O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"____ km da post faoliyati ___ soat ___ minutdan boshlab ochiladi (yopiladi)"



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

"____ km da post faoliyati ___ soat ___ minutdan boshlab ochiladi (yopiladi)". 
295.
Elektr tortishli uchastkalarda poezd dispetcheri energo-dispetcher bilan 
hamkorlikda ish yuritishi va elektr ta'minoti qurilmalarini normal ishini ta'minlash choralarini 
ko’rishi lozim. 
Kontakt tarmog’i shikastlanganda, tortish podstansiyalari o’chirilganda yoki ularning 
quvvati kamayganida energodispetcher bilan birgalikda poezdlarni uchastkalardan o’tkazishni 
eng maqbul tartibini belgilash lozim. 
Yaxvonlik davrida energodispetcherning talabnomasi bo’yicha kontakt tarmog’idagi 
muzni yuqori kuchlanishli tok bilan eritish uchun poezd dispetcheri harakat grafigida 
"okno"lar taqdim etadi. 
296.
Poezd dispetcherlik aloqasining nosozligida poezdlar harakati poezd 
dispetcherining ishtirokisiz amalga oshiriladi. Poezdlar harakati to’g’risida aloqa bevosita 
stansiyalar navbatchilari o’rtasida amalga oshiriladi. 
Poezd dispetcherlik aloqasining nosozligida poezd dispetcheri va stansiya 
navbatchilari dispetcherlik farmoyishlari jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritadilar. 
Poezd dispetcherlik aloqasi tiklanganini poezd dispetcheri barcha stansiyalar umumiy 
sirkulyar buyruq bilan ma'lum qiladi. 
297.
Tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi xodimlarining lavozimi shtatlar jadvalida 
belgilanmagan kam faoliyatli uchastkalarda poezd dispetcherlarining ish tartibi DATK 
boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. 
11-bob. STANSIYALARDA MANYOVR ISHLARI 
 
UMUMIY QOIDALAR 
298.
Manyovr ishlari stansiya ishining texnologik jarayoni va quyidagilar ko’zda 
tutilgan reja asosida amalga oshirilishi lozim: 
poezdlarni o’z vaqtida tuzilishi va jo’natilishi; 


vagonlarni o’z vaqtida yuk operatsiyalari uchun uzatilishi va yuk operatsiyalari 
tugagandan so’ng olinishi; 
vagonlarni ishlash uchun eng kam vaqt sarflanishi
barcha manyovr vositalardan va texnikaviy qurilmalardan ratsional foydalanish; 
stansiyaga poezdlarni uzluksiz qabul qilinishi; 
harakat xavfsizligi hamda manyovrlar bilan bog’liq xodimlar xavfsizligi va harakat 
tarkibining butligi. 
299.
Yo’llarning rivojlanganligi, manyovr ishlarining xususiyati va hajmiga bog’liq 
ravishda stansiyadagi yo’llar manyovr hududlariga bo’linadilar. Manyovr hududlarining 
chegaralari va ularning har biridagi ish xususiyatlari stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida 
belgilanadi. 
Har bir manyovr hududida odatda bitta manyovr lokomotivi ishlaydi. Ayrim 
hududlarda ikki va undan ortiq manyovr lokomotivi ishlashi zarur bo’lsa, harakat xavfsizligi 
ta'minlanadigan ularni ishlash tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 
Manyovr ishlari uchun beriladigan lokomotivlar soz bo’lishi, yaxshi ishlaydigan 
radiostansiyalarga, belgilangan signallar va inventarga ega bo’lishi lozim. 
300.
Manyovr harakatlarida markazlashtirilmagan strelkalar manyovrlarga rahbarlik 
qilayotgan shaxsning farmoyishiga binoan strelkali post navbatchilari tomonidan o’tkaziladi. 
Elektr markazlashtirish bo’lgan stansiyalarda strelkalar stansiya navbatchisi yoki 
markazlashtirish posti operatori tomonidan o’tkaziladi. Strelkalar markaziydan mahalliy 
boshqaruvga topshirilganda, shuningdek, strelkali post navbatchisi xizmat ko’rsatmaydigan 
markazlashtirilmagan strelkalarda manyovrlar amalga oshirilganda strelkalarni lokomotiv 
yoki tuzish brigadalarining xodimlari, konduktorlar, park navbatchilari, stansiya navbatchilari, 
stansiya boshliqlari, yuk va bagajni qabul qilib-topshiruvchilar, lokomotiv, vagon depolari 
xodimlari va boshqa xodimlar tomonidan o’tkazilishiga ruxsat etiladi. 
Manyovrlar paytida ko’rsatilgan xodimlarga strelkalarni o’tkazishga ruxsat etilgan 
stansiyalar ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi. 
(300-bandning 2-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Markazlashtirilgan strelkani o’tkazishdan avval unga xizmat ko’rsatuvchi xodim 
(shaxsan yoki boshqa xodimning ma'lumotiga asosan) strelka tarkib bilan band 
etilmaganligiga, shuningdek, yondosh yo’llardan o’tishlar mavjudligiga ishonch hosil qilishi 
lozim. Elektr markazlashtirishda strelka o’tkazgichning harakat tarkibidan bo’shligi 
boshqaruv apparatidagi nazorat asboblarinnng ko’rsatmasi bo’yicha aniqlanadi. Ushbu 
asboblar nosoz bo’lganida yoki vaqtincha o’chirilganida yohud strelkalar manyovr 
kolonkalaridan o’tkazilganida strelkali o’tkazgichning harakat tarkibidan bo’shligini aniqlash 
tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. 
Markazlashtirilmagan strelkalar (saralash yo’llarida joylashgan, manyovr ishlari har 
doim ketma-ket turtkilar bilan amalga oshiriladigan, sharnir-tirsakli tutashtirgichlar bilan 
jihozlangan strelkalardan tashqari) manyovrlar paytida zakladkalar bilan berkitlishi lozim. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish