1.Moddiy dunyoda qanday munosabatlar - qonuniyatlar deb yuritiladi?
2.Ob‘ektivlik va barqarorlik qonuniyati deganda nimani tushunasiz?
3.Qaysi qonuniyatlarni qonun deb atash mumkin?
4.Qonunlar obekti deganda nimani tushunasiz?
5.Bioekosning asosiy qonunini va uning matematik ifodasini tushuntiring?
6.Kommoner qonunlari hakida nimalarni bilasiz?
7.Ichki dinamik tenglik qonunining mohiyati nimada?
8.Tabiiy zanjir reaktsiyasi nima va uning sabablarini tushuntiring?
9.Evolyutsiyaning y¢nalish qonunini ifodalang?
10.Evolyutsiyaning orqaga qaytmaslik qonunining ma‘nosini tushuntiring?
11.B.Kommonerning ikkinchi qonunini tushuntirib bering?
12.Nima uchun tabiat «yaxshi» bo’ladi?
13.O’zgarmaslik qonuni deganda nimani tushunasiz?
14.Xilma-xillikning qanaqa qonunlarini bilasiz?
15.Tirik organizmlarning fizik-kimyoviy birlik qonunining ahamiyatini tushuntiring?
16.Ekologik printsip va qoidalar qonundan nimasi bilan farq qiladi?
3-ma‘ruza. Mavzu: EKOLOGIK OMILLAR
3.1 Ekologik omillarning umumiy ta‘rifi 3.2 Ekologik omillarning tasnifi 3.3 Abiotik omillar 3.4 Biotik omillar 3.5 Ekologik chidamlilik va valentlik 3.6 Ekologik omillarning mintaqaviyligi 3.7 Stenobiontli va evribiontli organizmlar 3.8 Cheklangan omillar 3.9 Minimum qonuniyatlari 3.10 Tolerantlik qonuni 3.11 Ekologik omillarning o’zaro ta‘siri 3.12 Ekologik omillar va ekologik jarayonlar
3.1 Ekologik omillarning umumiy ta‘rifi. Omillar atamasi bilan muhit, atrofdagi organizm yoki ularning jamoasini sharoit va elementlarining vaqt va makonda dinamik xilma-xilligi tavsiflanadi. Omil-jarayon yoki uning sharoitini, jarayoniga ta‘sir etuvchi harakat kuchini yoki qandaydir jarayon hodisaning mavjudlik shart-sharoitini ifodalaydi.
Ekologik omil – muhitning har qayday elementi (yoki sharoiti) bo’lib, tirik organizmlarning hech bo’lmaganda bir rivojlanish fazasiga bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko’rsatish qobiliyatiga ega. Ekologik omilga nisbatan tirik organizmlar moslashishiga harakat qiladi.
3.2 Ekologik omillarning tasnifi. Ekologik omillar odatda ikki turkumga bo’linadi: jonsiz (abiotik) tabiat omillari, jonli (biotik) tabiat omillari. Muhitning ekologik omillarini batafsil tasniflash I.N.Ponomaryova (1978) tomonidan taklif etilgan. Bu taklif 3.1 jadvalda keltirilgan.
Ba‘zi mualliflar antropogen omillarni alohida turkumga ajratishadi (ularning muhimligi va o’ziga xosligidan kelib chiqib). 3.1 –jadvalda keltirilgan tasniflash biogeotsenozni ekotop va biogeotsenozga hamda uning komponentlarini tuzuvchilarga bo’lishga to’liq mos keladi.