4.
Umumiy foydalanishdagi temir yo’llar bo’ylab xopper-dozatorlarni faqat berk
marshrutlar bo’ylab, har bir marshrutda xizmat ko’rsatuvchi xodimlar uchun bitta vagon bilan
harakatlanishiga yo’l qo’yiladi.
Har bir marshrutda xopper-dozatorlarning soni texnologik talablardan va ortilgan
yukni tushirish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, aniqlanadi. Ballast materiallarni boshqa temir
yo’llardan olib chiqish, shuningdek, saqlash uchun qishki omborlarga tashib kiritish, odatda,
juft marshrutlar bilan amalga oshirilishi lozim.
Xopper-dozator marshrutlarini, oraliq stansiyalarda ajratishni talab etmaydigan va
marshrutlarning harakat tezligini cheklamaydigan dumpkarlardan tashqari (6 VS-60, 7 VS-60
va VS-66 turdagilardan mustasno) istalgan harakat tarkibi bilan to’ldirishga ruxsat etiladi.
Bunda SNII-2 va SNII-3 xopper-dozatorlardan iborat marshrutlar
uchun yuk ortilgan
tarkibning og’irligi 2600 tonnadan oshmasligi lozim. Bunday yuk poezdlarining harakatlanish
tezligi poezddagi xopper-dozatorlarning harakat tezligidan ortiq bo’lmasligi lozim.
Xopper-dozatorlardan iborat marshrutning bo’sh yoki yuk ortilgan holatda
harakatlanish uchastkasi bo’ylab belgilangan tezlikda harakatlanishga tayyorligi xaqida
xopper-dozator marshrutining mashinisti tashish hujjatlarida marshrutning harakatlanishga
tayyorligi, xopper-dozatorning barcha yuk tushirish-dozirovka qurilmalari tekshirilganligi,
ko’rikdan o’tkazilganligi, to’liq transport holiga keltirilganligi xaqida yozuv kiritishi shart.
Yuk ortilgan holatda harakatlanganda bunday yozuv yuk qog’ozi (nakladnoy)ga, bo’sh
holatda harakatlanganda esa yuborish vedomostiga kiritiladi.
Vagon qismlarining ko’rigi va zarur ta'miri texnikaviy xizmat ko’rsatish
punktining
xodimlari tomonidan odatdagi tartibda amalga oshiriladi.
Kuzatuvchisiz xopper-dozatorlar yuk poezdlarida faqat bo’sh holatda ishlab chiqargan
zavodlarning, vagon depolarining, ta'mirlash zavodlarining, ro’yxatga olingan joyiga
o’tkazish zarurligida yo’l xo’jaligi bo’linmalarining talabnomalariga binoan, shuningdek,
ta'mirlash uchun va ta'mirdan chiqqanda, regulirovka tartibida va h.z. holatlarda stansiya
xisobotini va nosoz vagonlar mavjudligi va ta'miri hisobini yuritish bo’yicha amaldagi
ko’rsatmalarga muvofiq tashish rasmiylashtirilgandan so’ng yuborilishi mumkin.
Jo’natishdan avval jo’natuvchi xopper-dozatorlarni to’liq transport holatiga keltirishi,
harakatga tayyorligi va harakatning yo’l qo’yiladigan tezliklari to’g’risida esa jo’natish
stansiyasida yuborish hujjatlariga tegishli yozuv kiritishi lozim.
Nosozligi tufayli vertushkadan ajratilgan yuk ortilgan xopper-dozator ta'mirga
yuborilishdan oldin yuki tushirilishi va shundan so’ng to’liq transport holatiga keltirilishi
lozim. Faqat jo’natishga talabnoma, yuborish va tashish hujjatlari mavjudligidagina, stansiya
boshlig’i xopper-dozatorlarni jo’natadi.
5.
Boshqa vazirlik va idoralarning tashkilot va korxonalariga tegishli dumpkarlarning
DATK temir yo’llarida harakatlanishi DATKning ko’rsatmalari
asosida olingan
ruxsatnomalar va mintaqaviy temir yo’l uzeli hududida - DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli
boshlig’i tomonidan, temir yo’l hududida - DATK boshqaruvi raisi tomonidan, ikki va undan
ortiq temir yo’llar hududida - SSJD tomonidan belgilangan shartlar bo’yicha amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: