AVTOBLOKIROVKA AMAL QILISHINI TO’XTATISH
44. Poezd dispetcherlik aloqasi uzilgan paytda nosozlik tufayli avtoblokirovka amal qilishini to’xtatish va telefon aloqasi vositalariga o’tish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
A. Bir yo’llik peregonlarda
Avtoblokirovka nosozligani aniqlagan stansiya navbatchisi, qo’shni stansiya bilan so’zlashuvlar natijasida va poezdlar harakati jurnalidagi yozuvlar bo’yicha peregonning bo’shligiga ishonch hosil qilib, qo’shni stansiyaga poezd telefonogrammasini uzatadi:
"_____________stansiyalar orasidagi avtoblokirovka ishlamayapti. Siz tomondan oxirgi bo’lib № _________ poezd keldi. Siz tomonga oxirgi bo’lib № ______ poezd jo’natildi. Telefon aloqasiga o’tishingizni so’rayman. DSP ___".
Qo’shni stansiya navbatchisi ham o’z navbatida peregonning bo’shligiga ishonch hosil qilib quyidagicha javob beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |