13-bob. STANSIYALARDA SSB QURILMALARINING ME’YORIY FAOLIYATI
BUZILGAN HOLLARDA POEZDLARNI QABUL QILISH, JO’NATISH VA
MANYOVR ISHLARINI BAJARISH TARTIBI
381.
SSB nazorat asboblaridagi ko’rsatmalarning me'yordan og’ishi kuzatilganda
stansiya navbatchisi, avvalo, ushbu holat quyidagilar oqibati emasligini tekshirishi kerak:
a) vagonning ketib qolishi, harakat birliklarining o’z-o’zidan yurib chiqishi, strelka
kesilish, harakat tarkibining yo’ldan tushishi;
b) o’zining yoki boshqa xodimlarning noto’g’ri harakatlari.
Bunda qo’shimcha ravishda yana quyidagilarni tekshirishi lozim:
qabul qilish yo’li (birinchi uzoqlashuv blok-uchastkasi) va poezd taxmin etilayotgan
yo’nalishi bo’yicha chegaralangan marshrut uchastkalarining xaqiqatdan ham bo’sh
ekanligini;
marshrutga kiruvchi barcha, shu jumladan, muhofazalovchi strelkalarning nazorat
holati mavjudligini, hamda ularning to’g’ri o’rnatilganligini;
talab qilingan marshrutga kiruvchi yo’l va strelkalar boshqa marshrutlarga kirib
qolmaganligini;
apparatdan jezl-kalit olib qiyo’lmaganligini va u apparatga to’g’ri o’rnatilganligini;
stansiya hududida joylashgan perezdda to’suvchi svetofor yoki poezdlar tarkiblari va
h.z. ning markazlashtirilgan to’siq signalining yoniq qolmaganligini, bunda asboblar ishida
paydo bo’lgan buzilishlar turiga qaraladi;
tayyorlangan marshrutning poezd yo’nalishi marshruti va o’rnatilgan blokirovka
yo’nalishiga mos kelishini;
SSB qurilmalaridan foydalanilganda boshqa xatolarga yo’l qiyilmaganligini.
382.
SSB qurilmalaridagi nosozlikni aniqlagandan so’ng stansiya navbatchisi darhol
ko’rik jurnalida buni qayd etishi va elektormexanikka (aloqa va signalizatsiya distansiyasi
navbatchi muhandisiga) va zaruriyat tug’ilsa, boshqa tegishli xizmat xodimlariga xabar
berishi kerak. Agar svetoforlar avtoharakatda bo’lgan bo’lsalar - avtoharakatni o’chirish
kerak.
Shundan so’ng, to nosozlik bartaraf etilib, qurilmalar faoliyati tegishli tartibda
tekshirilib, SSB elektromexanigi va dahldor xizmatlar xodimlari ko’rik jurnaliga tegishli
yozuvlarni kiritgunlaricha, stansiya navbatchisiga, poezd holatidan qat’iy nazar, nosoz
asboblaridan foydalanish (kirish, chiqish, marshrut va manyovr svetoforlarini ochish,
sterlkalarni o’tkazish, nosoz asboblarning nazorat ko’rsatmalariga asoslanib harakat tarkibini
o’tkazish) man etiladi, shuningdek, ushbu yozuvlar kiritilgunga qadar ajratilgan
seksiyalarning bo’sh yoki bandligi nazorati, markazlashtirilgan strelkalar holati qayta
tiklanganda yoki boshqaruv pultining ko’rsatmalarida boshqa o’zgarishlar sodir bo’lganda
ham.
Agar SSB qurilmalari nosozligi taklif etish signali knopkasidagi plombani uzish
zarurati bilan bog’liq bo’lsa, ko’rik jurnalida qayd etilayotgan yozuvda taklif etish signali
plombasini uzish xaqidagi ma'lumot ko’rsatiladi, masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |