O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

MANYOVRLARNI AMALGA OSHIRISHDA
XODIMLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR 
314. TFQ ning 206-bandiga muvofiq, manyovrlar rahbarining majburiyatlari 
quyidagilardir: 
manyovr ishlariga berilgan topshiriqlarni aniq va o’z vaqtida bajarish; 
kelgusidagi manyovr ishlarini bajarishning rejasi va usullari bilan tanishtirish 
asosida manyovr ishlarida ishtirok etayotgan xodimlarning to’g’ri joylashtirilishi va 
harakatlarining muvofiqligini ta'minlash; 
poezdlarni 
ushbu 
qoidalar, 
DATK 
ning 
tegishli 
yo’riqnomalari va 
ko’rsatmalariga aniq amal qilgan holda tuzish; 
manyovr ishlarini, harakat xavfsizligi, manyovrlarda band bo’lgan xodimlarning 
shaxsiy xavfsizligi, harakat tarkibi va yuklarning butligini ta'min etib tashkillashtirish. 
Odamlari bor, nogabarit va xavfli yuklar ortilgan vagonlar bilan manyovrlarni o’ta 
ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish. 
Navbatchilikka kirishayotgan tuzuvchi (bosh konduktor) o’z hududidagi yo’llarda 
harakat 
tarkibining 
mavjudligi 
va 
joylashishi 
bilan 
tanishishi, 
uni 
ishonchli 
mahkamlanganligini tekshirishi, hudud uchun belgilangan mahkamlash vositalarning 
mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim. Tekshiruv natijalari xaqida stansiya navbatchisiga 
xabar beriladi. 
315.
Manyovr ishlarini boshlashdan avval manyovrlar rahbari quyidagilarni bajarishi 
shart: 
a) manyovrlarda ishtirok etayotgan barcha xodimlar, jumladan, lokomotiv brigadasi 
ham to’liq tarkibda o’z joyida ekanligiga ishonch hosil qilishi; 
b) mashinistni va 
manyovrlarda ishtirok etayotgan stansiya xodimlarini 
mo’ljallanayotgan manyovrlar rejasi va uni bajarish tartibi bilan tanishtirishi; 
v) vagonlar harakatlanishi uchun to’siqlar (masalan, g’ildiraklar ostida tormoz 
boshmoqlari) yo’qligini tekshirishi lozim. 
316.
Manyovrlar rahbari u yoki bu yo’lga manyovr marshrutini tayyorlash 
to’g’risidagi topshiriqni strelkali post navbatchisi yoki markazlashtirish posti operatoriga 
shaxsan, radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi orqali, lokomotiv hushtagi, qo’l hushtagi 
yoki stansiyaning texnikaviy jixozlanganligiga bog’liq ravishda texnikaviy-boshqaruv aktida 
belgilangan boshqa vositalar bilan berishi mumkin. 
317.
Ish jarayonida manyovrlar rahbari quyidagilarga amal qilishi shart: 
a) manyovr harakatlariga taaluqli signal va ko’rsatmalarni aniq va o’z vaqtida berishi 
lozim; 
b) manyovr harakatlari uchun strelkalar vaqtida tayyor bo’lishi, markazlashtirish posti 
operatorlari, strelkali postlar navbatchilari va lokomotivlar mashinistlari tomonidan signallar 
o’z vaqtida va to’g’ri berilishini kuzatib borishi; 
v) manyovr qilayotgan tarkib signallari va uning harakatlanish marshruti yaxshi 
ko’rinadigan joyda turishi; lokomotiv mashinisti bilan radio aloqa bo’lmagan (nosozlik yoki 
lokomotiv manyovr radio aloqasi bilan jihozlanmaganligi sababli) holatlarda mashinist yoki 
uning yordamchisi uzatilayotgan qo’l signallarini yaxshi ko’radigan joyda turishi; 


g) stansiya yo’llarida vagonlarni oldinga qaratib harakatlanganda, odatda harakat 
bo’yicha birinchi maxsus zina (o’tish maydonchasi, tambur)da turishi, imkon bo’lmaganda
esa, to’xtatilayotgan vagonlarning oldida yo’llar oralig’ida yoki yo’l chetida yurishi; manyovr 
svetoforlarining ko’rsatmalari, uzatilayotgan signallar, marshrutdagi strelkalar holatini, yo’lda 
to’siqlar va odamlar yo’qligini kuzatishi; zarurat tug’ilganda manyovr tarkibini to’xtatish 
choralarini ko’rishi. Radio aloqa bo’lmaganda, zarur holatlarda signallarni uzatish uchun 
markazlashtirish posti operatorlari, strelkali post navbatchilari va stansiyaning boshqa 
xodimlarini jalb etishi; 
d) katta tarkiblar bilan yo’lning egri uchastkalarida yoki ko’rinish yomon (tuman, 
bo’ron, qor yoqqanda va h.z.) sharoitlarda xavfsizlikni ta'miilash uchun qo’shimcha choralar 
ko’rishi - signallar va radio aloqa yoki ikki tomonlama park aloqasi orqali ko’rsatmalarni tez-
tez uzatishi; 
e) kesilgan strelka ko’rikdan o’tkazilib, ta'mirlanmaguncha undan harakat tarkibi 
o’tkazilishiga yo’l qo’ymasligi; 
j) tarkibga yaqinlashishdan avval to’sish signallari yo’qligiga ishonch hosil qilishi; 
z) vagonlarni mo’ljallanayotgan turib qolish vaqtidan qat’iy nazar mahkamlamasdan 
yoki stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanganidan kamroq mahkamlanib 
qoldirilishiga yo’l qo’ymaslik; 
i) barcha vagonlar o’zaro va lokomotiv bilan tirkalganiga ishonch hosil qilmasdan 
turib manyovr tarkibi (lokomotiv yoki vagonlarini oldinga qaratib) harakatlanishiga yo’l 
qo’ymasligi; 
k) manyovrlar turtish bilan amalga oshirilganda ajratilgan vagonlarni teskari tomonga 
harakatlanishiga yoki yo’lning qarama-qarshi chetidagi chegara ustunchasidan tashqariga 
chiqib ketmasligi choralarini ko’rishi; 
l) turtki bilan manyovr qilinganda yoki tarkiblar tepachaga surilganida ajratish 
richaglari ish sharoitlariga ko’ra "buferga" holatiga o’rnatilgan bo’lsa, ajratilgan qism 
tarkibdan uzilganidan so’ng richaglarni darhol normal holatga keltirishi; 
m) manyovr lokomotivi (yakka yoki vagonlar bilan) vagonlar bilan band etilgan u yoki 
bu yo’lga boshqa vagonlarni tirkash yoki uzish uchun kirganida, shuningdek, turgan vagonlar 
uzish uchun siqilganida manyovr lokomotividan qarama-qarshi tomonda vagonlar ishonchli 
mahkamlanganligiga ishonch hosil qilmasdan ushbu operatsiyalarni bajarishga yo’l 
qo’ymasligi; 
n) u yoki bu yo’lda turgan vagonlar guruhiga, jumladan, belgilangan me’yorlar 
bo’yicha mahkamlanganlariga ham, qo’shimcha vagonlar tirkalganda, buning natijasida ilgari
qo’yilgan boshmoqlarning to’g’ri o’rnatilishi buzilmaganligini, shuningdek, mavjud 
boshmoqlar, soni oshgan vagonlarga yetarli ekanligini tekshirishi; 
o) manyovr tarkibi yuk ortish va tushirish joylaridan qo’zg’alishidan avval, harakatga 
to’siq yo’qligiga ishonch hosil qilishi; 
p) yuk ortish va tushirish ishlari yakunlanmagan vagonlar bilan manyovrlarni faqat 
yuk ortish va tushirish operatsiyalarini boshqaruvchi xodim bilan kelishilgandan so’ng amalga 
oshirish; 
r) tuzuvchi va konduktorlik brigadalari xodimlari bilan manyovrlar amalga 
oshirilganda, mehnat muhofazasi bo’yicha mahalliy yo’riqnomada ro’yxati belgilangan 
vagonning maxsus zinachasida, nogabarit va xavfli joylarida turishlarini taqiqlashi. 
318.
Manyovrlar rahbari ishni shunday tashkil etishi lozimki, harakat tarkibi 
yo’llarning qarama-qarshi chetidagi chegara ustunchalari (izolyatsiyalovchi birikma yoki 
svetoforlar)dan tashqariga chiqib ketmasin. 
Manyovrlar rahbarining park (yo’l)ning qarama-qarshi chetidagi xodimlar bilan 
ko’rsatilgan talab bajarilishini ta'minlovchi harakatlarni muvofiqlashtirish tartibi stansiyaning 
texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. 


319.
Odamlar band etgan yoki 1 klassli xavfli yuk (VM) ortilgan vagonlar, 
shuningdek, tashish hujjatlarida "Tepachadan tushirilmasin" va "Tepachadan ehtiyotkorlik 
bilan tushirilsin" shtempellari bor boshqa xavfli yuklar ortilgan vagonlar bilan manyovr qilish 
zarurligida stansiya navbatchisi, manyovrlar dispetcheri yoki tepacha navbatchisi bu xaqda 
poezd tuzuvchisini, u esa o’z navbatida yordamchisini va manyovr lokomotivi mashinistini 
xabardor qilishi shart. 
320.
Ta'mirlash (yo’l, SSB) brigadalari ishlayotgan joylarda, pereezdlarni kesib o’tib, 
yo’lovchi platformalari yonida, yuk omborlari, yuk hududlari, yonilg’i omborlari, vagon va 
lokomotiv depo yo’llarida, zavodlar, ustaxonalar va shu kabi hududlarda manyovr ishlari 
amalga oshirilganda, tuzuvchi va lokomotiv brigadalari o’ta ehtiyotkorlikka rioya etishlari, 
tarkib yo’l yonida yoki platformalarda turgan odamlarga yaqinlashganda tovushli signallarni 
o’z vaqtida berishlari, shuningdek, tarkib harakatlanishi xususida yuk ortish, tushirish, yo’lni, 
vagonlarni ta'mirlash va boshqa operatsiyalarda ishlovchilarga tovushli signalni o’z vaqtida 
berishlarni shart. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish