O’zgarmas tok mashinalarining tuzilishi va ishlash prinsipi
O’zgarmas tok mashinalari generator va dvigatel sifatida ishlatiladi. O’zgarmas tok mashinasi ham asosan qo’zg’almas qism–stator va aylanuvchi qismi–yakor (yakor) dan tuzilgan (1-rasm). Stator korpusi ichida ayon qutbli magnit (yoki o’zak) 2 lar o’rnatiladi. Qutb o’zaklariga o’ralgan chulg’am qo’zg’atish chulg’ami 3 deyiladi. Qo’zg’atish chulg’ami mashinaning asosiy magnit maydonini hosil qilish va uni rostlash uchun xizmat qiladi. Yakorning po’lat o’zagi pazlariga yajor chulg’ami o’rnatiladi.