - o‘lchanadigan qarshilik, Om; – o‘lchanayotgan qarshilikdagi kuchlanish pasayishi, V; – shu qarshilikdan o‘tuvchi tok, A.1
Qarshilikni bu usulda o‘lchashda ikki xil sxemani qo‘llash mumkin (5.1-rasm).
5.1-rasm. Qarshilikni o‘lchashda ampermetr va voltmetr usuli.
a) kichik; b) katta qarshiliklar uchun.
O‘lchash aniqligi kichik bo‘lishi ruxsat etilsa, ampermetr va voltmetr ko‘rsatishlaridan foydalanib, (5.1) formula bo‘yicha hisoblanadi. Kichik qiymatli qarshiliklarni katta aniqlikda o‘lchash uchun ulanish sxemasi 5.1-rasm, a) dan foydalaniladi
, (5.2)
bunda, – voltmetr ko‘rsatishi, V; – ampermetr ko‘rsatishi, A; – voltmetrning ichki qarshiligi.
Katta qarshiliklarni yuqori aniqlikda o‘lchash uchun 5.1-rasm, b) dan foydalaniladi
, (5.3)
bunda – voltmetr ko‘rsatishi, V; – ampermetr ko‘rsatishi, A; – ampermetrning ichki qarshiligi.
Ampermetr va voltmetrlarning ulanish sxemasini tanlash uchun quyidagi mezondan foydalanish lozim:
agar
(5.4)
bo‘lsa 5.1-rasm a) dan foydalaniladi,
agar
(5.5)
bo‘lsa 5.1-rasm b) dan foydalaniladi.2
Qarshiliklarni yuqori aniqlikda o‘lchash uchun o‘zgarmas tok o‘lchash ko‘priklari qo‘llaniladi (5.2-rasm). Bunda
(5.6)
5.2-rasm. Qarshilikni o‘lchash ko‘prik sxemasi
Quvvatni o‘lchash. O‘zgarmas tok zanjirida quvvatni ampermetr va voltmetr bilan o‘lchash mumkin:
(5.7)
bunda – mos ravishda quvvat o‘lchanadigan uchastkadagi voltmetr va ampermetr ko‘rsatishlari.
O‘zgarmas tok zanjiridagi quvvatni elektrodinamik vattmetr bilan ham o‘lchash mumkin.
O‘zgaruvchan tok zanjirlaridagi quvvat vattmetr yordamida o‘lchanadi. O‘lchash diapazonini kengaytirish uchun tok va kuchlanish transformatorlaridan foydalaniladi.3
Simmetrik yuklamali uch fazali zanjirlarda aktiv quvvatni o‘lchash uchun bitta vattmetrdan foydalaniladi. Uch fazali zanjirning umumiy quvvatini aniqlash uchun bir fazaga ulangan vattmetr ko‘rsatishi uchga ko‘paytiriladi, ya’ni:
(5.8)
Simmetrik va nosimmetrik yuklamada zanjirning umumiy aktiv quvvatini o‘lchash uchun ikkita vattmetrdan (Aron sxemasi) foydalaniladi (5.3-rasm).
5.3-rasm. Ikki vattmetr yordamida aktiv quvvatni o‘lchash sxemasi
(5.9)
bunda – birinchi va ikkinchi vattmetr ko‘rsatishlari, Vt;
;
bunda vektorlar orasidagi faza siljish burchagi; vektorlar orasidagi faza siljish burchagi.
Simmetrik yuklamada
(5.10)
(5.11)
bunda – kuchlanish va tok orasidagi faza siljish burchagi.
Vattmetr ko‘rsatishlariga ko‘ra zanjirning reaktiv quvvatini va faza siljish burchagini aniqlash mumkin.
(5.12)
(5.13)
(5.14)
(5.15)
Uch fazali simmetrik zanjir reaktiv quvvatini vattmetr yordamida o‘lchash sxemasi 5.4-rasmda keltirilgan va quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
5.4-rasm.
Uch fazali nosimmetrik zanjirning yuklamasi yulduzcha usulida ulanib neytral sim mavjud bo‘lgan holda har bir fazadagi aktiv quvvatni o‘lchash uchun uchta vattmetr ulanadi. Zanjirning umumiy quvvati uchta vattmetr ko‘rsatishlarining yig‘indisiga teng bo‘ladi:
(5.16)
bunda – har bir vattmetrlarning ko‘rsatishi, Vt.4
Kichik quvattlarni o‘lchashda usul xatoligini kamaytirish uchun asboblarning quvatt isrofiga tuzatma kiritish lozim bo‘ladi. Yuklamaning aniqlashtirilgan quvvatti quyidagicha ifodalanadi 5.6-rasm a) bo‘yicha
bunda SW - vattmetr doimiysi; vattmetr shkalasidagi ko‘rsatish bo‘laklar soni, mos ravishda voltmetr, ampermetr, va vattmetrlarning kuchlanish va tok zanjirlarining qarshiliklari.
Vattmetrlarning ko‘rsatishini aniqlash uchun mil ko‘rsatgan shkala bo‘linmalar sonini bo‘linma bahosiga ko‘paytiriladi.
Vattmetr bo‘linmalari bahosi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
(5.17)
bunda – kuchlanishning nominal qiymati; – tokning nominal qiymati, A; – vattmetr bo‘linmalarining maksimal soni.
Elektr energiyani o‘lchash. Bir fazali o‘zgaruvchan tok elektr energiyasini o‘lchash induksion o‘lchash mexanizmli elektr hisoblagichlar yordamida bajariladi:5
(5.18)
bu erda, – elektr tarmoqdan olingan energiya, kVt∙soat; –hisoblagichning haqiqiy doimiyligi, ya’ni disk bir martta aylangandagi hisoblash mexanizmi bilan o‘lchangan energiya miqdoridir; – hisoblagich diskining aylanishlar soni.
Ma’lum bir vaqt mobaynida ishlatilgan energiyani aniqlash uchun hisoblagichning joriy va avvalgi ko‘rsatishlari ayiriladi.
Hisoblagichning nisbiy xatoligi quyidagicha aniqlanadi.
(5.19)
Hisoblagichning tuzatma koeffitsiyenti K – haqiqiy foydalanilgan energiyani hisoblagich o‘lchagan energiyaga nisbati bilan aniqlanadi.
(5.20)
Do'stlaringiz bilan baham: |