§ 8.4. Jaҳon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish xususiyatlari
Ҳozirgi kunda dunyo mintaqasida ijtimoiy-iqtosodiy va siyosiy taraqqiyot yildan-yilga kuchayib, rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, 60-70 - yillardan sо‘ng rо‘y bergan ilmiy-texnika inqilibi ta’sirida Osiyo mintaqasi о‘z taraqqiyot jabҳasida yetakchi о‘rinlardan biriga kо‘tarildi. YAqin kunlarga qadar uchinchi dunyo mamlakatlari ҳisoblangan Osiyoning kо‘pgina rivojlanayotgan davlatlari endilikda jaҳon bozorlarida turli soҳalar va tarmoqlar bо‘yicha asosiy о‘rinlarni egallashdi. Xо‘sh, bugungi kunda jaҳon mamlakatlar iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoatida aҳvol qanday dyegan savollar tug‘ilishi mumkin.
“Kornif” ning xabar berishicha, 90-yillarga kelib avtomobilsozlik sanoatida jiddiy о‘zgarishlar yuz bergan. Amerika avtomobilsozlik firmalari assoцiaцiyasining byergan ma’lumotiga kо‘ra, 1996 yilda dunyo miqyosida avtomobil ishlab chiqarish quyidagi tartibda rо‘y bergan: Osiyo qit’asida joylashgan mamlakatlar dunyo bо‘yicha 1996 yildagi avtomobillarning 33,3%ni, G‘arbiy YEvropa mamlakatlari 32%ni, SHimoliy Amerika davlatlari 30,3%ni, Lotin Amerikasi mamlakatlari 3,7%ni bergan ҳolda jaҳonning boshqa barcha mamlakatlari esa 1% atrofida avtomobil ishlab chiqarganlar. Agar ishlab chiqarish firmalar ҳisobidan qaraladigan bо‘lsa, dastlabki о‘nlikdan AQSH va YAponiyaning 3 tadan, Franцiyaning 2ta, Germaniya va Italiyaning bittadan firmalari asosiy о‘rinni olganlar. 1996 yildan AQSHning “Jeneral Motors” (6 mln. 865 ming dona) va “FORD” (5 mln. 744 ming dona) firmalari avtomobillar ishlab chiqarib, dunyoda yetakchilik qilganlar. YAponiyaning “Toyota” (4 mln. 487 ming dona) firmasi uchinchi о‘rinni egallagan. SHu yili Germaniyaning “Folksvagen” firmasi (3 mln.dan ortiq), Franцiyaning “PSA” (2.5 mln. dona) va “Reno” (2 mln. dona) avtomobil ishlab chiqargan. YEngil avtomobillar ishlab chiqarishda AQSHning “Jeneral Motors” kompaniyasi yetakchilik qilgan (5 mln.ga yaqin ishlab chiqargan).
“Magrau-Xill” kompaniyasining tayyorlangan ma’lumotiga kо‘ra, 1996 yilda dunyo miqyosida sotilgan avtomobillar soni 31,3 mln. donani, 1997 yilda esa 35,3 mln. donani tashkil etgan. Tadqiqotchilarni fikricha 90-yillarning oxirlariga borib dunyo bо‘yicha mashina sotish darajasi 3-5%ga о‘sishi kuzatilib, Buyuk Britaniya, Franцiya va Ispaniyada esa mashina savdosini kuchayishi bashorat qilingan.
Ma’lumki, 1996 yilda G‘arbiy YEvropada yangi modeldagi mashinalar ishlab chiqarish keskin kamaygan (11.4 mln. dona ishlab chiqarilgan). Bu esa iqtisodchilar tomonidan ikkinchi jaҳon urushidan keyingi yillardagi keskin kamayish deb ҳisoblanadi. CHunki 1996 yilda G‘arbiy YEvropaning 6 ta avtomobilsozlik firmalaridan tо‘rttasi (“Folksvagen”, “PSA”, “Fiat”, “Ford of YEvropa”) foyda о‘rniga zarar kо‘rishgan, faqat “Reno” va “Jeneral Motors of YEvropa” firmalari nisbatan foyda bilan chiqishgan. 1997 yilning dastlabki olti oyida G‘arbiy YEvropada sotilgan avtomobillar soni, 3.5 mln. donani tashkil etgan. Demak, oldingi 1996 yilga nisbatan mashina savdosi ancha rivojlanib borganligini kо‘rish mumkin.
90-yillarning oxirlariga borib G‘arbiy YEvropa avtomobillariga talab nisbatan kamayishi kuzatilgan (ya’ni 85%dan 79% ga). Buning asosiy sababi Osiyo materigidagi YApon mashinalari G‘arbiy YEvropa mashinalarini jaҳon bozorlaridan siqib chiqarayotganligi bilan izoҳlanadi. YApon mashinalarining G‘arbiy YEvropa bozorlariga kо‘plab (11%dan 15%ga) kirib kelishi kuzatilgan. YEvropa Ittifoqi mamlakatlariga importdagi barcha cheklashlar olib tashlandi. YAponiyaning “Toyota”, “Nissan”, “Xonda” kompaniyalarining Buyuk Britaniyada joylashgan sanoat korxonalarida 2000 yildan boshlab yiliga 1 mln. dona avtomobil ishlab chiqarila boshlandi. 1997 yilda SHveцiyaning “Volьvo” kompaniyasi bilan YAponiyaning “Miцubisi Motors” kompaniyasi ҳamkorlikda tuzgan qо‘shma korxonasi 200 ming dona mashina ishlab chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |