O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


OLIB QIYO’LADIGAN DREZINALARNI HARAKATLANISH TARTIBINING



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

OLIB QIYO’LADIGAN DREZINALARNI HARAKATLANISH TARTIBINING 
ASOSIY QOIDALARI 
1.
Olinadigan drezinalarning harakati poezd dispetcherining buyrug’i bilan peregon 
yopilib amalga oshiriladi. 
Tonnel yoki katta ko’prikka ega, shuningdek, yo’lning murakkab plan va profiliga ega 
peregonlarda drezinalarni harakatlanish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. 
Drezinalarni harakati poezdlarni jadval bo’yicha harakati buzilishiga olib kelmasligi 
lozim. 
Drezinalar peregonga jo’natilgan taqdirda ularning harakati to’g’risida pereezd 
navbatchilarini ogohlantirish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. 
2.
Drezinalarni peregonni egallab harakatlanishi drezina tasarrufida bo’lgan yo’l 
boshqarmasining (lavozimi yo’l brigadiridan past bo’lmagan) mas'ul xodimi yoki boshqa 
xizmat (hudud kontakt tarmog’ining elektromexanigi yoki ustasi) xodimlarining 
talabnomasiga binoan poezd dispetcheri tomonidan ruxsat etiladi. Peregonni egallash uchun 
drezina haydovchisiga dioganali bo’yicha qizil tasmali oq rangdagi ruxsatnoma taqdim etiladi. 
3.
Sutkaning qorong’i vaqtlarida, shuningdek, tuman, qor yog’ayotgan, bo’ron paytida 
va -5°S dan past temperaturada, sharros yomg’irda drezinalarni peregonga chiqishi 
taqiqlanadi. 
4.
Harakat paytida drezinalar O’zbekiston Respublikasi temir 
yo’llarida 
signallashtirish bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq signallarga ega bo’lishi lozim. 
Signallarsiz drezinani yo’lga qo’yish taqiqlanadi. 
5.
Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida drezinalarni harakat tartibi DATK 
boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi. 
6.
Drezinani kuzatib boruvchi kishilar soni quyidagidan kam bo’lmasligi kerak: TD-5 
drezinalarda 4 kishi, ID va SM-4 drezinalarda-2 kishi. 
Lavozimi yo’l brigadiridan past bo’lmatan xodim, hudud kontakt tarmog’ining 
elektromexanigi yoki ustasi, ular yo’qligida esa drezina haydovchisi drezinani kuzatib 
borayotgan boshliq hisoblanadi. 
Yo’ldan olingan drezina inshootlarning yaqinlashish gabaritlari buzilmasdan 
o’rnatilishi lozim. 
7.
Stansiyadan jo’natilayotgan drezina biron ishlarni bajarish uchun peregonda 
to’xtashi kerak bo’lsa, stansiya navbatchisi peregonni egallashga ruxsatnomadan tashqari 
ushbu Yo’riqnomaning 232-bandiga muvofiq ogohlantirish beradi. Peregonni ogohlantirishda 
belgilangan vaqtdan ortiq band etish taqiqlanadi. 
8.
Drezina haydovchisini Texnikaviy foydalanish qoidalari, O’zbekiston Respublikasi 
temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha Yo’riqnoma, O’zbekiston Respublikasi temir 
yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma, yo’l ishlarini bajarishda 
poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha Yo’riqnoma, texnika xavfsizligi 


qoidalarini bilishi sinab ko’rilishi kerak va u o’z yonida hamma vaqt drezinani boshqarishga 
xuquq beruvchi guvohnomasini olib yurishi lozim. 
Haydovchilarga drezinani boshqarishni boshqaruv xuquqiga ega bo’lmagan shaxslarga 
topshirishi taqiqlanadi. 
9.
Drezinani kuzatib borayotgan boshliq xodim drezina harakati va undagi odamlar 
xavfsizligi uchun mas'uldir. U poezdlar harakati jadvaliga ega bo’lishi va stansiyadan 
peregonga jo’nashdan oldin o’z soatini stansiya navbatchisi soati bilan to’g’rilashi, 
shuningdek, drezinaning to’liq sozligiga ishonch hosil qilib, signallar mavjudligi va yonilg’i 
bilan ta'minlanganlikni tekshirib ko’rishi lozim. 
Drezinani kuzatib borayotgan boshliq xodimga stansiya navbatchisining ma'lumisiz 
drezinada stansiya hududida harakatlanishi, shuningdek, poezd dispetcherining buyrug’isiz 
yoki tegishli ruxsatnomasiz peregonga chiqishi taqiqlanadi. 
Drezinada peregonga chiqishda boshliq xodim o’ta hushyor bo’lishi kerak. 
10.
Pereezdlardan, ayniqsa, navbatchi xodimlar xizmat ko’rsatmaydiganidan va yo’l 
ishlari olib borilayotgan uchastkalardan o’tishda drezina haydovchisi o’ta ehtiyotkor bo’lishi 
lozim. 
11.
Peregondan stansiyaga kelgan drezinani kuzatib borayotgan boshliq xodim darhol 
shaxsan yoki telefon orqali bu to’g’rida stansiya navbatchisiga xabar qilib, so’ng uning 
ko’rsatmalariga amal qilishi shart. 
Stansiya navbatchisi poezdlar harakati jurnalida drezinani kelgan vaqtini qayd etishi 
va peregonni ochib, poezdlar harakatini asosiy aloqa vositalari bo’yicha tiklash uchun bu 
xaqda jo’natgan stansiya navbatchisi va poezd dispetcheriga xabar qilishi shart. 
Agar drezina harakatining oxirgi punkti peregonda joylashgan bo’lsa, u yo’ldan olinib, 
gabarit masofasiga o’rnatilganidan so’ng mas'ul rahbar ishlar yakunlangani to’g’risida poezd 
dispetcheriga yoki peregonni chegaralovchi stansiyalardan birining navbatchisiga xabar qiladi 
va uning asosida poezdlarning harakati tiklanadi. 
12.
Drezinaning oldinga (farasi bilan oldinga) yurishi asosiy hisoblanadi. Orqaga 
yurishga stansiyadagi manyovrlarda istisno sifatida ruxsat beriladi. 
13.
TD-5 drezinalarning harakat tezligi peregonlarda 50 km/soat dan, stansiya 
yo’lllarida 25 km/soat dan, strelkalarda esa, 15 km/soat dan oshmasliga lozim. Ko’rinish 
yomon bo’lganda drezinalarning harakat tezligi 25 km/soat dan oshmasligi lozim, yoritgichlar 
(fara va ortidagi qizil signal chiroq) qo’shilgan bo’lishi kerak. 
14.
Drezinani prisep (tirkama) bilan va priseplarni o’zaro, faqat namunaviy asboblar 
vositasida, drezinalar tuzilishi va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq 
tirkashga ruxsat etiladi. Drezinalar harakatida o’z-o’zidan ajralib ketish ehtimoli istisno 
qilinishi lozim. 
Drezinani platforma va vagonlar bilan tirkash taqiqlanadi. 
15.
Drezina harakatlanishi vaqtida: drezina yoki prisepda turish, bortlarda o’tirish, 
prisepdan prisepga o’tish, to’liq to’xtamaguncha drezina yoki prisepdan tushish yoki ularga 
chiqish, harakat vaqtida, shuningdek, yonilg’i quyo’layotgan vaqtida chekish taqiqlanadi. 
16.
Bir paytning o’zida drezinada ketayotganlar soni quyidagidan oshmasligi lozim: 
TD-5 drezinasida 6 kishi, yuk ortilmagan prisepda 10 kishi, yuk ortilganida faqat prisepni 
tormozlash uchun 1 kishi. Yuklarni bevosita drezinada tashishga yo’l qo’yilmaydi. 


17.
Ishchilarni yoki yuklarni tashish uchun prisepli drezina yo’lga chiqqanida uning 
ishiga umumiy rahbarlikni lavozimi yo’l brigadiri, hudud kontakt tarmog’ining 
elektromexanigidan past bo’lmagan xodim amalga oshiradi. 
Priseplarda ishchilar guruhi tashilganda har bir prisepda mas'ul xodim-tajribali ishchi 
(guruh boshlig’i) tayinlanib, u shu prisepda bo’lib, tartibni va tashilayotgan odamlarning 
xavfsizligini kuzatib borishi lozim. 
Priseplarda 
tormozlash 
uchun 
ishchilar 
bo’lmaganda prisepli drezinalarni 
harakatlanishi taqiqlanadi. Yuk ortilgandan so’ng tormoz richaganing erkin yurishiga ishonch 
hosil qilinishi lozim. Tormoz richagini tashilayotgan yuk bilan to’sib qo’yish taqiqlanadi. 


O’zbekiston Repsublikasi temir yo’llarida poezdlar 
harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga 
 
5-ilova 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish