4.2 – жадвал
Biosferaning energetik ko’rsatkichlari
(A.A.Krasnovskiyning kiritgan aniqligi bo’yicha)
Energiya
|
Joul/yil
|
%
|
Yer yuzasiga tushadigan quyosh energiyasi
Fotosintez jarayonida тœпланадиган энергия
Озиš сифатида фойдаланиладиган энергия
Инсониятнинг энергетик ќаражатлари (2000 й.)
|
31024
31021
1,51019
61020
|
100
0,1
0,001
0,02
|
4.8 Trofik zanjir, tarmoq, sathi va tsikli. Avtotroflardan tashqari quyosh energiyasini assimilyatsiya qilolmaydigan organizmlar, fotosintezlar orqali hosil qilingan organik moddalardan olishga majbur. Bu geterotorf organizmlardir. Ular o’z navbatida fonotroflar va saprotroflarga bo’linib, fonotroflar o’simlik yoki hayvonlar organizmi bilan oziqlanadi. Saprotroflar esa, ulik organik modda qoldiqlari bilan oziqlanadi.
Biogeotsenozda organik moddani va unda to’plangan energiyani bir organizmdan ikkinchisiga berish zanjiri shakllangan. Bu zanjir trofik zanjir nomi bilan yuritiladi (yunoncha «trofe» - oziqlanish).
Masalan, o’t-zararkunanda – qurbaqa – ilon-yirtqich qushlar. Agar trofik zanjir umumiy qismga ega bo’lsa, trofik tarmoq deb ataluvchi qiyin tizim hosil bo’ladi.
Trofik tarmoq qismi va tarmog’i trofik sath degan nom olgan. Birinchi trofik sath protsudentlar (avtotroflar) –ikkinchi trofik sath –birlamchi konsumentlar (utxur organizmlar) –uchinchi trofik satx –ikkilamchi konsumentlar (yirtqichlar, birinchi konsument qo’shiladi) va hokazo.
Alohida turuvchi organizmlar – retsudentlar, SO2 va organik moddani mineral holatigacha parchalovchilardir. Parchalangan mahsulot yana produtsentlarga qaytib, yopiq doimiy quyosh energiyasidan to’yinuvchi trofik tsiklni tashkil etadi.
Bunda har bir sathda potentsial energiyaning katta qismi (90%) issiqlikka aylanib tarqaladi.
Trofik zanjir ikki asosiy turga bo’linadi: yaylov va detritit. Yaylov zanjiri yashil o’simlikdan konsumentlargacha keladi. Detrit zanjiri detrifoglar yemiruvi ulik organik moddadan boshlanib redutsentlar ishi bilan tugaydi.
4.9 Organik moddalarning parchalanishi. Organik molekulalarning parchalanishiga (degredatsiya) olib keluvchi va energiya ajratilishini hosil qiluvchi reaktsiyalar yig’indisi katobolizm deb ataladi.
Organik moddalar va ular mineralizatsiyasining noorganik birikmalar (SO2, N2O) gacha parchalanishi yakuniy bosqichdir. Yuqorida qayd etilganidek, buni redutsentlar bajarib, modda aylanishiga qaytaradi va uni produtsentlar olish mumkin bo’lgan shaklga keltiradi.
Redutsentlarga mikroskopik organizmlar (bakteriyalar, zambrug’ va boshq.) kirganligi uchun ularni mikrokonsumentlar deb ham atashadi.
4.10 Ekotizimlar mahsuldorligi. Avtotrof organizmlar birlamchi mahsulotni hosil qiladi, u yalpi fotosintez (umumiy assimilyatsiya) va asl fotosintez (asl assimilyatsiya) ga bo’linadi. Yalpi fotosintez – o’simliklar nafas olishiga sarf qilganini hisobga olgan holda, kuzatilgan sintezlash vaqtida hosil qilingan organik modda miqdori xisoblanadi. Agar nafas olish komponentini e‘tiborga olmasak, unda asl fotosintezning uzi qoladi.
Mahsuldorlik umumiy va davriyga (yillik o’sish) bo’linadi. Agar 1 ga karagay urmoni 200 m3 yog’och massasini hosil qilsa, bu uning umumiy mahsuldorligi deyiladi. Lekin bir yilda bunday o’rmon 1,7-2,5 m3 yog’och hosil qiladi. Bu miqdor davriy mahsuldorlikni tavsiflaydi (Rodionov, Stadnitsskiy 1988 y).
Do'stlaringiz bilan baham: |