1. Suyuqlik va gazsimon moddalar sarfini bosim farqlari o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar bilan o’lchash Ishlab chiqarishda hom ashyo va energiya sarfini to’g’ri normalash va ularning amalga oshirilishini doimo kontrol qilib turish ishlab chiqarishning samaradorligini oshiradigan asosiy yo’llardan biri hisoblanadi. Shu tufayli ishlab chiqarish ob’ektlarida (ish agregati, texnologik oqim liniyalari, sex va zavodda) ishlab chiqarish prosesslarining to’g’ri boshqarilishini ta’minlash uchun hom ashyo (suyuqlik va gazsimon moddalar, kislorod, suv, bug’, kimyoviy reaksiyalar komponentlari va boshqalar) miqdorini uzluksiz o’lchab, ularning sarfini hisoblash turish va shuningdek ishlab chiqarish mahsulotlari miqdorini ham o’lchab kontrol qilib turish ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak.
Modda sarfini o’lchash va miqdorini hisoblash usullari ko’p va turlicha.Ularni birinchi navbatda ob’ektning turlariga qarab harakterlash mumkin :
1) truba orqali o’tadigan suyuqlik va gazsimon moddalar miqdorini o’lchash usullari;
2) sochiluvchan moddalar (paxta va chigit) sarfini o’lchash usullari;
3) sanaladigan qattiq jismlar va narsalarni hisoblash usullari.
Ishlab chiqarishda sarf o’lchagichlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Bosim farqlari o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar;
2. Bosim farqlari o’zgarmas sarf o’lchagichlar;
3. O’zgaruchan sathli sarf o’lchagichlar;
4. Induksion sarf o’lchagichlar.
І Suyuqlik va gazsimon moddalar sarfini bosim farqlari o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar bilan o’lchash ko’p tarqalgan va o’rganilgan usul hisoblanadi. Sarfni bunday usul bilan o’lchashda suyuqlik yoki gaz o’tayotgan trubkada kichik diametrli to’siq – diafragma yoki soplo o’rnatish natijasida hosil bo’ladigan modda statik bosimining o’zgarishini o’lchashga asoslanadi. Bunda diafragmadan oldingi bosim bilan diafragmadan keyingi bosimlar farqi modda sarfiga mutanosib bo’ladi.
To’siqlar sifatida qo’llaniladigan diafragma, soplo va Venturi soplolari davlat standarti asosida tayyorlanadi va ishlatiladi.
Diafragma. Ichki diametri d1 modda oqimi o’tayotgan trubaning ichki diametri D1 dan ancha kichik bo’lgan metall disk diafragma (A) deb ataladi (1-rasm, a). Modda oqimi diametri d1 bo’lgan diafragma teshigiga muvofiq qisiladi. Bu qisilish diafragma teshigi oldidan boshlanib oqim inersiyasi ta’sirida teshikdan keyin ham, oqim diametri d2 bo’lganga qadar davom etadi. Shundan so’ng modda oqimi yoyila boshlaydi va natijada oqim diametri truba diametriga tenglashadi.Diafragmadan oldingi va keyingi zonalarda (1 va 2) moddaning uyurmali harakati vujudga keladi. Diafragmadan keyingi uyurmali harakat zonasi 2 diafragmadan