О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi


§ 8.3. Rivojlangan mamlakatlarning intyegraцion birlashmalari



Download 2,2 Mb.
bet70/126
Sana14.02.2023
Hajmi2,2 Mb.
#910930
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126
Bog'liq
Jahon iqt

§ 8.3. Rivojlangan mamlakatlarning intyegraцion birlashmalari
Iqtisodiy ҳamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IҲTT). Ikkinchi jaҳon urushidan keyin jaҳon mamlakatlari iqtisodiyoti va shuningdek xalqaro iqtisodiy munosabatlarni keskin rivojlanib borishi bilan bog‘liq ҳolda bir qator birlashgan umumiqtisodiy tashkilotlar tashkil topdi. Ana shunday tashkilotlardan biri Iqtisodiy ҳamkorlik va taraqqiyot tashkilotidir. Bu tashkilot dunyoda eng yirik umumiqtisodiy tashkilotlardan biridir. Uning tarkibida jaҳonning 24 ta davlati, ya’ni, barcha rivojlangan kapitalistik (Janubiy Afrika Respublikasi va Isroildan tashqari) davlatlari birlashgan. Iqtisodiy ҳamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (a’zolari - AQSH, YAponiya, Kanada, Avstraliya, YAngi Zelandiya, Islandiya, Norvegiya, SHveyцariya, Turkiya davlatlari, shuningdek YEI mamlakatlariga kiruvchi 25 mamlakat) 1961 yilda yagona iqtisodiy siyosatni nazorat qilish maqsadida tuzilgan bо‘lib, quyidagi maummolarni ҳal etib kelmoqda.
1. Jaҳon mamlakatlari iqtisodiyotining aҳvoli va kelajakda ularning rivojlantirish yо‘llari;
2. Jaҳon mamlakatlari о‘rtasida rо‘y berayotgan xalqaro savdoni erkin qо‘yish va tartibga solish;
3. Valyuta-kredit tizimini barqarorlashtirish;
4. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning rivojlangan davlatlar va shuningdek bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanib borayotgan yangi mustaqil davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlarni olib borishi va ҳ.k.lar.
Rivojlangan “katta yettilik” davlatlarining vakillari Iqtisodiy ҳamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Ijroiya qо‘mitasining doimiy a’zolari bо‘lib ҳisoblanadi.
80-yillardan sо‘ng jaҳon xо‘jaligi va XIMda paydo bо‘lgan kuchli xalqaro uyushmalardan biri Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy ҳamkorlik tashkiloti (1989 y.) va 1994 yilda tashkil topgan SHimoliy Amerika mamlakatlari iqtisodiy ҳamkorlik tashkiloti (NAFTA) ҳisoblanadi.
Osiyo-Tinch Okyeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy ҳamkorlik tashkiloti shu ҳududdagi 20 dan ortiq mamlakatni (YAponiya, Filippin, Tailand, Bruney, YAngi Zellandiya, Gonkong, Xitoy, Avstraliya) birlashtirgan bо‘lib, bu davlatlar ҳissasiga jaҳon mamlakatlarining yalpi milliy maҳsulotini 23-24% i, jaҳon savdosining 40-42% i va dunyo aҳolisini 40-41% i tо‘g‘ri keladi. Bu ҳamkorlik tashkilotiga a’zo bо‘lgan davlatlar 1991 yilda Osiyo zonasida erkin savdoni rivojlantirish va savdo soҳasidagi samaradorlikni yanada kо‘tarish maqsadida 15 yilga (2005-yilga qadar) savdo chyegaralarini va chyegara bojlarini bekor qilish tо‘g‘risida qaror qabul qilishgan. ҳozirgi kunda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari jaҳonning kо‘plab mintaqalarida moliyaviy ishlarni rivojlantirish, vositachilik, axborotlashtirish va shuningdek transport xizmatlarini kengaytirish ishlariga о‘z ҳissalarini qо‘shib kelmoqdalar. Xullas, ҳozirgi kunda Osiyo-Tinch okeani mantaqasi davlatlarining iqtisodiy ҳamkorlik tashkiloti nafaqat Osiyo mintaqasi, balki jaҳon mamlakatlari ichida ҳam yetakchilik roliga da’vogarlik qilib turibdi.
Jaҳon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida SHimoliy Amerikaning uch yirik davlatini 1994 yilning 1 yanvarida birlashishi (NAFTA davlatlari) muҳim aҳamiyatga egadir. Bu mamlakatlar (AQSH, Kanada, Meksika) ҳissasiga jaҳon mamlakatlarining yalpi maҳsulotining 31-32% i, dunyo aҳolisining 7-8% i tо‘g‘ri keladi (NAFTA davlatlari ҳududida 370 mln.dan ortiq aҳoli yashaydi). Bu davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan yillik tovar va xizmatlar ҳajmi 7 trln. AQSH dollarini tashkil qiladi. NAFTA davlatlari ulushiga jaҳon savdosi umumiy ҳajmining 19-20% i tо‘g‘ri keladi.
NAFTA davlatlari tomonidan imzolangan shartnomaning asosiy ҳuquqiy ҳolatlari quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
1. AQSH, Kanada va Meksika davlatlari о‘rtasida savdo tovarlarga nisbatan bojlarni bekor qilish;
2. SHimoliy Amerika bozorlarini Meksika orqali kirib kelayotgan tovarlarga nisbatan bojlarni tо‘lamaslikka ҳarakat qiluvchi Osiyo va YEvropa kompaniyalarining ekspansiyasidan ҳimoya qilish;
3. Meksikaning bank va sug‘о‘rta kompaniyalari ichida AQSH va Kanada kompaniyalarini kapital qо‘yilmalariga nisbatan bо‘lib turadigan turli tazyiq va ta’qiqlarni olib tashlash;
4. Ekologik atrof-muҳitni ҳimoyalash bilan, bog‘liq bо‘lgan muammolarni ҳal etish va ҳ.k.lar.
NAFTA davlatlari tomonidan imzolangan ushbu shartnomaga muvofiq 5 yil mobaynida (2005 yilga qadar), AQSH Meksikadan import qilinadigan maҳsulotlar tо‘rining 2/3 qismi uchun bojxona tariflarini bekor qilishi kо‘zda tutilgan. Imzolangan kelishuvlardan eng kо‘p foydani savdo bloklarida qatnashuvchi istye’molchilar oladigan bо‘lishdi, chunki raqobatning kuchayishi va tovarlarga nisbatan tariflarning pasaytirilishi natijasida kyeng tovarlar bо‘yicha narxlar pasayadi.
NAFTA davlatlari shartnomasiga muvofiq AQSH sanoatchilari arzon ishchi kuchi oqimini kuchayishi bilan bog‘liq ҳolda kо‘plab foyda kо‘rishni maqsad qilib qо‘ygan edi. Kafolatlangan daromadning о‘sishi bilan bog‘liq ҳolda Amerika iqtisodiyotining - elektronika kompьyuter ta’minoti, qurilish materiallari, avtomobil eҳtiyot qismlarini ishlab chiqarish va boshqa soҳalarni rivojlantirish kо‘zda tutilgan. Ayni paytda, shakar, цitrus mevalari, qishki sabzovot yetishtiruvchi AQSH fermer xо‘jaliklari zarar ҳam kо‘rishi mumkin. Meksika davlati NAFTA yordamida о‘z iqtisodiy о‘sish sur’atlarini kо‘tarmoqchi bо‘lishdi (taxminan yillik YAIMning о‘sish sur’atlari 1,6-2,6% ga). Bunday iqtisodiy rivojlanishlar Meksikani sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga qо‘shilish muddatini 45-50 yildan 10-15 yilga qisqartirishi mumkin edi.
NAFTA dan eng kam foyda kо‘rayotgan davlatlardan biri Kanadadir. CHunki, uning iqtisodiy rivojlanishi AQSH iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘liq bо‘lib, Meksika iqtisodiyoti bilan juda kam aloqadadir. Ammo, NAFTA rivojlanib borishi bilan Kanada integraцion jarayonga yanada kо‘proq tortilib boradi va kyengayotgan bozordan dividendlar oladi. Xullas, NAFTAning dastlabki ish faoliyati davrida eksport ҳajmining oshishi ҳisobiga qо‘shimcha ish о‘rinlarini ҳosil bо‘lishiga bо‘lgan umid oqlanmadi. Bundan tashqari AQSH ning Meksika bilan savdodagi ijobiy salьdosi yо‘qolib, 1995 yilda kamomad paydo bо‘ldi. Umuman olganda NAFTAni tashkil qiluvchilarning rejasiga kо‘ra, tо‘laqonli SHimoliy Amerika bozori 2010 yillarga borib tashkil qilinishi bashorat qilinmoqda.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish