O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


O’TA EHTIYOTKORLIKNI TALAB ETUVCHI YUKLAR ORTILGAN



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

O’TA EHTIYOTKORLIKNI TALAB ETUVCHI YUKLAR ORTILGAN 
VAGONLARNI VA MAXSUS HARAKAT TARKIBINI 
POEZDLARGA QO’YISH TARTIBI 
1.
Poezdlarga qo’yishda alohida ehtiyotkorlikni talab qiluvchi yuklar ortilgan vagonlar 
(sisternalar) ayrim holatlarda lokomotivlardan, odamlar ketayotgan vagonlardan, bir-biridan 
to’siq bilan ajratilishi lozim. Alohida ehtiyotkorlikni talab qiluvchi yuklarni tashish shartlari, 
ro’yxati va to’silishning belgilangan me'yorlari yuklarni temir yo’llarda tashish qoidalarida 
keltiriladi. 
Bunday yukning asosiy xususiyatlari, shuningdek, to’silishning zarur me'yorlari 
xaqidagi ma'lumotlar yuk jo’natuvchi tomonidan tashish hujjatlarida ko’rsatiladi. 
2.
Poezd tarkibida harakatlanishga yaroqsiz, yurish qismlari soz bo’lgan yakka 
vagonlar vagon depolari yoki yuvish-bug’lash stansiyalari tomonidan belgilangan yuborish 
hujjatlari tuzilgandan so’ng ta'mirlash punktlariga faqat alohida lokomotivlar bilan jo’natilishi 
lozim. 
3.
Temir izlar eni 1520 mm bo’lgan temir yo’llar bo’ylab nogabarit va og’ir yuklarni 
tashish bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan 4, 5 va 6-darajali yon va past nogabaritli yuklar 
ortilgan vagonlar poezdning boshidan va oxiridan kamida bitta gabaritli yuk ortilgan yoki 
bo’sh vagon bilan to’silishi kerak. 
Yon va pastki nogabaritli yuklar (1-3-darajali nogabarit yuklardan tashqari) ortilgan 
vagonlarni uzun tarkibli poezdlarga qo’yish taqiqlanadi. 
Nazorat ramali vagon poezdning boshiga qo’yiladi yoki nazorat ramasi yuqori zonada 
yaxshi ko’rinishi uchun lokomotivdan bitta bo’sh platforma bilan ajratiladi. 
O’ta nogabarit yukli vagonlar poezd tarkibiga nazorat ramali vagondan kamida 20 ta 
vagon uzoqlikda qo’yiladi. 
Alohida lokomotivli maxsus poezdda o’ta nogabarit yuk nazorat ramasi bilan 
tashilganda, ushbu yuk ortilgan vagon nazorat ramali vagondan kamida beshta vagon bilan 
ajratilishi lozim. Poezd orqasidan bunday yukli vagon, bittadan kam bo’lmagan, gabarit yukli 
yoki bo’sh vagondan iborat to’siqqa ega bo’lishi kerak. 
Poezd tarkibiga yuk ko’tarish qobiliyati 240 t gacha bo’lgan yuk ortilgan 
transportyorlarni qo’yishga ruxsat etiladi. 
Yuk ko’tarish qobiliyati bundan ortiq bo’lgan transportyorlarni yuk ortilgan va bo’sh 
holatda harakatlanish tartibi ushbu transportyorlardan foydalanish texnikaviy shartlari yoki 
DATK ning alohida ko’rsatmalari bilan belgilanadi. 
Poezdlarga o’qlar soni 12 ta va undan ortiq bo’lgan (bir yoki ikki oraliq platformalari 
bilan yuk ko’tarish qobiliyati 120 tonna bo’lgan ulangan turdagi transportyorlardan tashqari) 
yuk ortilgan tranportyorlar qo’yilganda, ular bilan yonma-yon har ikkala tomondan kamida 
ikkitadan ko’pi bilan 40 tonna yuk ortilgan yoki bo’sh istalgan turdagi vagonlar to’siq sifatida 
qo’yillishi lozim. Bir poezdda bir necha shunday transportyorlar harakatlanganda, ular 
o’rtasida kamida 3 ta shunday to’sish vagonlari qo’yiladi. 
8 va undan ortiq o’qqa ega bo’sh transportyorlar, shuningdek, yuk ko’tarish qobiliyati 
120 tonna (tip kodlari 3960 va 3961) va 240 tonna (tip kodi 3974) bo’lgan ulangan turdagi 
transportyorlar, og’irligi 3 ming tonnadan ortiq bo’lgan poezdlarda harakatlanganda, ularni 
faqat poezd tarkibining oxirgi choragiga qo’yishga ruxsat etiladi. Poezd og’irligi kamroq 
bo’lsa, ushbu transportyorlarni poezd tarkibining istalgan qismiga qo’yish mumkin. 


4.
Umumiy foydalanishdagi temir yo’llar bo’ylab xopper-dozatorlarni faqat berk 
marshrutlar bo’ylab, har bir marshrutda xizmat ko’rsatuvchi xodimlar uchun bitta vagon bilan 
harakatlanishiga yo’l qo’yiladi. 
Har bir marshrutda xopper-dozatorlarning soni texnologik talablardan va ortilgan 
yukni tushirish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, aniqlanadi. Ballast materiallarni boshqa temir 
yo’llardan olib chiqish, shuningdek, saqlash uchun qishki omborlarga tashib kiritish, odatda, 
juft marshrutlar bilan amalga oshirilishi lozim. 
Xopper-dozator marshrutlarini, oraliq stansiyalarda ajratishni talab etmaydigan va 
marshrutlarning harakat tezligini cheklamaydigan dumpkarlardan tashqari (6 VS-60, 7 VS-60 
va VS-66 turdagilardan mustasno) istalgan harakat tarkibi bilan to’ldirishga ruxsat etiladi. 
Bunda SNII-2 va SNII-3 xopper-dozatorlardan iborat marshrutlar uchun yuk ortilgan 
tarkibning og’irligi 2600 tonnadan oshmasligi lozim. Bunday yuk poezdlarining harakatlanish 
tezligi poezddagi xopper-dozatorlarning harakat tezligidan ortiq bo’lmasligi lozim. 
Xopper-dozatorlardan iborat marshrutning bo’sh yoki yuk ortilgan holatda 
harakatlanish uchastkasi bo’ylab belgilangan tezlikda harakatlanishga tayyorligi xaqida 
xopper-dozator marshrutining mashinisti tashish hujjatlarida marshrutning harakatlanishga 
tayyorligi, xopper-dozatorning barcha yuk tushirish-dozirovka qurilmalari tekshirilganligi, 
ko’rikdan o’tkazilganligi, to’liq transport holiga keltirilganligi xaqida yozuv kiritishi shart. 
Yuk ortilgan holatda harakatlanganda bunday yozuv yuk qog’ozi (nakladnoy)ga, bo’sh 
holatda harakatlanganda esa yuborish vedomostiga kiritiladi. 
Vagon qismlarining ko’rigi va zarur ta'miri texnikaviy xizmat ko’rsatish punktining 
xodimlari tomonidan odatdagi tartibda amalga oshiriladi. 
Kuzatuvchisiz xopper-dozatorlar yuk poezdlarida faqat bo’sh holatda ishlab chiqargan 
zavodlarning, vagon depolarining, ta'mirlash zavodlarining, ro’yxatga olingan joyiga 
o’tkazish zarurligida yo’l xo’jaligi bo’linmalarining talabnomalariga binoan, shuningdek, 
ta'mirlash uchun va ta'mirdan chiqqanda, regulirovka tartibida va h.z. holatlarda stansiya 
xisobotini va nosoz vagonlar mavjudligi va ta'miri hisobini yuritish bo’yicha amaldagi 
ko’rsatmalarga muvofiq tashish rasmiylashtirilgandan so’ng yuborilishi mumkin. 
Jo’natishdan avval jo’natuvchi xopper-dozatorlarni to’liq transport holatiga keltirishi, 
harakatga tayyorligi va harakatning yo’l qo’yiladigan tezliklari to’g’risida esa jo’natish 
stansiyasida yuborish hujjatlariga tegishli yozuv kiritishi lozim. 
Nosozligi tufayli vertushkadan ajratilgan yuk ortilgan xopper-dozator ta'mirga 
yuborilishdan oldin yuki tushirilishi va shundan so’ng to’liq transport holatiga keltirilishi 
lozim. Faqat jo’natishga talabnoma, yuborish va tashish hujjatlari mavjudligidagina, stansiya 
boshlig’i xopper-dozatorlarni jo’natadi. 
5.
Boshqa vazirlik va idoralarning tashkilot va korxonalariga tegishli dumpkarlarning 
DATK temir yo’llarida harakatlanishi DATKning ko’rsatmalari asosida olingan 
ruxsatnomalar va mintaqaviy temir yo’l uzeli hududida - DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli 
boshlig’i tomonidan, temir yo’l hududida - DATK boshqaruvi raisi tomonidan, ikki va undan 
ortiq temir yo’llar hududida - SSJD tomonidan belgilangan shartlar bo’yicha amalga 
oshiriladi. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish