Uzbekistan State World Language University
O’zDJTU Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili 2-bosqich 204-guruh
Bajardi: Abdganiyev Abdulaziz
Tekshirdi:
Reja:
Muallifning qisqacha biografiyasi.
Asar nomi, janri, muallifning ijodiy metodi.
Asarning tematik tasnifi.
Asar mavzusi.
Asarning asosiy g’oyasi.
Asar sarlavhasi haqidagi fikrim.
Asarning lingvistik tahlili.
Asardagi milliy kalorit.
Asardagi tugun.
Badiiy asardagi konflikt turi.
Asar kulminatsiyasi.
Asardagi yechim.
Asardagi mavjud folklor namunalari.
Asardagi eng yaxshi aforizm yoki falsafiy mushohadalar.
Asardan olgan taasurotlarim.
“Venn” diagrammasi.
XEMINGUEY (Hemingway) Ernest Miller Chikago yaqinida Ketchem, Aydaxo shtatida 1899 yil 21-iyulda tug’ilgan. U- amerikalik yozuvchi, qisqa hikoya yozuvchisi edi, uning asarlari Birinchi Jahon urushidagi turli tuman tajribalardan olingan bo’lib terse minimializmi va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. 1917 yildan Kanzas Sitida jurnalist reportyor sifatida ish boshlagan, birinchi jahon urushi qatnashchisi . Shu davrda yozuvchi hayot yoʻlini qayta mulohaza qilib koʻrishga, oʻz ijodining muayyan yoʻnalishlarini aniqlashga intiladi. Natijada "Peshindan keyingi oʻlim" (1932), "Afrikaning yashil tepaliklari" (1935), "Gʻolibga bayroq berilmaydi" (1933) hikoyalar toʻplami dunyo yuzini koʻradi. Xeminguey asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv oʻrnini tahliliy, qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. U har qanday urushni qoralaydi, shu tufayli insoniyat aziyat chekayotganiga eʼtibor qaratadi.
Asar nomi, janri, muallifning ijodiy metodi.
A sar nomi: Chol va dengiz
Janri: Qissa
Metodi: Badiiy to’qima
Asarning tematik tasnifi
Asarda aynan o’sha — inson o’z hayotida yo’qotib qo’yishdan qo’rqadigan tuyg’ular - UMID va ISHONCH haqida so’z boradi.
Asarda insonning ulug’ligi, undagi iroda va matonat, oqillik va azm-u qaroridan og’ishmaslik o’zgacha talqin beradi.
Asarning asosiy g’oyasi.
Chol qushlar va ayniqsa, betinim oziq axtarib uchgan, ammo deyarli hech qachon uni topolmaydigan jimjit va nozik dengiz qaldirg’ochlariga achinib ketar va qushlar turmushi, qirin-qora va katta, kuchli qushlarni hisobga olmaganda, bizning kun kechirishimizga qaraganda ham juda og’ir. Okean gohida shu qadar ham berahm bo’lar ekan, nima uchun qushlarni mana bu dengiz qaldirg’ochlari singari nozik va shikasta qilib yaratganlar.
Asar sarlavhasi haqidagi fikrim.
Xemingueyning hayoti davomida nashr etilgan so‘nggi taniqli asari. Kubalik baliqchi, keksa Santyagoning hayotidagi eng katta o‘ljaga aylangan ulkan marlin bilan ochiq dengizdagi jangi haqida hikoya qiladi. Oldin o‘zi yolg‘iz qolganida u kuylardi; u ba’zan hatto tunda, katta yelkanli qayiqlarda suzganda yoki toshbaqalarni ov qilganda ham qo‘shiq aytgan.
Chol okeanning turli jonzotlarini biladi va ularga juda yumshoq munosabatda bo‘ladi.
Asarning lingvistik tahlili.
Frazeologizmlar
Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin hech qachon uni yengiz bo’lmaydi.
Qo’y og’zidan cho’p olmagan.
Mukkasidan ketgan.
Asardagi milliy kalorit.
Ernest Xeminguey “Chol va dengiz” asarini yozganida 51 yoshda edi. Quyma so’z oqimi, hech qanday g’alizliklarsiz, tahrir talab qilmas asari ikki oy ichida yakuniga yetdi.
Asardagi tugun.
Asarning tuguni sifatida asardagi befahm insonlarning mehrsizligi, beshafqat va farosatsizliklarini ko'rsatish mumkin.Chunki,insonlar hayvonlardan o'zining ongli mavjudot ekanligi bilan ajralib turadi. Ammo jamiyatda "menlik"xislatlari sababli tugunlar hosil qilishadi. Bolani ot onasi baliqchi Santyago bilan birga ovga chiqganda baliq ovlab kelsa ham kelmasa uni chol bilan birga ov qilishini cheklab qo’ymasligi kerak edi, chunki chol unga 5 yoshligidan ana shu dengizni ko’rsatgan va uning qalbida umid va ishonch hissini uyg’otgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |