O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

AVARIYA HOLATLARIDAGI HARAKATLAR 
438.
Faoliyati poezdlar harakati bilan bog’liq xodimlar temir yo’llardan xavfli yuklar 
tashilganda xavfsizlik qoidalarini va avariya holatlarini bartaraf etish tartibini bilishlari va 
aniq bajarishlari lozim. 
Xavfli yuki (VM) bor poezdga xavf (buksalarning yonishi, o’qning sinishi, harakat 
tarkibini izdan chiqishi, vagonning yoki yukning o’t olishi va h.z.) tahdid solganda lokomotiv 
va konduktor brigadalari, yuklarni qo’riqlab, kuzatib borayotgan shaxslar, stansiya 
navbatchilari va poezdlarni qabul qilish, jo’natish, o’tkazish va ularga xizmat ko’rsatish bilan 
bog’liq bo’lgan barcha shaxslar poezdni to’xtatish va xavfni bartaraf etish uchun qo’lidan 
kelgan barcha choralarni ko’rishlari shart. 
Harakat tarkibining texnik va uning yurish qismlari holatini avtomatik nazorat qilish 
vositalari yordamida aniqlangan nosozliklari bilan poezd harakatlanishi taqiqlanadi. 
439.
Peregonda ushbu Yo’riqnomaning 438-bandida ko’rsatilgan holatlar sodir 
bo’lganda lokomotiv mashinisti yoki poezdni kuzatib borayotgan bosh konduktor bu xaqda 
darhol poezd dispetcheriga yoki yaqinroqdagi stansiyaning navbatchisiga chora ko’rishlari 
uchun xabar berishi shart. Bunda, avariya (harakat tarkibining izdan chiqishi va h.z.) yong’in 
sodir bo’lganda, uning tafsilotlari, poezd tarkibida xavfli yuk (VM) ortilgan vagonlarning 
mavjudligi va joylashuvini ma'lum qilishi, avariya kartochkalarining nomerlarini (yo’l 
vedomostlari orqasida ko’rsatilgan) yoki yuk qog’ozlari (nakladnoylar)ga ilova qilingan 
avariya kartochkalarining mazmunini xabar qilishi lozim. Elektrlashtirilgan uchastkalarda, 
bunday xabarni qabul qilgan poezd dispetcheri, zarur hollarda kontakt tarmoqdan 
kuchlanishni olish kerakligi xaqida energodispetcherga ko’rsatma berishi kerak. Lokomotiv 
mashinisti yoki bosh konduktor yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, lavozim 
yo’riqnomasining talablari, avariya kartochkalari, VM va boshqa xavfli yuklarni kuzatib 
borayotgan mutaxassislarning ko’rsatmalari va poezd dispetcherining buyruqlariga amal qilib, 
avariya holatini va uning oqibatlarini bartaraf qilish uchun bor imkoniyatlardan foydalanib, 
choralar ko’rishi lozim. 
Poezd mashinistining avariya xaqidagi xabarini olgan stansiya navbatchisi darhol 
uning mazmunini poezd dispetcheriga ma'lum qilishi va keyinchalik uning ko’rsatmalariga 
amal qilishi kerak. 
440.
Harakatlanayotgan xavfli yuki (VM) bor poezdda, yuk yoki harakat tarkibi o’t 
olgani aniqlansa, poezd to’xtatilishi lozim. To’xtash joyi odamlarning shikastlanishi va atrof-
muhit ifloslanishiga, harakatlanayotgan tarkib yo’lidagi tonellar, ko’priklar, turar joy va 
stansiya binolari, omborlarni zararlanishiga olib keladigan oqibatlarni hisobga olgan holda 
tanlanadi. 
Poezd to’xtaganidan so’ng lokomotiv brigadasi xavfli yuklar (VM) ni kuzatib yoki 
qo’riqlab borayotgan shaxslar bilan birgalikda tarkibning joyida qoladigan qismini 
belgilangan tartibda mahkamlagandan keyin yonayotgan vagonlarni darhol ajratib olishlari va 


uni qolgan qismdan chetga olishlari shart va ushbu yukning xususiyatlarini hisobga olib, 
yong’inni o’chirishga yordam kelgunicha lokomotiv va motorvagon harakat tarkiblarida 
yong’in xavfsizligi bo’yicha Yo’riqnomada ko’zda tutilgan talablarga muvofiq o’tni o’chirish 
choralarini ko’rishlari lozim. 
441.
Stansiya hududida xavfli yuklar (VM) bilan avariya holati paydo bo’lganda, 
stansiya navbatchisi sodir bo’lgan voqea xususida poezd dispetcheri va stansiya boshlig’iga 
xabar qilishi, keyingi poezdlarni o’tkazish, manyovr ishlarini amalga oshirish imkoni va 
sharoitlarini belgilab, zarur bo’lsa poezdlar harakati va manyovrlarni to’xtatish choralarini 
ko’rishi shart. 
Xavfli yuk (VM) ortilmagan vagonda yoki yonida joylashgan bino, inshootda yong’in 
paydo bo’lsa xavfli yuklar (VM) ortilgan vagonlar yong’in hududidan xavfsiz masofaga eng 
kami 100 m ga uzoqlashtirilishi lozim. 
442.
Bunday vagonlar bilan sodir bo’lgan barcha hodisalarni poezd dispetcheri YaDM 
ning yo’nalish bo’yicha navbatchisiga xabar qilishi va u bilan birgalikda darhol avariyaviy 
holatlarning oqibatlarini tezda bartaraf etish choralarini ko’rishi shart. 
YaDM ning yo’nalish bo’yicha navbatchisi voqea to’g’risida bosh poezd dispetcheriga 
xabar berishi shart. 
Bosh poezd dispetcheri voqea to’g’risida DATK boshqaruvi raisi o’rinbosariga xabar 
berishi shart. 
443.
Xavfsizlik choralarini amalga oshirish va VM bilan sodir bo’lgan avariyaviy 
holatlar oqibatlarini tugatish bo’yicha boshqa harakatlar, yuzaga kelgan vaziyatdan kelib 
chiqib, temir yo’llardan xavfli yuklar tashilganda xavfsizlik qoidalari va avariya holatlarini 
bartaraf etish tartibiga va xavfli yuklarni tashish qoidalariga muvofiq olib borilishi kerak. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


O’zbekiston Repsublikasi temir yo’llarida poezdlar 
harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga 
 
1-ilova 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish