O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

VAGONLARNI MAHKAMLASH 
327. TFQ ning 204-bandiga muvofiq, stansiya yo’llaridagi harakat tarkibi 
chegara ustunchalari bilan belgilangan chegara ichida joylashtirilishi lozim. 
Stansiya yo’llarida lokomotivsiz turgan poezd tarkiblari, vagonlar va maxsus 
harakat tarkiblari o’z-o’zidan ketib qolishidan tormoz boshmoqlari, qo’l tormozlari 


yoki DATK tomonidan belgilangan boshqa mahkamlash vositalari bilan ishonchli 
mahkamlanishi lozim. 
Vagonlar stansiya yo’llarida ushbu Yo’riqnomashshg 2-ilovasida keltirilgan me'yor va 
qoidalarga muvofiq mahkamlanishi lozim. 
Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda vagon va tarkiblarni mahkamlash tartibi 
stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilib, unda har bir yo’lda poezdlarning vagon 
va tarkiblari qay tariqa mahkamlanishi, ushbu operatsiyalarni bajaradigan, shuningdek, vagon 
g’ildiraklari ostida mahkamlash vositalarini oladigan yoki qo’l tormozlarini qo’yib 
yuboradigan kishilar hamda yuqoridagi operatsiyalar bajarilgani xaqida kimga xabar qilish 
kerakligi belgilanadi. 
328.
Stansiya yo’llarida qoldiriladigan poezd tarkiblari, yakka yoki guruh vagonlar 
har bir holatda lokomotiv uzilguniga qadar stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda 
tutilgan me'yorlar bo’yicha tormoz boshmoqlari bilan mahkamlanishi lozim. Nishabligi 
0,0025 dan oshmaydigan qiyaliklarda yo’lovchi poezdlar lokomotivlari almashtirilganda 15 
minutdan ortiq bo’lmagan muddat mobaynida tarkibni mahkamlash uchun poezd 
avtotormozlaridan foydalanish mumkin. Ko’rsatilgan vaqt mobaynida lokomotivlarni 
almashtirish imkoni bo’lmasa, tarkib belgilangan me'yorlar bo’yicha tormoz boshmoqlari 
bilan mahkamlanishi lozim. 
329.
Stansiyaga 
kelayotgan 
poezdlar 
lokomotivlari 
mashinistlariga 
tarkib 
mahkamlanganligi xususida ma'lumot olmasdan turib, undan lokomotivni uzishiga ruxsat 
etilmaydi. Bunday xabar mashinistga stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan 
tartibda uzatiladi. Lokomotivni poezddan uzishdan avval barcha holatlarda mashinist tarkibni 
avtomatik tormozlar bilan tormozlashi shart. 
330.
Stansiyaga uzoq muddat (24 soatdan oshiq) turish uchun (rezervda, vagon ta'mir 
zavodiga uzatilishini kutib) kelgan vagonlar poezdlar harakatlanish marshrutidan ajratiltan, 
nishabligi 0,0025 dan oshmagan yo’llarga qo’yillishi kerak. Bunday vagonlar vagon 
g’ildiraklarini tormoz boshmoqlari ustiga surish usuli bilan mahkamlanishi lozim. Ishonchli 
va to’g’ri mahkamlanganlik stansiya boshlig’i, uning o’rinbosari yoki stansiya navbatchisi 
tomonidan tekshirilishi kerak. 
331.
Yuk poezdlari oraliq stansiyalarda lokomotivsiz vaqtincha qoldirilganda, ular 
stansiyaiing texnikaviy-boshqaruv aktida tegishli yo’l uchun belgilangan me'yorlar bo’yicha 
vagon g’ildiraklarini tormoz boshmoqlari ustiga surish bilan maxkamlanadi. Bunday poezd 
tarkiblarning to’g’ri va ishonchli mahkamlangani stansiya boshlig’i yoki uning o’rinbosari 
tomonidan tekshiriladi. Ular poezd dispetcherining ko’rsatmasiga binoan stansiyaga oldindan 
chaqiriladilar va to’g’ri mahkamlanganlik tekshiruvi xaqida unga xabar beradilar. 
Ko’rsatilgan rahbarlarning chaqirtirish imkoni bo’lmasa, to’g’ri va ishonchli 
mahkamlanganlik shaxsan stansiya navbatchisi tomonidan tekshiriladi va u bu to’g’rida poezd 
dispetcheriga xabar qiladi. 
332.
Nishabligi 0,0025 dan ortiq bo’lgan, poezdlarni qabul qilish va jo’natish 
marshrutlariga vagonlarni ketib qolishini oldini oluvchi qurilmalar bilan jihozlanmagan 
stansiyalarda yoki stansiyaning ayrim yo’llarida poezdlar tarkibini lokomotivsiz qoldirilishga 
yo’l qo’yilmaydi. 
Bunday stansiyalar va stansiya yo’llarining ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l 
uzeli boshlig’ining buyrug’i bilan belgilanadi. 
(332-bandning 2-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).



Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish