O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Download 1,52 Mb.
bet103/134
Sana06.01.2022
Hajmi1,52 Mb.
#320632
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   134
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

(372-bandning 5-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).

Ogohlantirish berilgan birinchi poezd nomerini, ularni bergan stansiya navbatchilari poezd dispetcheriga xabar qilishlari, u esa o’z navbatida bajarilgan harakat grafigida bu xaqda qayd kiritmog’i lozim.


373. Ogohlantirish o’rnatilgan peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisi ogohlantirish amalga kirishidan avval, poezd dispetcheri orqali uni yaqinlashib kelayotgan poezd mashinistlariga topshirilganmi-yo’qmi ekanligini aniqlaydi.

Ogohlantirish topshirilmagan poezdlar topshirish uchun to’xtatilishi yoki ogohlantirish mavjudligi xaqida radio aloqa orqali ushbu Yo’riqnomaning 367-bandiga muvofiq DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan tartibga binoan xabar qilinishi lozim.


374. Ikki yo’llik peregonlarda poezd noto’g’ri yo’ldan jo’natilganda stansiya navbatchisi poezd dispetcheri orqali ushbu yo’lda ogohlantirish amal qilishini tekshirib, amal qilgan taqdirda uni jo’natilayotgan poezd mashinistiga topshirishi shart.

Ko’p yo’llik peregonlarda poezdlarni u yoki bu yo’l bo’ylab jo’natganda ogohlantirishlarni topshirish tartibi DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan belgilanadi.


375. Bekor qilinguncha amal qiladigan ogohlantirishlar bekor qilinganligi to’g’risida xabar olinmaguncha poezdlarga topshiriladi.

Ma'lum muddatga amal qiladigan ogohlantirishlar faqat shu muddat davomida topshiriladi. Ishlar rahbaridan ogohlantirishni amal qilish muddatini uzaytirish xaqida xabar olinmasa, bunday ogohlantirishlarni bekor qilish to’g’risida talabnomalar berilmaydi va ularni poezdlarga topshirish to’xtatiladi.

Ishlar rahbari biron sababga ko’ra talabnomada ko’rsatilgan muddat ichida ogohlantirishni keltirib chiqargan ishlarni yakunlay olmasa, u mazkur muddat tugamasdan ilgari o’rnatilgan ko’chirib yuriladigan tezlikni kamaytirish signallariga signalchilarni yuborib, peregonni chegaralovchi stansiya navbatchilarini ogohlantirish uzaytirilganidan xabardor qilib, yangi muddatni ko’rsatishi lozim.

Bunday talabnomani olgan stansiya navbatchisi ushbu Yo’riqnomaning 367-bandiga muvofiq ish ko’rishi lozim.


376. Bekor qilingunga qadar belgilangan ogohlantirishni faqat uni belgilagan xodim yoki uning bevosita boshlig’i bekor qilishi mumkin.

Ogohlantirishni belgilagan mansabdor shaxslar qo’llari ostida joylardagi bo’linmalarning boshliqlariga tegishli ishlar bajarilgandan so’ng ogohlantirishni bekor qilish yoki ogohlantirishda belgilangan poezdlar harakati tezligini oshirishga topshiriq berishlari mumkin. Bunday topshiriq xaqida ogohlantirishni berishga talabnomada ko’rsatilishi lozim.

Yo’l o’lchagich va defekt aniqlagich vagonlarning boshliqlari talabnomasiga ko’ra berilgan ogohlantirishlarni yo’l masofasi boshlig’i yoki uning o’rinbosari bekor qiladi.
377. Bekor qilingunga qadar belgilangan ogohlantirishlar ularni keltirib chiqargan sabablar bartaraf etilgandan so’ng, darhol ogohlantirishlarni belgilagan manzillarga telegramma (telefonogramma) yo’llanib bekor qilinadi.

Ogohlantirish yozma ravishda yoki ogohlantirish berilgan stansiyaning ogohlantirishlar kitobiga yozuv kiritilib, bekor qilayotgan shaxs tomonidan bekor qilinish oyi, kuni va vaqti qayd etiladi va ushbu yozuvni belgilangan manzillarga telegramma (telefonogramma) jo’natish bilan tasdiqlab bekor qilinadi.

Ogohlantirishlar bekor qilinganligi to’g’risidagi xabarni stansiya navbatchisi ogohlantirishlar kitobining mavjud yozuvlar qarshisiga tushiradi va bekor qilish kim tomonidan va qachon (soat, minut va kun) kelib tushganini ko’rsatadi. Bekor qilingan, shuningdek, amal qilish muddati tugagan ogohlantirishlar ustidan chiziladi.

Peregonda poezdlar harakat tezligini cheklash bilan bog’liq ogohlantirishlar bekor qilinganligi yoki ma'lum muddatga belgilangan shu kabi ogohlantirishlarning amal qilishi muddatidan ilgari tugagani to’g’risida xabar olgan stansiya navbatchisi bu xaqda poezd dispetcheriga ma'lum qilishi kerak.



378. Lokomotivlar (motorvagon poezdlar, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi) mashinistlari uchastkada harakatlanayotganda berilgan ogohlantirishlarga amal qilishlari va yo’llarda o’rnatilgan ko’chiriladigan signallarni diqqat bilan kuzatishlari shart.

Ogohlantirishda ko’rsatilgan davrda poezd ish joyiga harakatlanganda to’sish signallari mavjudligidan qat’iy nazar, ogohlantirishda belgilangan tezlikka rioya etilishi kerak.

To’sish signallari bo’lmaganda mashinist bu xaqda poezd dispetcheriga yoki peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisiga ushbu buzilishni bartaraf etish choralarini ko’rish uchun xabardor qilishi shart.

Ish joyi ogohlantirishda ko’rsatilgan muddatdan ilgari yoki kechroq bosib o’tilganda va yo’llarda tezlikni kamaytirish yoki to’sish signali bo’lmaganda, poezd tezligi kamaytirilmaydi.

Ishlar ogohlantirishda ko’rsatilgan muddatdan ilgari yakunlanganligi yoki ogohlantirish bo’yicha cheklangan tezlikni oshirish xaqidagi xabar lokomotiv mashinistiga radio aloqa orqali poezd dispetcherining qayd etiluvchi buyrug’i bilan uzatiladi.
379. Har qanday shaxsdan peregonda yo’l, kontakt tarmog’i, inshoot yoki qurilmalar nosozligini ko’rganligi xaqida xabar olganidan so’ng stansiya navbatchisi uni ko’rik jurnaliga yozib qo’yishi va darhol poezd dispetcherini, qo’shni stansiya navbatchisini va qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi xodim (yo’l ustasi, SSB elektromexanigi, kontakt tarmog’i elektromexanigi) ni xabardor qilishi shart.

Agar bunday nosozlik peregonda harakatlanayotgan lokomotiv (motorvagon poezdi, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi) mashinisti tomonidan aniqlansa, u tezlikni pasaytirishi, zarur bo’lsa, poezdni to’xtatishi, bu xaqda poezd radio aloqasi orqali ortidan kelayotgan poezdlarning mashinistlariga, yaqinroqdagi stansiya navbatchisiga yoki poezd dispetcheriga nosozlikni xususiyati va aniqlangan joyini (kilometr, piket) ko’rsatib e'lon qilishi shart.

Agar stansiya navbatchisi (mashinist yoki boshqa shaxsdan) olgan xabar poezdlarning normal harakatiga to’siq mavjudligidan dalolat bersa, ushbu xabarni peregonda harakatlanayotgan poezdlar mashinistlariga uzatish choralarini ko’rishi, xabarni xususiyati poezdlar harakatini davom ettirishni iloji yo’qligidan dalolat bersa, ushbu to’siq bartaraf etilgani xaqida xabarnoma kelmaguncha harakatni taqiqlashi shart. Peregon (yo’l) yopilishi xaqidagi buyruqni kutmasdan stansiya navbatchisi qo’shni stansiya navbatchisiga ham peregonga boshqa poezdlar jo’natilishi taqiqlanishi to’g’risidagi buyruqni uzatishi shart. Peregondagi poezdlarning mashinistlari olingan xabarning xususiyatlariga bog’liq ravishda xavfli joyni o’ta ehtiyotkorlik bilan, zarur bo’lsa tezlikni kamaytirib va to’xtashga tayyor holda bosib o’tishlari yoki poezdni to’xtatib, to’siq bartaraf etilgan xaqida xabar kelgandan so’ng harakatni davom ettirishlari shart.

Normal harakatga to’siq borligi xaqida xabar olingan peregonga birinchi poezd yo’l ustasi yoki u bo’lmasa, yo’l brigadiri, kontakt tarmog’i shikastlanganda esa, kontakt tarmoq elektromonteri kuzatuvida jo’natilishi mumkin.

Yo’l ustasi yoki brigadiri peregonda bo’lib, ularning manzili ma'lum bo’lsa, poezd mashinistiga poezdni xavfli joyga kuzatib borishlari uchun poezdni to’xtatib, ularni mindirib olishlari xaqida ogohlantirish topshiriladi.

Ogohlantirishda nosozlik aniqlangan joydan oldingi kilometrda to’xtash va shundan so’ng poezdni kuzatib borayotgan yoki xavfli joyda turgan xodimning ko’rsatmasi bilan harakatlanish lozimligi ko’rsatiladi.

Poezdni kuzatib borayotgan xodim keyingi poezdlarni o’tkazish tartibini belgilaydi, zarur bo’lsa belgilangan tartibda poezdlarga ogohlantirish topshirishga talabnoma beradi.
380. Ogohlantirishlar to’g’risidagi DATK boshqaruvi raisining buyruqlari tegishli bo’linmalarning boshliqlariga yo’llanadi va ogohlantirish belgilanadigan uchastkalarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq poezd dispetcherlari, yo’riqchi-mashinistlar, poezd mashinistlari va maxsus o’zi yurar harakat tarkibi mashinistlari (haydovchilari)ga, stansiya navbatchilari, yo’l ustalari va yo’l brigadirlariga imzo chektirilib e'lon qilinishi shart.

Ushbu buyruqlar stansiya va lokomotiv depo navbatchilarining xonalariga ilib qo’yiladi, shuningdek, ogohlantirishlar kitobiga yelimlab yopishtiriladi, ko’chirmalari esa poezd lokomotivlari mashinistlariga, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi mashinistlari (haydovchilari)ga taqdim etiladi.

Lokomotiv depo boshliqlari va maxsus o’zi yurar harakat tarkibi tegishli bo’lgan tashkilot rahbarlari buyruq olganlaridan so’ng uch sutka ichida ogohlantirish beruvchi stansiya boshliqlarini, lokomotiv brigadalari DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan tanishtirilganligi to’g’risida xabardor qilishlari shart, shundan poezdlarga yozma ogohlantirishlar berish to’xtatiladi.

Yo’lda ogohlantirish va signallar mavjudligidan qat’iy nazar DATK boshqaruvi raisining maxsus buyruqda ko’rsatilgan xavfli joylardan sharros yomg’ir yog’ayotgan paytlarda lokomotiv brigadalari o’ta ehtiyotkorlik bilan va zarur hollarda tezlikni pasaytirib harakatlanishlari lozim.




Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish