LABORATORIYa IShI №2
MAVZU: MANTIKIY ELEMENTLARNI TADKIK ETISh VA ULAR BAZASIDA MANTIKIY SXEMALAR KURISh.
«YoKI» - mantiqiy qo’shish, «Dizyunktsiya» elementi
X va Y kirishlar bir vaqtda “0” signali berilsa (ya’ni ulagichlar bir vaqtda ulanmagan xolda bo’lsa), Z chiqishda “0” signali xosil bo’ladi (ya’ni lampa o’chiq xolda bo’ladi). Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «1» signali berilsa (ya’ni ulagichlardan biri yoki bir vaqtda k-kalasi ulansa), chiqishda «1» signali xosil bo’ladi (ya’ni lampa yorishadi).
«YoKI» elementi mantiqiy funktsiya sifatida Z = X+Y xamda Z = XvY kurinishlarda tasvirlanadi.
«YoKI - INKOR» - mantiqiy qo’shishning inkori elementi
1. Tajriba ishini bajarishdan maksad:
Kombinatsion elementlarni turlari va ularni ishlash printsiplari bilan tanishish. Berilgan funktsiyani amalga oshiruvchi mantikiy sxemalarni kombinatsion elementlar asosida kurish va tadkik etish .
2. Ishni bajarish rejasi.
2.1 Ukuv tajriba stendi kurilmasini tuzilishi bilan tanishish.
2.2 Kombinatsion elementlar “YoKI”, “YoKI - INKOR” ni statik va dinamik rejimlarda tadkik etish
2.3 Berilgan variant buyicha mantikiy sxema kuri shva uni tadkik etish .
3. Ishni bajarish tartibi.
3.1 Tajriba ishini bajarish uchun zarur bulgan nazariy bilimlarni takrorlash va tajriba ishi mazmuni bilan tanishib chikish .
3.2 O’kuv tajriba stendini tuzilishi va ishlash printsipini urganish.
3.3 “YoKI - INKOR” elementini ikkala kirishini bitta tumblerga, chikishni esa nur indikatori ga ulang. Tumbler xolatini uzgartirib, indikator xolatini 1-jadvalga kiriting (1-rasm (a)).
3.4 Impulslar generatorining SI1 chikishini kombinatsion element kirishiga ulang, ostsillograf yordamida element kirishidagi va chiqishdagi signallarni kuzating. Kuzatish natijalarini vakt digrammalarini chizing.
3.5 “ YoKI” elementini tadkik etish uchun ikkita “YoKI - INKOR” elementlarini ketma-ket ulang (2-rasm (a)).
3.6 “X1 ” va “ X2” kirishlarini tumblerlarga , “ U ” chiqishni nur indikatoriga ulang va tumblerlar xolatini uzgartirib, indikator xolatini jadvalga kiriting
3.7 Kirish signallaridan birini impulslar generatorining “SI1” chikishga ulang, tumbler yordamida ikkinchi kirish xolatini uzgartirib ostsillograf yordamida kirishdan va chikishdagi signallarni kuzating. Kuzatish natijalari asosida kombinatsion elementning ishlash vakt diogrammasini kuring.
3.8 “YoKI”, “YoKI - INKOR”, elementlarini tadkik kilish uchun kuyidagi sxemalarni yiging, bir element uchun 3.6 va 3.7 bulimlarni bajaring (3-rasm)
3.9 Berilgan variant uchun (3-jadval) mantikiy funktsiya tuzing va uni “YoKI - INKOR”bazasiga utkazing.
3.10 Xosil bulgan funktsiya uchun mantikiy sxema kurib, sxemani stenda yig’ing. Ishlashni tadkik kilib, natijalarni jadvalda keltiring .
Do'stlaringiz bilan baham: |