KIRISH SVETOFORINING TAQIQ
KO’RSATMASIDA POEZDLARNI
STANSIYAGA QABUL QILISH
264. TFQning 240-bandiga muvofiq, kirish svetoforining asosiy chiroqlari o’chgan vaqtda yoki taqiq ko’rsatkichida poezdni stansiyaga qabul qilish man etiladi. Kirish svetoforining asosiy chiroqlari o’chgan vaqtda yoki taqiqlovchi ko’rsatgichida poezdni stansiyaga qabul qilish poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada ko’zda tutilgan tartibga ko’ra va alohida holatlardagina taklif signali, stansiya navbatchisining maxsus ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Taklif signali yoki stansiya navbatchisining maxsus ruxsatnomasi bilan stansiyaga qabul qilinayotgan poezdning harakat tezligi 20 km/soat dan oshmasligi kerak, bunda mashinist poezdni e'tiborlik bilan haydashi va harakat qilishga to’siq paydo bo’lsa, darhol to’xtashga shay turishi kerak.
Kirish (marshrut) svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni stansiyaga quyidagi holatlarda qabul qilishga ruxsat etiladi:
a) nosozligi sababli kirish svetoforini ochishni iloji bo’lmasa;
b) poezd stansiyaga texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilmagan yo’lga qabul qilinayotgan bo’lib, kirish svetoforini ochishni imkoni bo’lmasa;
v) yo’lning ma'lum qismlariga suruvchi lokomotivlar, stansiya hududida joylashgan depoga ketayotgan lokomotivlar, depodan poezd tarkiblariga qarab ketayotgan lokomotivlar qabul qilinganida;
g) stansiya yo’llarining bo’sh uchastkalariga (yo’lovchi poezdlar band etgan yo’llar bundan istisno) tiklash va o’t o’chirish poezdlari, yordamchi lokomotivlar, vagonsiz lokomotivlar, qor tozalagichlar, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi, shuningdek, xo’jalik poezdlari (peregon yopilib ishlar bajarilganda) qabul qilinganida.
265. Kirish (marshrut) svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdlar stansiyaga quyidagilarga asosan qabul qilinadi:
a) mashinistga radio aloqa orqali uzatiladigan stansiya navbatchisining qayd etiluvchi buyrug’i bo’yicha;
b) kirish svetofori yonida o’rnatilgan maxsus telefon orqali uzatiladigan stansiya navbatchisining qayd etiluvchi buyrug’i bo’yicha;
v) taklif signali bo’yicha;
g) stansiya navbatchisining yozma ruxsatnomasi bo’yicha;
d) poezd dispetcherining qayd etiluvchi buyrug’i bo’yicha (markazlashtirilgan dispetcherlikda);
e) kirish svetoforining machtasida o’rnatilgan maxsus manyovr svetoforining ko’rsatmasi bo’yicha.
Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida (yoki kirish svetofori bo’lmaganda) noto’g’ri yo’ldan harakatlanayotgan poezdlar ham stansiyaga xuddi shu tartibda qabul qilinadi. Kirish (marshrut) svetofori to’satdan taqiq ko’rsatmasiga o’tganida buni ilg’agan mashinist poezdni kirish svetoforidan o’tilgandan so’ng to’xtatganida ham mazkur ruxsatlar qo’llanadi.
Yuqorida sanab o’tilgan ruxsatnomalardan istalgan biri faqat stansiya navbatchisi qabul qilish marshruti tayyorligiga ishonch hosil qilganidan so’nggina mashinistga uzatilishi mumkin.
Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni stansiyaga qabul qilish to’g’risida mashinistga uzatiladigan buyruqlar ushbu Yo’riqnomaning umumiy qoidalari 8-bandida belgilangan tartibda qayd etiladi.
Kirish (marshrut) svetoforining taqiq ko’rsatmasida va noto’g’ri yo’l bo’ylab poezdlarni stansiyaga qabul qilishda xodimlarning harakat tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi.
266. Kirish (marshrut) svetoforida (qabul qilish parki yoki yo’lining) marshrut ko’rsatkichini yoqishning imkoni bo’lmasa, poezd stansiyaga kirish (marshrut) svetoforining taqiq ko’rsatmasida, mashinistga nosoz marshrut ko’rsatkichidan o’tish uchun qo’shimcha ruxsatnoma bermasdan qabul qilinadi. Bunday holatlarla mashinist stansiyaga o’ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanishi lozim.
O’zgaruvchan va doimiy tokdagi elektr tortishlar tutashgan, shuningdek, yo’l kengligi turlicha bo’lgan yo’llar birikkan stansiyalarda nosoz kirish (marshrut) svetoforidan o’tish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadigan yo’riqnomalarda belgilanadi.
267. Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni qabul qilish to’g’risidagi stansiya navbatchisining radio aloqa orqali qayd etiluvchi buyrug’i quyidagi shaklda uzatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |