O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

POEZDLARNI TUZISH 
429.
1 klass xavfli yuklar (VM), poezdlar harakati grafigida, shuningdek, ketib borish 
uchastkalaridagi qabul qilish-jo’natish yo’llari sig’imidan oshmaydigan marshrutlarda ko’zda 
tutilgan, uzunlik va og’irlik bo’yicha me'yorlar chegarasida tuzilgan yuk poezdlarida yakka 
vagonlar bilan, barcha holatlarda tegishli to’siq qo’yillishi bilan guruh vagonlarda tashiladi. 
VM li vagonlarni quyidagi poezdlarga qo’yish taqiqlanadi: 
- yo’lovchi va pochta-bagaj poezdlariga (tabel quroli va ularga tegishli o’q-dorilar, 
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar 
Vazirligi, boshqa davlat harbiylashtirilgan tashkilotlarining harbiy qorovullari va komandalari 
hamda temir yo’llarning harbiylashtirilgan qo’riqlash naryadlaridan tashqari); 
- odam tashiydigan poezdlarga, shuningdek, tarkibida odam tashiydigan (harbiy 
esholonlardan tashqari) poezdlarga (eshelon shaxsiy tarkibi bilan band vagonlardan tashqari); 
- birlashtirilgan poezdlarga; 
- nogabarit yuklar ortilgan poezdlarga - nogabaritlik darajasi yuqoridan uchinchi, 
pastdan uchinchi va ortiq bo’lgan, yondan to’rtinchi va ortiq bo’lgan yuklar; 
- uzunligi poezdlarning harakat grafigida belgilangandan ortiq. 
Bundan tashqari, shartli nomeri ushbu Yo’riqnomaning 423-bandida ko’rsatilgan VM 
li vagonlarni, tarkibida temir yo’llarda xavfli yuklarni tashish qoidalarida sanab o’tilgan xavfli 
yuklari bor quyidagi yuk poezdlarga qo’yish taqiqlanadi: 
- siqilgan va suyiltirilgan gaz (2 klass); 
- oson alangalanadigan suyuqliklar (3 klass); 
- oson alangalanadigan qattiq moddalar, o’z-o’zidan yonuvchi moddalar va suv bilan, 
shuningdek, havodagi namlik bilan o’zaro ta'sir natijasida oson alangalanuvchi gazlar 
chiqaradigan moddalar (4 klass); 
- oksidlanuvchi moddalar va organik peroksidlar (5 klass); 
- zaharli moddalar (6.1 klass osti). 
430.
Saralash va uchastka stansiyalari oralig’ida VM ortilgan vagonlar tuzish rejasiga 
muvofiq barcha yuk poezdlari tarkibida harakatlanishi mumkin. Oraliq stansiyalardan eng 
yaqin uchastka yoki saralash stansiyalariga qarab va teskari yo’nalishda bunday vagonlar 
yig’ma, chiqarish poezdlari yoki dispetcherlik lokomotivlari bilan, stansiyaning uzel va 
uzeloldi stansiyalari o’rtasida esa, uzatish va chiqarish poezdlari bilan uzatiladi. 
Tarkibiga VM li vagonlar kiritilgan yig’ma poezdga, tuzish yoki konduktorlik 
brigadasi xodimi, bosh konduktor vazifasini bajaruvchi mashinist yordamchisi xizmat 
ko’rsatishi kerak. 


Tuzish rejasi bo’yicha uzoqqa qatnaydigan poezdlar bilan jo’natish ko’zda tutilgan 
VM ortilgan vagonlarni yaqin masofalarga qatnaydigan poezdlar tarkibiga qo’yish ruxsat 
etilmaydi. 
YaDM ning yo’nalish bo’yicha navbatchisi, stansiya va manyovr dispetcherlari poezd 
ishini rejalashtirganda, stansiyaga kelayotgan VM li vagonlarni kamroq miqdordagi poezdlar 
bilan birinchi navbatda jo’natish imkoniyatlarini alohida mas'uliyat bilan ko’rib chiqishga 
majburdirlar. 
431.
VM ortilgan vagonlarni DATK harbiylashtirilgan qo’riqlashi bilan kuzatish 
uchun bu vagonlardan uzog’i bilan besh vagon narida tormoz maydonchalik yoki maxsus 
ajratilgan yopiq bo’sh vagon qo’yillishi lozim. 
Agar DATK harbiylashtirilgan qo’riqlashi bilan qo’riqlanayotgan vagonlar guruhi 
poezdning old qismida elektrovoz yoki teplovozdan ko’pi bilan 5 ta vagon uzoqlikda 
joylashgan bo’lib hamda tormoz maydonchali vagonlar bo’lmasa, harbiylashtirilgan 
qo’riqlash o’qchilariga lokomotivlarda yurish tartibi to’g’risida mashinist yo’rig’idan 
o’ttanlaridan so’ng, poezd lokomotivi kabinasida ketishga ruxsat etiladi. 
VM ortilgan harbiy transport harakatlanayotgan poezdlar tarkibiga ushbu transportga 
tegishli bo’lmagan, VM ortilgan vagonlar qo’yillishi mumkin. 
VM ortilgan vagonlar yuk jo’natuvchi (yuk qabul qiluvchi)ning mutaxassislari yoki 
harbiy qorovuli, shuningdek, DATK harbiylashtirilgan qo’riqlash bilan kuzatib borilganda, 
ular qo’riqlayotgan vagonlar poezdga bir guruh qilib qo’yiladi. Ushbu Yo’riqnomaga muvofiq 
bu vagonlar bir-biridan guruhga tegishli bo’lmagan, xavfsiz yuk ortilgan vagonlar bilan 
to’silganda, bunday to’siq eng kam me'yorlardan oshib ketmasligi lozim. 
VM li vagonlar va maxsus sxema (seksiya) ga kiruvchi kuzatib boruvchi vagonlar 
orasiga vagon qo’yish talab etilmaydi. 
432.
Harbiy eshelonlarda ushbu eshelonga tegishli VM va tez o’t oladigan yuklarni 
birgalikda tashishga, ular orasida kamida bir vagondan iborat to’siq qo’yillishi bilan ruxsat 
etiladi. 
Jangovar o’q-dori va aslasha bilan ta'minlangan tanklar, o’zi yurar artilleriya 
qurilmalari, artilleriya shatakchilari va yopiq bronetransportyorlar ortilgan platforma va yarim 
vagonlar harbiy eshelon tarkibida to’siqsiz harakatlanishi mumkin. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish