(5-bandning 1-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
DATK temir yo’llari bo’ylab harakatlanishga ruxsatnoma berilishidan avval
dumpkarlar, tarkibini "O’zdavtemiryo’lnazorat" belgilagan komissiya tomonidan ko’rikdan
o’tkazilib,
dumpkarlar
harakatlanishiga
talabnomada
ko’zda
tutilgan
sharoitlarda
foydalanishga yaroqligi tekshiriladi. Ko’rik natijalari xaqida vagonlarning texnikaviy holati
va DATK temir yo’llarida harakatlanishga yaroqliligini aks ettiruvchi dalolatnoma tuziladi.
SSJD yo’llarida dumpkarlar quyidagi holatlarda harakatlanadi: 6VS-60, 7VS-60 va
VS-66 dumpkarlar - yuk poezdlari, to’liq tarkibli marshrutlar va yiriklashtirilgan guruhlarda,
bo’sh yoki yuk ortilgan holatda tuzish rejasiga muvofiq istalgan harakat tarkibi bilan
to’ldirilib harkatlanadi; barcha boshqa turdagi dumpkarlar - tegishli turdagi dumpkarlar uchun
belgilangan tezliklarda, og’irligi 2600 tonnadan ortiq bo’lmagan alohida marshrutlarda, bo’sh
holatda belgilangan uzunlikkacha, yuk ortilgan holatda esa belgilangan og’irlikkacha istalgan
harakat tarkibi bilan to’ldirilib harakatlanadi.
Dumpkar marshrutlarini faqat oraliq stansiyalarda ajratishni talab etmaydigan va
dumpkar marshrutlari tezligini cheklamaydigan harakat tarkibi bilan to’ldirishga ruxsat
etiladi.
Dumpkar marshrutlari va barcha turdagi dumpkarlarning yiriklashtirilgan guruhlari,
machinist hamda egalik qiluvchi korxona yoki tashkilot tomonidan tayinlangan,
dumpkarlarning tuzilishi va ulardan foydalanishni biladigan mashinist yordamchisidan iborat
brigada tomonidan kuzatiladi.
Ta'mirga, ish joyiga jo’natilayotgan yoki ta'mirdan qaytayotgan dumpkarlar
poezdlarda faqat bo’sh holatda, yuk poezdlari uchun belgilangan tezliklarda (VS-100 va 2VS-
1O5 dumpkarlari uchun 80 -km/soatdan ortiq bo’lmagan tezlikda) jo’natiladi, bunda 6VS-60,
7VS-60 va VS-66 dumpkarlari poezdning istalgan qismida qo’yillishi mumkin bo’lsa, boshqa
turdagilari yuk poezdining ortiga ulanadi.
DATK yo’llaridagi dumpkar-vagonlarga DATK parkidagi vagonlar qatori texnikaviy
xizmat ko’rsatiladi.
Texnikaviy va tijorat nosozligi tufayli yuk ortilgan dumpkarlar marshrutlardan yagona
yuk qog’ozi bo’yicha yuklarni marshrutlar va vagonlar guruhi bilan tashish qoidalariga
muvofiq amalga oshiriladi. Ketidan jo’natiladigan hujjatlarda ham asosiy tashish xujjatlarida
mavjud alohida belgilar ko’rsatiladi, bunda albatta VU-23 shaklidagi xabarnoma tuziladi.
6.
Og’ir turdagi yo’l mashinalari (yo’l yotqizgich, shag’al tozalagich, qor tozalagich va
h.z.), temir yo’l kranlari va maxsus harakat tarkibining boshqa birliklari (ko’chma elektr
qurilmalar, kotlavan qazish, svaya poydevorlarini kontakt tarmoq tayanchlari ostiga
cho’ktirish mashinalari va h.z.) faqat ushbu agregatlarga egalik qilayotgan xo’jalik
bo’linmalarning talabnomalariga binoan stansiyalardan foydalanilmaydigan holatda (yuk
poezdlarida yoki alohida lokomotivlar bilan) jo’natiladi.
Ularni foydalanilmaydigan holatda harakatlanishga tayyorlash tegishli agregatlar
uchun ishlab chiqilgan yoki ushbu agregatning pasport ma'lumotlariga muvofiq texnikaviy
shartlar (yo’riqnomalar)da ko’zda tutilgan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Agregat
transport holatiga keltirilgani to’g’risida jo’natuvchi tomonidan tashish xujjatlariga qayd
kiritilishi lozim.
Agregatning foydalanilmaydigan holatda harakatga tayyorligi DATK mintaqaviy
temir yo’l uzeli boshlig’i tayinlaydigan komissiya tomonidan tekshiriladi.
(6-bandning 3-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Yuk poezdlari tarkiblariga agregatlar tegishli agregatdan foydalanish tartibini
belgilaydigan texnikaviy shartlar (yo’riqnomalar) yoki pasport ma'lumotlarida ko’zda tutilgan
qoidalarga muvofiq qo’yiladi.
Agar texnikaviy shartlar (yo’riqnomalar) yoki pasport ma'lumotlariga muvofiq agregat
yuk poezdlari harakat grafigida belgilanganidan pastroq tezlikda o’tkazilishi lozim bo’lsa,
unda agregatni transport holatiga keltirilgani to’g’risidagi qaydda jo’natuvchi shu tezlikni
ko’rsatishi lozim.
7.
Foydalanilmaydigan holatdagi lokomotivlar depo boshliqlari yoki zavod
ma'murшyati talabnomasi bo’yicha lokomotivlarning texnikaviy holati tekshirilib va
belgilangan shaklda tuzilgan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, jo’natiladi. Jo’natish
stansiyasi boshlig’iga talabnoma bilan birga taqdim etiladigan dalolatnomada lokomotivning
ruxsat berilgan harakat tezligi ko’rsatiladi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi lokomotiv
kuzatuvchisiga topshiriladi.
Foydalanilmaydigan holatda jo’natilayotgan elektrovozlar va teplovozlar yuk
poezdlarida yetakchi lokomotivning ortidan ko’pi bilan ikkita bir seksiyalik yoki bitta uch
(ikki) seksiyalik qilib, DATK hududida esa DATK boshqaruvi raisi belgilagan miqdorda
qo’yiladi.
DATK boshqaruvi raisi ko’rsatmasiga binoan ko’p miqdorda lokomotivlar
jo’natilganda bir metrga 8,1 tonnadan ortiq bo’lmagan yuklama bilan 3 tadan 10 tagacha ikki
seksiyalik, 7 ta uch seksiyalik yoki 20 bir seksiyalik lokomotivlarni (etakchi lokomotivni
hisoblanmaganda) yig’ma qilib, birlashtirib jo’natishga ruxsat etiladi, bunda yig’ma
lokomotivlaridan biri yetakchi bo’lishi mumkin.
Yuk poezdlarida jo’natiladigan dizel poezdlar yuk poezdining oxiriga qo’yiladi.
Sovuq tenderli parovozlar ikki va undan ortiq temir yo’llar bo’ylab jo’natilganda
yetakchi lokomotiv ortidan ko’pi bilan bitta, DATK temir yo’l xududida esa DATK
boshqaruvi raisi belgilagan miqdorda qo’yiladi. Juft tortishda sovuq parovoz poezd boshiga
yo’lning ustki tuzilmasi va sun'iy inshootlarga bog’liq ravishda qo’yiladi va bu DATK
boshqaruvi raisi tomonidan ruxsat etiladi. Tenderi to’rt va olti o’qli parovozlarni tenderini
oldinga qaratib jo’natishga ruxsat etiladi, tenderi uch o’qli parovozlar poezdga faqat trubasi
bilan oldiga qilib qo’yiladi.
8.
Maxsus tuzilmalar ularning boshliqlari talabnomalariga binoan ko’chiriladi: DATK
hududida – DATK raisi buyrug’i, ikki va undan ko’proq yo’llarda SSJD buyrug’i bo’yicha
ko’chiriladi.
Maxsus tuzilmaning xususiyatlari va harakat tarkibining turiga bog’liq ravishda
buyruqda harakat xavfsizligini ta'minlaydigan ko’chirish tartiblari ko’rsatiladi.
9.
Metropolitenlarning vagonlari (12 vagongacha) yig’malarga biriktirilib va 2 bo’sh
yuk vagonlardan to’siq qilib jo’natiladi. To’siq vagonlar yig’maning har ikki uchida bittadan
ulanadi. Ushbu vagonlar metropoliten vagonlari bilan birikkan tomonida avtoulagichlarning
odatdagi boshchalari o’rniga o’rnatiladigan o’tkazma birikmalar bilan jihozlanadi.
Metropoliten vagonlarini kuzatib borish uchun jo’natuvchi tomonidan kuzatuvchilar
tayinlanib, ularning borishi uchun yozgi mavsumda metropoliten vagonlaridan biri, qish
paytida esa to’siq vagonlardan biri sifatida foydalanilgan teplushka-vagon ishlatiladi.
Harakatlanishga yaroqligini aniqlash maqsadida jo’natilayotgan metropoliten
vagonlari jo’natuvchi tayinlagan komissiya tomonidan ko’rikdan o’tkaziladi. Komissiya
tarkibiga DATK stansiyasi texnikaviy xizmat ko’rsatish punkti vakili kiritiladi. Komissiya
jo’natilayotgan vagonlarning texnikaviy holatini tekshirish dalolatnomasini VU-25 shaklda
uch nusxada tuzadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi vagonni jo’natayotgan depo yoki
zavodda qoladi, ikkinchisi - kuzatuvchilar guruhi rahbariga topshiriladi, uchinchisi esa
vagonlarni jo’natish stansiyasi talabnomasi uchun foydalaniladi.
Tayyor biriktirilgan yig’ma alohida lokomotiv bilan tortiladi. Metropoliten vagonlarini
poezd tarkibiga qo’yish, shuningdek, ularni saralash tepachalari orqali o’tkazish taqiqlanadi.
DATK temir yo’llarida metropoliten vagonlarini o’tkazish to’g’ri yo’llarda va egrilik
radiusi 300 metrdan ortiq qismlarda yuk poezdlari uchun belgilangan, ammo 75 km/soat dan
ortiq bo’lmagan tezlikda amalga oshiriladi. Radiusi 300 metr va undan kamroq egriliklarda
harakat tezligi: radiusi 60 metr egrilikda - 1km/soat, radiusi 100 metr- 30 km/soat, radiusi 300
metr-60 km/soat dan ortiq bo’lmasligi lozim.
Metropoliten vagonlari biriktirilgan yig’malarning harakatlanish marshruti DATK
tomonidan belgilanadi va e'lon qilinadi.
O’zbekiston Repsublikasi temir yo’llarida poezdlar
harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga
4-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |