Yakor. Yakor mashinaning aylanuvchi qismi bo’lib, uning chulg’amlarida asosiy EYuK hosil bo’ladi. O’zgarmas tok mashinalarida baraban tipidagi yakor qo’llaniladi. Yakor val va unga kiygiziladigan yupqa po’lat o’zak plastinkalari, yako chulg’ami bir tomoniga o’rnatilgan kollektordan iborat. Yakor po’lat o’zagi maxsus elektrotexnik po’latdan shtamplash yo’li bilan 0,35…0,5 mm qalinlikdagi plastinkalardan yig’iladi katta quvvatli mashinalarda plastinkalar ayrim segmentlar shaklida tayyorlanadi (4-rasm, в); uyurma toklarni kamaytirish maqsadida plastinkalar yupqa qog’oz yoki lok qatlami bilan o’zaro izolyatsiyalanadi..
4-rasm yakorning chulg’amsiz ko’rinishi (a), yakorning po’lat o’zagini yig’ish jarayoni (б) va yakor o’zagini tashkil etuvchi po’lat listlar (в)
Do'stlaringiz bilan baham: |