Rasm jadvallar ro'yxatlar



Download 201,02 Kb.
bet1/2
Sana30.06.2022
Hajmi201,02 Kb.
#720442
  1   2
Bog'liq
Labaratoriya 2


Guruh

FIO

Imzo

615-18

Mamajonov J




2-Laboratoriyaishi
Mavzu: HTMLda rasm jadvallar ro’yxatlar
bilan ishlash teglari
Ruyxatlar (list) oddiy matnlardan uning punktlari belgilanganligi yoki
nomerlanganligi bilan farq qiladi. Agarda ruyxatga yangi punktlar qo’shilsa yoki u
qisqartirilsa, nomerlash avtomatik ravishda shunga moslashtiriladi. Agarda ruyxat
nomerlanmagan bo’lsa, uning xar bir punktida turli xil belgilar (markerlar - nuqta,
to’rtburchak, romb va boshqa tasvirlar) qo’yilishi mumkin. Ruyxatlar xosil qilish
uchun mo’ljallangan tegalarni ikki guruxga bo’lish mumkin – ularning birinchisi
ruyxatning umumiy ko’rinishini aniqlasa (ular atributlarni xam ko’rsatishga imkon
beradi), ikkinchi guruxga mansublari ruyxatning ichki tuzilishini aniqlashga imkon
beradi. Ruyxatlarda standart atributlarni ishlatish mumkin. Ruyxatlarning ichida eng
oddiysi nomerlanmagan ruyxat bo’lib, u quyidagicha tuzilishga ega:

Bu erda UL (unordered list) ruyxat chegarasini ko’rsatib, u bir ruyxatni
ikkinchisidan ajratish uchun xizmat qiladi. LI elementi esa xar bir aloxida punktni
belgilash uchun xizmat qiladi. Bu elementning shablonini quyidagicha ifodalash
mumkin:

  • Ruyxatning 1-punkti
  • Ruyxatning 2-punkti
  • Ruyxatning 3-punkti

Nomerlanmagan ruyxat quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
 Ruyxatning 1-punkti
 Ruyxatning 2-punkti
 Ruyxatning 3-punkti
Nomerlangan ruyxat OL (ordered list) esa quyidagicha xosil qilinishi mumkin:

Uning tuzilishi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

  1. 1-Punkt
  2. 2-Punkt
  3. 3-Punkt
  4. 4-Punkt

Ushbu ruyxat bo’yicha aniqlanilgan ruyxat quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
I.1-Punkt
II. 2-Punkt
III. 3-Punkt
IV. 4-Punkt
Uning uchun tashqi teg OL ishlatiladi. Ruyxatning xar bir punktining nomerlashuvi
type atributi yordamida beriladi
Jadvallar bilan ishlash
Jadvallar Web-saxifalardagi ma’lumotlarni formatlashtirish uchun juda qulay
vositadir. Bu qulayliklardan biri brouzer tomonidan jadval ramkalarining
chizilishidir. Ramkaning o’lchami brouzerning ko’rish oynasi bilan avtomatik
ravishda moslashtirilishi mumkin va bunda jadval katakchalarida turgan matnlar va
rasmlar o’lchamlari xam moslashtiriladi. Jadvallar dizaynerlik vazifalarini xam
bajaradilar, ya’ni saxifalarning tarkibiy qismlarini bir-biriga nisbatan tekislash, ular
yonida matn va rasmlar joylashtirish, ranglarni boshqarish kabilar. Jadvallar xosil
qilinayotganda jadval asosiy elementi (TABLE) ichida qatorlarni (TR) aniqlaydigan
bir qancha elementlar xosil qilinadi, bu elementlar ichida esa qatordagi xar bir
katakcha ko’rsatgichlari xususiyatlarini aniqlaydigan elementlar joylashadi (TD,
TH). Jadval tuzilishini tushunish yoki yangi jadval xosil qilish uchun elementlar
ketma-ketligi jadvalni yuqoridan pastga va o’ngdan chapga tartibida aniqlashini
esdan chiqarmaslik kerak. Masalan, agar TABLE elementidan keyin TR elementi
ko’rsatilgan bo’lsa, bu jadvalning yangi qatori aniqlanilishi boshlanganligini
bildiradi. Bu elementdan keyin joylashgan barcha narsalar o’ngdap chapga tartibida
bir qatorda joylashadi. Bular TD elementlar ketma-ketligi (katakchalar), boshqa
jadval va xakozolar bo’lishi mumkin. Yangi TR elementi uchragandan so’ng,
keyingi qator aniqlanilishi boshlanadi va bu ish jadval oxiri
tegi bilan
tugallanadi. Dasturlash tilining
elementi jadvalning tashqi
elementi bo’lib, u jadvalning umumiy xususiyatlarini aniqlashga va jadvalning
tuzilishini web-saxifaning boshqa qismlaridan ajratishga yordam beradi. Ko’pchilik
atributlar jadvalning boshqa elementlarida xam ishlatilishi mumkin. Align atributi
yordamida jadvalni gorizontal bo’yicha tekislashtirish mumkin:
 Align=”left” – chapga;
 Align=”right” – o’ngga;
 Align=”center” – markazlashtirilsin.
Jadvalning kengligini piksellarda yoki brouzer oynasidagi saxifaning kengligiga
nisbatan foizlarda berish mumkin. Misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
width=380
width=60%
Jadval ramkasining ko’rinishini boshqarish uchun ikki atribut ishlatiladi. Brouzer
ramka tasvirini uning tomonlarining yoritilganligini o’zgartirgan xolda uch o’lchamli
qilib ko’rsatishga xarakat qiladi. Ramkada frontal va yon qirralarni farq qilish
mumkin
g’n qirraning kengligini border atributi boshqaradi:
border=kengligi
Bu atributning qiymati nul bo’lsa, ramka umuman yo’qoladi. Frontal qirra kengligini
cellspacing atributi boshqaradi:
cellspacing=kengligi
Agarda bu atributning kattaligi nulga teng bo’lsa, ramka ingichka va qtkir chiqadi.
Jadvalning barcha katakchalari uchun katakchalardagi ma’lumotlar atrofidagi bo’sh
joy kattaligini quyidagi atribut yordamida berish mumkin:
cellpadding=piksellar soni
yoki
cellpadding=”20%”
Uning ishlatilishi katakchalarni kattaroq qiladi. Jadval ramkasi va ma’lumotlar
orasida ma’lum bir masofa saqlanadi va u ko’pchilik xollarda jadvalning ko’rinishini
ancha yaxshilaydi, katakchalardagi matnni esa oson o’qiydigan qiladi. Barcha jadval
maydoni uchun fon rangini xam berish mumkin:
bgcolor=”rang nomi “
bgcolor=#RRGGBB
Rang o’rniga rasm ishlatilishi xam mumkin:
background=”Fayl“
background va bgcolor atributlarini jadvalning boshqa elementlari bilan xam
ko’rsatish mumkin (CAPTION elementidan tashqari). Frame atributi faqatgina
TABLE elementi uchun ishlatilib, u jadval ramkasi ko’rinishini tanlashga imkon
beradi:


Download 201,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish