O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"___________ stansiyasidan jo’natilayotgan № _______ poezdga bir mashinist tomonidan xizmat ko’rsatilmoqda. Xavfsiz o’tishini ta'minlang. DNS _________"



Download 1,52 Mb.
bet77/134
Sana06.01.2022
Hajmi1,52 Mb.
#320632
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   134
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

"___________ stansiyasidan jo’natilayotgan № _______ poezdga bir mashinist tomonidan xizmat ko’rsatilmoqda. Xavfsiz o’tishini ta'minlang. DNS _________".
Stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ushbu poezdlarning qabul qilish va o’tkazish yo’llari ko’rsatiladi.

Markazlashtirilmagan strelkali stansiyalarda poezdlarni jo’natishda stansiya navbatchisi, strelkali postlarning katta navbatchilari va strelkali postlar navbatchilari marshrutlarni tayyorlashning quyidagi tartibiga rioya qilishlari shart.

Stansiya navbatchisi jo’natish marshrutiga kiruvchi barcha strelkali postlar katta navbatchilarini (kattalarining navbatchiligi tashkil etilmagan bo’lsa, strelkali post navbatchilarini) chaqirib, ularga marshrutni tayyorlash xaqida farmoyish beradi.

Stansiya navbatchisining ko’rsatmasiga binoan strelkali post navbatchilaridan biri, boshqalarining telefon oldida hozirligida ushbu farmoyishni takrorlaydi, boshqa barchalar esa uning to’g’riligini "To’g’ri" deb tasdiqlaydilar. Farmoyish to’g’ri tushunilganiga ishonch hosil qilib, stansiya navbatchisi uni "Bajarilsin" so’zi bilan tasdiqlaydi.

Marshrutni tayyorlash xaqidagi farmoyishni qabul qilib, strelkali postlarning katta navbatchilari uni ijro etish uchun darhol o’z hududidagi strelkali postlar navbatchilariga uzatishlari va to’g’ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilishlari shart.

Jo’natish marshrutini tayyorlash va stansiya navbatchisiga marshrutning tayyorligini xabar qilish bilan bog’liq barcha operatsiyalar qabul qilish marshruti uchun belgilangan tartibdagi kabi amalga oshiriladi.

Stansiya navbatchisi jo’natish marshruti to’g’ri tayyorlanganligiga ishonch hosil qilib, peregon bo’shligida va zarur holatlarda qo’shni stansiya navbatchisining roziligini olib, chiqish svetoforini ochadi yoki mashinistga peregonni egallash uchun boshqa usul (radio aloqa orqali buyruq, yozma ruxsatnoma yoki jezl) bilan ruxsat beradi.

Signali o’rnatilgan poezdlarni stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilgan joylarida strelkali post navbatchilari poezdlarni qabul qilishdagi kabi tartibda jo’nashini kuzatishlari shart. Tarkibiga marshrutning oxirgi chiqish strelkasi kirgan strelkali post navbatchisi poezdni kuzatib, oxirgi vagonda signallar mavjudligiga ishonch hosil qilgandan so’ng, stansiya navbatchisiga poezd to’liq tarkibda jo’natilganligini xabar qiladi.

Poezd jo’natilgandan so’ng strelkalar normal holatga, yo’l band bo’lsa, bo’sh yo’l yo’nalishida o’rnatiladi.
255. Poezdni jo’natish uchun chiqish svetofori ochilgandan so’ng stansiya navbatchisi marshrutni o’zgartirish va boshqa poezdni jo’natish uchun marshrut tayyorlash xaqida ko’rsatma berish xuquqiga ega emas.

Bunday harakat favqulodda holatlarda chiqish svetofori yopilib, chiqish signali ochilgan poezd lokomotivining mashinisti ogoshlantirilganida va belgilangan marshrut bekor qilinganidan so’ng amalga oshirilishi mumkin.


256. Stansiyadan bir yo’nalishda harakatlanuvchi bir necha poezd ketma-ket jo’natilganda stansiya navbatchisiga, poezdlardan biri uchun marshrut tayyorligi to’g’risidagi xabarni qabul qilganidan so’ng strelkali postlar navbatchilariga keyingi poezd uchun marshrutni tayyorlash xaqida ko’rsatma berishga ruxsat etiladi. Bunday holatda birinchi poezd to’liq tarkibda jo’natilgandan so’ng darhol ikkinchisini jo’natish uchun marshrut tayyorlanadi. Birinchi poezd marshrutiga kirmaydigan strelkalar oldindan o’rnatilishi va yopilishi mumkin. Ikkinchi poezdga marshrut tayyorligi xaqidagi xabar stansiya navbatchisiga birinchi poezd jo’natilganligi to’g’risidagi ma'lumot bilan bir paytda uzatiladi.
257. Qarama-qarshi yo’nalishdagi poezdlar yo’li kesishgan hollarda poezdni qabul qilish marshruti tayyorligi to’g’risidagi xabarni olgan stansiya navbatchisiga qarama-qarshi yo’nalishdagi poezd marshrutini (poezd kelganidan so’ng) tayyorlash to’g’risida strelkali postlar navbatchilariga ko’rsatma berishga ruxsat etiladi. Bunday holatda poezd to’liq tarkibda yetib kelganidan so’ng qarama-qarshi yo’nalishda jo’naydigan poezd uchun marshrut tayyorlanadi. Kelayotgan poezd marshrutiga kirmaydigan strelkalar oldindan o’rnatilib, yopilishi mumkin. Jo’natish marshruti tayyorligi xaqida xabar stansiya navbatchisiga poezd kelganligi to’g’risidagi ma'lumot bilan bir paytda uzatiladi.
258. Faqat poezd qabul qilinganida strelkalar holatini nazorat qilinishini ta'minlaydigan marshrut-nazorat qurilmalari mavjud stansiyalarda ushbu qurilmalar imkoni boricha jo’natish marshrutlarida ham strelkalar holatini nazorat qilish uchun qo’llanilishi lozim. Bunday holatlarda stansiya navbatchisi strelkali postlarga jo’natish marshrutini tayyorlash xususidagi farmoyishni uzatgandan va farmoyish ijro etilgandan so’ng tayyor marshrutda blok-ochkolar va marshrut dastaklar bo’yicha strelkalar to’g’ri o’rnatilganligini poezdni ushbu yo’lga qabul qilinishi uchun tekshiradi.

Marshrut-nazorat qurilmalari imkoni boricha noto’g’ri yo’ldan harakatlanayotgan poezdlarni qabul qilishda ham (teskari marshrutlarni blokirovka qilish bilan) strelkalar to’g’ri o’rnatilganligini nazorat qilish uchun qo’llanishi lozim.


259. Poezd stansiya yo’llaridan chiqish svetoforining taqiq ko’rsatmasida, shuningdek, chiqish svetofori bo’lmagan yo’llardan jo’natilganda peregonni egallash uchun yozma ruxsatnomaga ega yetakchi lokomotiv mashinistiga: stansiya navbatchisining radio aloqa orqali uzatgan ko’rsatmasi; stansiya navbatchisi tomonidan yoki uning ko’rsatmasi bo’yicha post, park navbatchisi, markazlashtirish posti operatori, strelkali post navbatchisi yoki bosh konduktor (poezd tuzuvchisi) tomonidan berilgan jo’nash signalisiz poezdni harakatga keltirish taqiqlanadi. Jo’nash signalini berish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi.

Marshrutni tayyor ekanligiga belgilangan tartibda ishonch hosil qilmasdan turib, stansiya navbatchisiga poezdni jo’nashi uchun mashinistga radio aloqa orqali qayd etiluvchi buyruq berish yoki poezd jo’nashiga yozma ruxsatnoma taqdim etish taqiqlanadi.

Stansiya navbatchisi (stansiya xodimi) mashinistga yozma ruxsatnoma taqdim etilganidan so’ng unga radio aloqa orqali jo’nash to’g’risida ko’rsatma uzatishi (jo’nash signali berishi) lozim.

Chiqish svetoforida taklif chirog’i yonganidan yoki radio aloqa orqali qayd etiluvchi buyruq berilganidan so’ng stansiya navbatchisining poezdni jo’nashi uchun qo’shimcha ko’rsatma va signal berishi talab qilinmaydi.

Poezd yo’l xati (qog’ozi) yoki diagonali bo’ylab bir yoki ikki qizil tasmali oq rangli blankadagi ruxsatnoma (muvofiq ravishda DU-50, DU-64, DU-56 shakllaridagi blanklar) bo’yicha jo’natilganida jo’natish marshrutini tutashtirish uchun stansiya navbatchisi chiqish svetoforida ruxsat ko’rsatmasini ochishi mumkin. Bunday holatda chiqish svetoforini ochishdan avval stansiya navbatchisi radio aloqa orqali yoki boshqa usul bilan mashinistda peregonni egallash uchun yozma ruxsatnoma borligiga ishonch hosil qilishi lozim.
260. Strelkalari markazlashtirilmagan stansiyadan poezd to’xtamasdan to’g’ri o’tkazilganida stansiya navbatchisi va strelkali post navbatchilari poezdni qabul qilish va jo’natishda belgilangani kabi marshrutlarni tayyorlash va ularning tayyorligi xaqida xabar berish tartibiga rioya qilishlari shart.

Bunday holatda marshrutni tayyorlash va uni tayyorligi xaqida xabar berish paytida poezdni harakat marshrutiga kiruvchi barcha strelkali postlar katta navbatchilari (kattalari tayinlanmagan bo’lsa, navbatchilari) telefonda hozir bo’ladilar.


261. Jadal harakatli uchastkalarda stansiyadan bir yo’nalishda harakatlanayotgan bir necha poezd bir marshrut bo’ylab qisqa vaqt oralig’ida o’tganda, birinchi poezdni o’tishi uchun marshrut tayyorligi to’g’risida xabarni olgan stansiya navbatchisi ushbu marshrutga kiradigan strelkalarni o’tkazishni taqiqlash va ularni yopish xaqida ko’rsatma beradi.

Bunday holatda strelkali post navbatchilariga birinchi poezd o’tganidan so’ng harakat marshrutiga kiradgan strelkalarni o’tkazish taqiqlanadi. Har bir keyingi poezdga kirish va chiqish svetoforini ochilishi to’g’risida stansiya navbatchisi strelkali post navbatchilarini xabardor qilishi, ular esa poezdlarni belgilangan tartibda kutib olishlari va kuzatib qo’yishlari shart.

Qabul qilish yo’lining bo’shligiga stansiya navbatchisi shaxsan yoki poezd ortidagi signallari bilan to’liq tarkibda yetib kelganligi va jo’naganligini xabar qiluvchi kirish va chiqishdagi strelkali post navbatchilarining xabari orqali ishonch hosil qiladi.
262. Avtomatik blokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda poezdlarni stansiya orqali to’xtamasdan to’g’ri o’tishi uchun kirish, chiqish va marshrut svetoforlari avtomatik ishlashga o’tkazilganda ularning ruxsat ko’rsatmasi normal hisoblanadi. Kirish, marshrut va chiqish svetoforlari avtomatik ishga o’tkazilganligi xaqida stansiya navbatchisi markazlashtirish ijro posti operatorlarini, signalchilarni va strelkali postlar navbatchilarini xabardor qilishi lozim. Bunday holatda ushbu xodimlar stansiya navbatchisining alohida ko’rsatmasini kutmasdan har bir poezdni belgilangan joyda kutib olishlari va kuzatib qo’yishlari shart va barcha aniqlangan me'yordan chetlashuvlar xaqida darhol stansiya navbatchisiga xabar qilishlari, harakat xavfsizligi yoki odamlar xayotiga xavf soluvchi nosozliklar aniqlanganda esa poezdni to’xtatish choralarini ko’rishlari lozim.
263. Vagonlar qolayotgan yo’ldan poezd jo’natilayotgan har bir holatda poezd tarkibi va ushbu vagonlar orasida kamida 5 m masofa qoldirilishi lozim. Joyida qolayotgan vagonlar ketib qolishini oldini olib ishonchli mahkamlanishi kerak.

Bu operatsiyalarni bajarish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi.




Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish