O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Download 1,52 Mb.
bet107/134
Sana06.01.2022
Hajmi1,52 Mb.
#320632
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   134
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

(394-bandning 3-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).

5 sutkadan ortiq - DATK boshqaruvi raisining telegraf farmoyishi bilan.

Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida nosozliklarni bartaraf etish maqsadida strelkalarni yoki ajratilgan uchastkalarni o’chirish barcha hollarda stansiya rezerv boshqaruvga o’tgandan so’ng amalga oshadi.

SSB qurilmalarini o’chirish bilan bog’liq rejadagi ishlar DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan tasdiqlangan oylik grafikka binoan, ko’rsatib o’tilgan rahbarlarning telegraf farmoyishiga asosan poezdlar harakat xavfsizligini ta'minlaydigan maxsus xodim tayinlangach, amalga oshiriladi.

Stansiya navbatchisiga stansiyada strelkalarni (ajratilgan uchastkalar) signallardan foydalanishni saqlagan holda o’chirishda yordam berish va uning harakat xavfsizligini ta'minlashning nazorat qilish uchun stansiya boshlig’i yoki uni vazifasini bajaruvchi shaxs ishtirok etishi kerak.

Ko’rsatilgan qurilmalarning signallardan foydalanishi saqlangan holda o’chirish va bu holatni va o’chirilgan qurilmani marshrutga qo’shilganini tekshirish stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan alohida tartibga binoan amalga oshiriladi. Bunday tekshiruvdan so’ng birinchi poezdni qabul qilish va jo’natish kirish, chiqish yoki marshrut svetoforining taqiq ko’rsatmasida amalga oshiriladi. Bunda poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutlarini yo’nalishdosh manyovr marshrutlari bilan tutashtirishga ushbu Yo’riqnomaning 392-bandi "b" qismiga muvofiq ruxsat etiladi. Keyingi poezdlarni qabul qilish va jo’natish ushbu svetoforlarning ruxsat ko’rsatmasida amalga oshiriladi.

Agar qabul qilish va jo’natish marshrutiga signallardan foydalanish xuquqi saqlab o’chirilgan strelka kirsa, stansiyadan poezd o’tishi uchun bir paytning o’zida kirish (marshrut) va chiqish svetoforlarini ochish man etiladi. Bu holatda, to’xtovsiz o’tadigan poezd uchun, uning bosh tomoni kirish (marshrut) svetoforidan o’tgandan so’nggina chiqish svetofori ochiladi.

Marshrutni o’zgartirish uchun o’chirilgan strelkani o’tkazish yoki regulirovka ishlarini mahkamlagichni yechish bilan amalga oshirish talab etilganda, stansiya navbatchisi ostryaklar (ostryak) birikishi va krestovinaning buraladigan (harakatchan) o’zaklaridan mahkamlagichni yechib olish xaqida farmoyish berishdan oldin, boshqaruv apparatida ushbu strelka kiradgan marshrutlarda signallar ochilishiga yo’l qo’yilmaydigan ishlarni bajarishi shart. O’tkazish va mahkamlagichni yechish bilan bog’liq regulirovka ishlari bajarilayotganda strelkada harakatlanish man etiladi.

Strelkani o’tkazish va regulirovka ishlari yakunlangandan so’ng undagi ostryaklar (ostryak) va krestovinaning buraladigan (harakatchan) o’zaklari mahkamlanadi va talab etiladigan holatda belgilangan tartibda yopiladi, bu xaqda mas'ul xodim stansiya navbatchisiga axborot beradi.

Alohida e'tibor muhofazalanuvchi va juft strelkalarga (s'ezdlarga) qaratilishi kerak. Bu strelkalar o’rnatilishida marshrutlar bir-biriga nisbatan xavfsiz holatda bo’lishi kerak.

Stansiya navbatchisi barcha ko’rsatilgan ishlar to’g’ri bajarilgani xaqida stansiya xodimidan xabar olganidan (yoki shaxsan ishonch hosil qilganidan) so’ng, boshqaruv pultidagi dastakni (knopkani) strelkaning xaqiqiy holatiga moslaydi va poezdlarni svetoforlarning ruxsat beruvchi belgilari bo’yicha o’tkazishni davom ettiradi.
395. Signallardan foydalanishni saqlamasdan markazlashtirilgan strelkalar, ajratilgan uchastkalar, nazorat qulflari va boshqa qurilmalar o’chirilganda, poezdlar kirish va chiqish svetoforlarining taqiq ko’rsatmasida qabul qilinadi va jo’natiladi, bunda yo’lning bo’shligi, marshrutdagi har bir strelkaning holati va tutashgani ushbu Yo’riqnoma va stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan tartibda tekshiriladi.
396. Strelka yoki ajratilgan uchastka o’chirilgan har bir holatda elektromexanik stansiya navbatchisi bilan birgalikda nazorat asboblari bo’yicha aynan ko’rik jurnaliga yozuv kiritilgan qurilmaning o’chirilganini tekshirishi lozim.

Strelka yoki ajratilgan uchastka o’chirilishidan avval stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasiga binoan markazlashtirish posti operatori o’chiriluvchi ajratilgan uchastkaga kiradgan strelka yoki strelkalarning strelka dastaklari (knopkalari)ga qizil qalpoqchalar kiydirishi shart.

O’chirilishdan oldin markazlashtirilgan strelka quyidagi tartibda mahkamlanishi va berkitilishi lozim:

signallardan foydalanish saqlab qolinganda (ostryaklarni ajratmasdan) - skoba, zakladka va osma qulfga;

signallardan foydalanish saqlanmaganda, ostryaklar elektr yurituvdan ajratilganda - skoba, zakladka va osma qulfga;

signallardan foydalanish saqlanmaganda, ostryaklar elektr yurituvdan ajratilmasa - zakladka va osma qulfga.

Krestovinaning harakatchan o’zagi maxsus qurilma bilan mahkamlanib, osma qulf bilan berkitiladi.

Strelkani ta'mirlashda yoki nosozligida, ostryaklar o’rtasidagi mexanik aloqa buzilsa (ostryaklar ajraganda), ostryaklar yo’l ishlarini bajarishda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq ma'lum holatda mahkamlanadi. Bundan tashqari, jipslangan ostryak zakladka va osma qulfga berkitiladi.

Signallardan foydalanish saqlanmasdan juft strelkalar o’chirilganda, ta'mir ishlari bajarilayotgan strelka zakladka va osma qulfga berkitiladi, signallardan foydalanish saqlanganda - u rusumli skoba bilan mahkamlanadi hamda zakladka va osma qulfga berkitiladi.

Berkitilgan (juft) strelkalarning kaliti (kalitlari) o’chirilish muddati davomida stansiya navbatchisi (strelkalarga xizmat ko’rsatish uchun ajratilgan xodim yoki harakat xavfsizligini ta'minlash uchun mas'ul bo’lgan rahbar) da saqlanishi kerak.

Strelkani mahkamlash yo’l boshqarmasi xodimi tomonidan yo’l ishlarini bajarishda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq, ko’rik jurnaliga yozuv kiritish yoki tegishli telefonogrammani berish bilan amalga oshiriladi. Strelka ostryaklarining (krestovina harakatchan o’zagini) ishonchli mahkamlanishiga yo’l boshqarmasi xodimi mas'uldir. Strelkani zakladka osma qulf bilan berkitish DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi xodimi tomonidan amalga oshirilib, u stansiya navbatchisining ko’rsatmasiga muvofiq strelkani marshrutdagi to’g’ri holatiga va ocma qulf bilan ishonchli berkitilganligiga mas'uldir.

Ishlar yakunlanganlan so’ng, strelkadan mahkamlagich olingunga qadar stansiya navbatchisi SSB elektromexanigi bilan birgalikda strelka (harakatchan o’zak) holatining strelka dastagi holatiga (tegishli knopka bosilganiga) mosligini va boshqaruv pultidan nazorat qilinishini tekshirib, ishonch hosil qilishlari lozim.


397. Ushbu bobda stansiyalarda SSB qurilmalarining normal faoliyati buzilganida poezdlarni qabul qilish va jo’natish, manyovrlarni amalga oshirishga taaluqli asosiy qoidalargina bayon etilgan. Nosozlik, ko’rik va ta'mirlashda SSB qurilmalarini o’chirish va ulashning batafsil tartibi SSB qurilmalarini joriy saqlash va ta'mirlash ishlarini bajarishda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha Yo’riqnomada keltirilgan.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish