O‘zbyekiston ryespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 1,98 Mb.
bet62/160
Sana03.08.2021
Hajmi1,98 Mb.
#136942
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160
Bog'liq
Kelishildi

Jismoniy zuriqishsiz sinimalar.

Nafas olish yoki chiqarishda nafasni ushlab turish. Rozental, Romberg, ortoklinostatik sinimalar. Tarkibida turli xil miqdorda O2, SO3 bulgan xavo bilan nafas olish sinimalari. Ovqat qo‘shimchalari va farmokologik preparatlar bilan sinimalar. Yurak bo‘lmachalarini elektostimulyasiyasi.

Vrach nazoratida sistemalarning funksional holatini baholovchi sinamalardan keng foydalaniladi. Sportchining bo‘lajak musobaqalarga organizmining tayyorgarligini ob'ektiv baholashga vrach nazoratining kompleks analiz ma'lumotlari, apparatlar yordamida o‘tkazilgan tekshirish usullarining va o‘tkazilgan funksional sinamalarning natijalari imkon beradi. Sportchi organizmining umumiy va maxsus moslashuv imkoniyatlarini funksional sinamalar yordamida aniqlash mumkin. Ularni laboratoriya sharoitida, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri sport zallarida va stadionda mashg‘ulot vaqtida o‘tkazish mumkin. Olingan natijalarga asoslanib, organizmning umumiy holatini, uning shu vaqtga moslashuv imkoniyatlarini aniqlash mumkin. Sinamalar yordamida organizmning funksional rezerv imkoniyatlarini va umumiy jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash imkoniyatini beradi.

Yurak-qon tomir sistemasining funksional holatini baholashda bir bosqichli, ya'ni yuklamalar bir marta qo‘llaniladi (20 marta o‘tirib-turish yoki 2 minutlik yugurish), ikki bosqichli,bunda ikki bir xil yoki har xil yuklamalar tanaffus bilan bajariladi va kombinatsiyalashgan sinamalar, bunda ikkitadan ortiq har xil yuklamalardan foydalaniladi (Letunov sinamasi).

Letunov sinamasi sportchi organizmining tezkor ish bajarishga va chidamlilikka moslashuvini baholash uchun qo‘llaniladi. Sinamani bajarishda quyidagi 3 ta bosqich ketma-ketlikda qo‘llaniladi :

1. 30 sekund davomida 20 marta o‘tirib-turish.

2. 3 minutdan so‘ng turgan joyida 15 sekund davomida maksimal tempda yugurish.

3. 4 minutdan so‘ng 3 minut davomida turgan joyida 180 qadam/min tezligida yugurish.

Har bir yuklamadan keyin qon bosimi va yurak qisqarish soni yuklamalar oralig‘idagi dam olish vaqtida (3minut, 4 minut va 5 minut) belgilab boriladi.

Martine sinamasi – 30 sekund davomida 20 marta to‘liq o‘tirib-turish. Sinamagacha tekshiriluvchining pulsi har 10 sekunda stabillashguncha o‘lchanadi (bir xil son 3 marta ketma-ket qaytarilguncha), so‘ngra qon bosimi o‘lchanadi. Keyin manjetani yechmasdan, tekshiriluvchi 30 sekund davomida 20 marta to‘liq-o‘tirib turadi. O‘tirish vaqtida qo‘llarini oldinga ko‘taradi. Bajarilib bo‘linganidan so‘ng, tekshiriluvchi joyiga tezlik bilan o‘tiradi tiklanish davrining 1 minutining 1-10 sekundida puls, keyingi 40 sekund davomida qon bosim o‘lchanadi. 1-minutning 50-sekundidan boshlab har 10 sekund davomida puls o‘lchab boriladi, toki tiklanib stabillashguncha. Shundan so‘ng qon bosim o‘lchanadi. Ko‘rsatkichlar maxsus jadvalga yoziladi va o‘rganilib, xulosa qilinadi. Bu sinama yordamida yurak-qon tomir sistemasi tomonidan berilayotgan jismoniy yuklamaga quyidagi 5 xil javob reaksiya tiplari aniqlanadi : 1. Normatonik 2. Gipotonik 3. Gipertonik 4. Distonik 5. Maksimal qon bosimining pog‘anasimon ko‘tarilishi

Javob reaksiya tiplarini aniqlashda puls, maksimal va minimal qon bosimi, puls bosimlarining o‘zgarishlari va tiklanish vaqti hisobga olinadi.

Normatonik tip reaksiyasida puls soni ortadi, maksimal qon bosim ortadi, minimal qon bosim o‘zgarmaydi yoki pasayadi, puls bosimi ortadi, tiklanish vaqti 2,5 – 3 minut.

Gipotonik tip reaksiyasida puls keskin ortadi, maksimal qon bosim qisman ortadi yoki o‘zgarmaydi, ba'zi vaqtlarda hattoki pasayadi, tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p.

Gipertonik tip reaksiyasida puls keskin ortadi, maksimal va minimal qon bosim ortadi, puls bosimi ortadi, tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p.

Distonik tip reaksiyasi uchun xarakterli holat minimal qon bosim “0” gacha tushadi (cheksiz tovush fenomeni), maksimal qon bosim ortadi, tiklanish vaqti 5 minutgacha va undan ko‘p. Lekin bu javob reaksiya tipi o‘spirinlarda, o‘rta yoshdagi odamlarda ham uchrab, 2 minut davomida tiklanishi mumkin. Bu holatda javob reaksiyasi fiziologik distonik deb ataladi.

Maksimal qon bosimning pog‘anasimon ko‘tarilishi tipiga maksimal qon bosimning yuklama bajargandan so‘ng pog‘anasimon ko‘tarilishi (tiklanish vaqtining 2-,3- minutlarida 1-minutga nisbatan yuqori bo‘ladi) xarakterli bo‘lib, tiklanish vaqti 5 minutgacha va undan ko‘p.

Nafas sistemasining funksional holatini baholovchi funksional sinamalar : 1. Shtange 2. Gench 3. Serkin 4. Rozental

Shtange sinamasida tekshiriluvchi nafas olib ushlab turadi va ushlash vaqti belgilanadi. Normada 40 - 50 sekund.

Gench sinamasida nafas chiqarilib, ushlab turiladi va ushlash vaqti belgilanadi. Normada 20 – 30 sekund.

Rozental sinamasida o‘pkaning tiriklik sig‘imi 5 marta ketma – ket 15 sekundli pauza bilan o‘lchanadi. Normada ko‘rsatkich oshib boradi yoki o‘zgarmaydi.

Serkin sinamasi ko‘p bosqichli sinama bo‘lib hisoblanadi. Birinchi bosqichida tekshiriluvchi o‘tirgan holatda nafas olib ushlab turadi va ushlash vaqti belgilanadi. Ikkinchi bosqichida 30 sekund davomida 20 marta o‘tirib turganidan so‘ng nafas olib ushlab turadi va ushlash vaqti belgilanadi. Uchinchi bosqichida 1 minutdan so‘ng 1-bosqich qaytariladi.

Vegetativ nerv sistemasining funksional holatini baholovchi funksional sinamalar : 1. Ortostatik 2. Klinoortostatik

Ortostatik sinamada tekshiriluvchi 5 minut davomida yotadi, so‘ngra 15 sekund davomida uning pulsi keyin arterial bosimi o‘lchanadi. So‘ngra tekshiriluvchi o‘rnidan asta-sekin turadi, turishi bilan darhol va 1 minutdan so‘ng uning pulsi va arterial qon bosimi o‘lchanadi. Puls dastlabki ko‘rsatkichga nisbatan 18 – 27%ga oshadi, arterial qon bosimi qisman o‘zgaradi (maksimal 10 mm sim. ust va minimal 5 mm sim uts oshishi mumkin).

Klinoortostatik sinamada tekshiriluvchi turgan holatdan yotgan holatga o‘tadi. Bunda yurakning qisqarish soni 6 tagacha kamayishi mumkin.



Xulosa

Ma'ruzada jismoniy mashqlar ta'sirda organizm sistemalarida bo‘ladigan o‘zgarishlar va ularning ahamiyati tushuntirildi. Yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv sistemalarining funksional holatini baholash uchun qo‘llaniladigan funksional sinamalar va ularni qo‘llash haqida gapirildi.Jismoniy yuklamalar ta'sirida yurakning strukturasida va funksional holatida o‘zgarishlar kuzatiladi. Yurakning struktura tuzilishida birinchi navbatda dilyatatsiya kuzatiladi, yurakning qorincha va bo‘limmachalari kengayadi. Dilyatatsiyaning qanday paydo bo‘lishi oxirigacha o‘rganilmagan, lekin muntazam ravishda trenirovka qilish uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Dilyatatsiyaga uchragan yurak sport yuragining asosiy xususiyatini ta'minlab beradi, ya'ni yuqori ishlab chiqarish yoki ko‘p hajmda qonni xaydash. Dastlab yurak qisqarganda, chap qorinchadan hamma qon chiqadi degan fikrlar aytilardi, lekin keyingi olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, sistolada chiqadigan qon hajmi qorinchadagi hamma qon bo‘lmay, balki ma'lum miqdorda qon qoladi. Bu qon rezerv qon miqdori deb ataladi. Ish bajarish vaqtida sistolik qon hajmining ortishini rezerv qon hajmi ta'minlab beradi. Bu esa ish bajarish vaqtida yurakning yuqori ishlab chiqarish xususiyatini ko‘rsatadi. Tekshirish va izlanishlar shuni ko‘rsatdaki, tinch holatda sport bilan shug‘ullanuvchilarda dilyatatsiyaga uchragan yurakdan chiqayotgan sistolik qon hajmi dilyatatsiyaga uchramagan yurakdan chiqayotgan sistolik qon hajmidan deyarli farqlanmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, dilyatatsiyaga uchragan yurakda rezerv qon bo‘ladi va uning miqdori yurakning qanchalik dilyatatsiyaga uchraganiga bog‘liqdir. Chidamlilikni talab qiluvchi sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarning yuragi dilyatatsiyaga ko‘proq uchraydi. Shug‘ullanmaydigan 20 – 30 yoshlilarda yurakning hajmi o‘rta hisobda erkaklarda 760 sm3 va ayollarda 580sm3 ni tashkil etadi. yurak hajmining qanchalik o‘zgarishi sport faoliyatiga bog‘liq. Chidamlilikni talab qiluvchi sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarda yurak hajmi ko‘proq oshadi (chang‘ichilar, velosipedchilar, o‘rta va uzoq masofaga yuguruvchilar va h.z.). Ularga nisbatan chidamlilikka ma'lum miqdorda e'tibor beriladigan sport turlarida, ya'ni ularda chidamlilik dominant rolini o‘ynamaydigan sport turlarida kamroq dilyatatsiyaga uchraydi (kurashchilar, sport o‘yinlari va h.z.). Asosan tezlikni va kuchni talab qiluvchi sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarning (og‘ir atletika, qisqa masofaga yuguruvchilar, gimnastlar va h.z.) yuragi shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan kam miqdorda hajmi kengayadi. Shunday qilib, yurak dilyatatsiyasi hamma sportchilar uchun bir bo‘lmasdan, balki chidamlilik bilan bog‘liq bo‘lgan sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarga xarakterlidir. Agar tezlik va kuchni talab etuvchi sport turlari bilan shug‘ullanuvchilar yuragida dilyatatsiya aniqlansa, uning sababini albatta aniqlash zarur. Yurak hajmining xaddan tashqari ortishi (1200 sm3 dan yuqori), hattoki chidamlilik bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda ham fiziologik dilyatatsiya patologik shakliga o‘tishi mumkin. Mumkin bo‘lgan yurak hajmi kattaligini aniqlash uchun yurak hajmi va kislorodni maksimal ist'emol qilinish ko‘rsatkichlarini bir-biriga taqqoslash kerak. Agar shug‘ullanish vaqtida yurak hajmining kattalashishi kislorodni maksimal ist'emol qilishning ortishi bilan borsa, dilyatatsiya moslashish-fiziologik xarakterga ega bo‘ladi, agarda kislorodni maksimal ist'emol qilish ko‘tarilmasa, hattoki pasaysa yurak dilyatatsiyasi xaddan tashqari deb hisoblanadi.

Shuningdek jismoniy mashqlar ta'sirida yurakning miokardida fiziologik gipertrofiya kuzatiladi. Miokard gipertrofiyasi organning ish bajarish qobiliyatini oshiruvchi asosiy mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Gipertrofiya jarayoni sportchilarda yaqqol namayon bo‘ladi. Masalan : tinch holatda yurakning chap qorinchasidan 50 - 70 ml qon haydaladi, unga o‘rta hisobda 0,26 -0,27 sekund vaqt ketadi. Jismoniy ish bajarish vaqtida sistolik hajm 150-200 mlgacha ortishi mumkin, tinch holatdagi hajmiga nisbatan. Shu bilan bir qatorda qon haydashga ketadigan vaqt esa 0,1- 0,12 sekundgacha kamayadi. Shunday qilib, misoldan ko‘rinib turibdiki, yurak qisqa vaqt ichida deyarli 3 marta ko‘p miqdorda qon haydashi kerak. Buning uchun yurak qon oqimi yaxshilash uchun kuch bilan ishlashi zarur, bu esa miokardning gipertrofiyasi orqali amalga oshiriladi. Yurak mushagining qisqaruvchi elementlarining hajmi ortishi bilan gipertrofiya jarayoni amalga oshiriladi. Miokardning ishchi gipertrofiyasi kapillyar qon tomirlarining ortishi bilan xarakterlanadi, ya'ni miokardning qon bilan ta'minlanishi buzilmaydi. Miokard gipertrofiyasining haddan tashqari bo‘lishi organizmda patologik holat rivojlanayotganidan darak beradi.

Sportchi yuragiga xos bo‘lgan funksional xususiyatlaridan biri bu yurakning ekonom-tejamli ishlashidir, ya'ni ularda tinch holatda bradikardiya kuzatiladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, sportchilarning yuragi tinch holatda kun davomida 85000 marta qisqargan, xuddi shu yoshdagi va jinsdagi sog‘lom odamlarda kuniga 110000 marta qisqargan. Misoldan ko‘rinib turibdiki, sportchining yuragi 20-25% ekonom ishlagan. Xattoki sportchi kun davomida mashg‘ulot o‘tganda ham yuragi ekonom ishlab, sog‘lom odamning kunlik yurak qisqarishi soniga yetmaydi. Zaruriy ko‘rsatkichlardan biri bu qonning minutlik hajmidir. Bu ko‘rsatkich sportchilarda ish bajarish vaqtida katta bo‘ladi. Sog‘lom shug‘ullanmaydiganlarda qonning minutlik hajmi 15-20 l/min ga oshsa, sportchilarda 25-40 l/min gacha oshadi (sistolik hajm hisobiga). Sistolik qon hajmini mushakning ishlash kuchiga bog‘liq. Yurak ishi kuchi kam bo‘lsa, sistolik hajm o‘zining individual bo‘lgan maksimal miqdoriga erishmaydi. Agar yurak ishi kuchli bo‘lsa, yurakdagi qoldiq qon to‘liq chiqarilib, sistolik hajm maksimal bo‘ladi. Bu esa chidamlilikni talab qiluvchi sport turi bilan shug‘ullanuvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Yurakning bunday ishlashi tomir sistemsiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Jismoniy yuklama bilan shug‘ullanuvchilarda katta jismoniy yuklama bajarish vaqtida maksimal qon bosim 200 – 250 mm sim. ustunidan oshishi, minimal qon bosimi esa 50 mm sim. ustunigacha tushushi mumkin. Bu tomir sistemasining jismoniy yuklama bajarilishiga tez moslashuvini ta'minlaydi, tinch holatdagi qon tomirlarning funksional holatga o‘tishi to‘qimalarni kislorodga bo‘lgan oshib borayotgan talabini qondiradi.Yurak qon-tomir sistemasidagi bunday o‘zgarishlar nafaqat jismoniy yuklama bajarish vaqtida, balki insonlarning betobligi vaqtida organizmning kislorodga bo‘lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi


Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish