О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi


-bob. Xalqaro ishchi kuchi migraцiyasi



Download 2,2 Mb.
bet40/126
Sana14.02.2023
Hajmi2,2 Mb.
#910930
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126
Bog'liq
Jahon iqt

4-bob. Xalqaro ishchi kuchi migraцiyasi


§ 4.1. Jahon xо‘jaligida inson ryesurslari. Bandlik va ishsizlik
Jahon iqtisodiyotida dyemografiya – aholi sonining harakati va myehnat ryesurslari bilan shug‘ullanuvchi fan bо‘lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, biologik va gyeografik omillar asosida aholi tarkibini, dinamikasini, shuningdyek, joylashuvi va kо‘chishining umumiy qonuniyatlarini о‘rganadi. SHular asosida turli mamlakat va mintaqalarda aholi sonining о‘zgarishlari, istiqbol davri uchun taxminlar ishlab chiqiladi. Dyemografik statistikada tug‘ilish koeffiцiyenti (har 1000 kishiga tug‘ilganlar soni), о‘lim koeffiцiyenti (har 1000 kishiga о‘lganlar soni), nikoh koeffiцiyenti, tabiiy о‘sish koeffiцiyenti, ya’ni tug‘ilish va о‘lim koeffiцiyenti о‘rtasidagi farqlar kabi kо‘rsatkichlardan kyeng foydalaniladi.
Tug‘ilish va о‘lim natijasida aholining uzluksiz yangilanish jarayoni davom etadi va u aholini takror ishlab chiqarish dyeb nomlanadi. Bu jarayon esa ikki tushuncha bilan, ya’ni aholining tabiiy qо‘shimcha о‘sishi va avlodlar almashuvi bilan bog‘liqdir. U yoki bu aholi dinamikasini о‘rganishning eng oddiy usuli - bu uning yillik qо‘shimcha о‘sishini aniqlashdan iborat. Yillik qо‘shimcha о‘sish koeffiцiyenti - bu mazkur yil davomida (ya’ni ikki kyetma-kyet 1 yanvarь orasida) aholining о‘rtacha arifmyetik qо‘shimcha о‘sishidir.
Yillik qо‘shimcha о‘sish koeffiцiyenti


Rk = Rk x Rm

Bu yerda Rk - yil davomida qо‘shimcha о‘sish; Rm - aholining о‘rtacha yillik soni.


Avlodlar almashinuvi qanchalik ta’minlanganligini bilish uchun ayrim olingan avlodni tug‘ilgan vaqtidan boshlab to nasl yaratishgacha bо‘lgan davrini kuzatish zarur bо‘ladi. Agar ma’lum bir avlodning 1000 kishisi 1000ta farzandni dunyoga kyeltirgan bо‘lsa, dyemak avlod almashinuvi tо‘la ta’minlangan bо‘ladi.
Aholi dinamikasini tahlili shuni kо‘rsatmoqdaki, kо‘pgina YEvropa mamlakatlarida va shuningdyek SHimoliy Amyerika davlatlarida XIX va XX asrlarda aholi о‘rtasida о‘lim darajasi kamayganligini kо‘rishimiz mumkin. Dunyoning boshqa mamlakatlarida esa о‘limning kamayishi asosan Ikkinchi jahon urushidan kyeyingi yillarda kolonial impyeriyalarni tugatilishidan kyeyin boshlandi. О‘limning kamayishi quyidagi sabablarga asoslanadi:

  • aholi turmush darajasining о‘sishi;

  • myediцina xizmatining yaxshilanishi;

  • yuqumli va boshqa kasalliklar oldini oluvchi chora-tadbirlarning о‘tkazilishi va h.k. lar.

SHunday qilib, aholi о‘rtasida о‘limning kamayishi aholining kyeskin о‘sish jarayonini kyeltirib chiqargan omillardan biri bо‘ldi. 2000 yilga kyelib YEr shari aholisi soni 6 mlrd.kishiga yetib, 2030 yillarga borib esa 10 mlrd. kishiga yetishi kutilmoqda. Aholi о‘zgarishini о‘rganish dinamikasining tahlili asosida kо‘rsatilgan dyemografik koeffiцiyentlar natijasida quyidagi о‘ziga xos bosqichlar yoki populyaцion цikllarni ajratish mumkin:
1.Dastlabki populyaцion xaraktyerdagi цiklga quyidagilar xos:

  • yuqori darajada tug‘ilish;

  • yuqori о‘lim va buning natijasida aholi о‘sishining syekin borishi;

Bunday xususiyatlar kam rivojlanib borayotgan mamlakatlarga, jumladan, Afrikaning bir qator tropik davlatlari (Gabon,Nigyeriya) va ba’zi bir Janubiy-SHarkiy Osiyo (kamrok darajada) mamlakatlariga xosdir.

2. Ikkinchi populyaцion xaraktyerdagi цiklga quyidagilar xos:



  • yuqori darajada tug‘ilish;

  • о‘limning pasayishi va natijada aholining kyeskin о‘sishi;

Bunday xususiyatlar Afrika va YAqin SHarq mamlakatlariga, SHarqiy Osiyoning kо‘pgina davlatlariga, nisbatan rivojlangan ba’zi bir Lotin Amyerikasi davlatlariga (Paragvay va Argyentina) xosdir.

3.Uchinchi о‘ziga xos populyaцion цiklga quyidagilar xos:



  • Tug‘ilishning pasayishi;

  • о‘limning qisqarishi;

Bunday populyaцion xaraktyerda tug‘ilish о‘limga nisbatan (uncha katta bо‘lmagan holda) yuqoriroq bо‘lishi saqlansada, aholining о‘sish darajasi doimo pasayib borishi kuzatiladi.( Masalan, Zamonaviy AQSH).
4.Tо‘rtinchi populyaцion xaraktyerdagi цiklga quyidagilar xos:

  • Tug‘ilishning pastligi;

  • о‘limning kamligi va natijada nisbatan barqarorlashuv yoki aholi о‘sish dinamikasining minimal rivojlanishi. Bularga kо‘plab YEvropa davlatlarini kо‘rsatsa bо‘ladi.

SHu bilan bir qatorda ba’zan dyemografiyada о‘ziga xos kо‘rinishga ega bо‘lgan populyaцion xaraktyerdagi цikllar ham namoyon bо‘lmoqda. YA’ni о‘lim tug‘ilishga nisbatan oshib borishi bilan aholining tabiiy xaraktyerda minus byelgisiga ega bо‘lgan koeffiцiyent paydo bо‘ladi (dyepopulyaцiya, ya’ni mamlakatlarda aholining tabiiy qisqarishi yuz byeradi). Bunday tyendyenцiya hozirgi kunda Rossiyada aniq kо‘rinmoqda.


YEr shari aholisining о‘sish darajasi borgan sari davom etib, XXI asrning oxirgi yillariga kyelib taxminan 10,5 mlrd. kishiga yetishi va barqarorlashuvi kutilmoqda. Xullas, dunyo aholisining о‘sish darajasi pasayib borayotgan bо‘lsada, absolyut miqdorda uning о‘rtacha yillik о‘sishi 80 mln. kishidan ortiqroqni tashkil etmoqda (Buni biz asosan Osiyo, Afrika va Lotin Amyerikasidagi ba’zi mamlakatlar misolida kо‘rishimiz mumkin).
Ma’lumki, xalqaro statistikada “iqtisodiy faol aholi” va “iqtisodiy faol bо‘lmagan aholi” katyegoriyalari kyeng qо‘llaniladi. Xalqaro myehnat tashkiloti tavsiyanomasiga binoan iqtisodiy faol aholiga tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda qatnashuvchi barcha kishilar kiradi. Bular qatoriga yollanma myehnat kishilari - ishchilar va xizmatchilar, mustaqil ishchilar, oilaning hak tо‘lanmaydigan a’zolari, mavsumiy va tasodifiy ishchilar, ob’yektiv sabablarga kо‘ra (kasallik, ta’til) vaqtincha ishlamayotgan kishilar, tо‘liqsiz ish vaqti ryejimida ishlab о‘qishni davom ettirayotgan о‘quvchilar, stipyendiya yoki ish haqi olib ishlab chiqarishda kasb о‘rganayotgan shogirdlar kiradi.
Hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida iqtisodiy faol aholi - ishchi kuchi dyeb yuritiladi. Iqtisodiy faol aholining myehnat statusi miqdoriy jihatdan ma’lum muddat (1 yil) ichida ishlagan hafta yoki kunlari soni bilan aniqlanadi. SHunga kо‘ra iqtisodiy faol aholi - bandlar, ishsizlar va qisman bandlarga bо‘linadi.
Iqtisodiy faol bо‘lmagan aholiga yoshidan qat’iy nazar iqtisodiy faol aholi katyegoriyasiga kirmaydigan kishilar taaluqlidir. Bunday aholi tarkibiga kunduzgi bо‘lim talabalari, uy byekalari, qarilik va nogironlik bо‘yicha nafaqaxо‘rlar, ijtimoiy tashkilotlar va xususiy shaxslardan moddiy yordam oluvchi kishilar va boshqalar kiradi. Iqtisodiy faol bо‘lmagan aholiga shuningdyek bir qancha alohida funkцional guruhlar kiradi. Xaq tо‘lanmaydigan ijtimoiy ish bilan mashg‘ul kishilar, ixtiyoriy tyekin xizmatlar kо‘rsatuvchi kishilar, sub’yektiv va ob’yektiv sabablarga kо‘ra ish qidirmayotgan myehnatga yaroqli yoshdagi kishilar ham kiradi.
Myehnatga yaroqli aholining ijtimoiy mahsulot yaratishdagi faoliyati bandlik dyeyiladi. Bundan tashqari ishlab chiqarishda band bо‘lmagan aholi tushunchasi ham mavjud bо‘lib, ularga ishsizlar va majburiy band bо‘lmagan kishilar kiradi.
XX asrning 70-yillarida sanoati rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy faol aholining asosiy qismi (30-45 %) sanoat va qurilishlarda band bо‘lgan edi. Ammo kyeyinchalik bu munosabat nisbatan о‘zgarib borishi bilan bog‘liq holda bu tarmoqlarda aholi sonining avval nisbiy, kyeyinchalik absolyut bandligi kyeskin kamayib borayotganligi kо‘zga tashlanmoqda. SHu bilan bir qatorda aholining iqtisodiy faolligini pasayishi qishloq xо‘jaligida ham kuzatilmoqda.
Xalqaro Myehnat tashkilotining ta’rifiga kо‘ra ishsizlar dyeb - oxirgi 4 hafta ichida ish qidirayotgan va ishga ega bо‘lmagan yoki ishga joylashib xali ishga kirishmagan kishilarga aytiladi. Bu katyegoriya turli mamlakatlarda turlicha talqin etiladi. Turli mamlakatlarda ishsizlar sonini aniqlashda ikki xil yondashuv mavjud. Birinchisi - 1 haftalik tyekshirishda ishsizlar statusiga javob byeruvchi kishilar sonini aniqlaydi, bu usul AQSH, YAponiyada ishlatiladi. Buyuk Britaniyada bu usul qimmat hisoblanib, ishsizlar soni davlat bandlik xizmatlariga ishsizlik nafaqasini olishga topshirilgan talabnomalar asosida hisoblanadi.
Ishsizlarning asosiy qismini ish stajiga ega ishdan bо‘shatilgan kishilar tashkil qiladi. Bu katyegoriyaga iqtisodiyotda va ishlab chiqarishda tarkibiy о‘zgarishlar natijasida korxonalarning byekilishi, yangi mahsulot ishlab chiqarishga о‘tishi, ishlab chiqarishning modyernizaцiyalashuvi natijasida ishini yо‘qotgan ishchilar kiradi. Bola tarbiyasi bilan mashg‘ul ayollar, о‘qishni tugatib ish qidirayotgan yoshlar ishsizlar safiga kiritilmaydi.
Zamonaviy sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun xaraktyerli tyendyenцiyalardan biri ishsizlikning о‘sib borishidir, 2004 yilda ular iqtisodiy faol aholining 8-10% ni tashkil etgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ishsizlar sonini aniqlash hozirgi kunda eng qiyin muammolardan biri bо‘lib turibdi. Xalqaro Myehnat tashkilotining byergan ma’lumotiga kо‘ra, 2003 yilda sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ishsizlarning umumiy soni 600 mln.kishidan ortib, bu YEr shari aholisining 10dan bir qismini tashkil qilgan.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish