О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi


§ 5.4. Jahon xо‘jaligida transmilliy korporaцiyalarning roli



Download 2,2 Mb.
bet50/126
Sana14.02.2023
Hajmi2,2 Mb.
#910930
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126
Bog'liq
Jahon iqt

§ 5.4. Jahon xо‘jaligida transmilliy korporaцiyalarning roli
BMT ekspyertlarining fikricha transmilliy korporaцiyalar (TMK) “jahon mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy dvigatyellari” dan biri bо‘lib hisoblanadi. 90-yillarning о‘rtalariga kyelib jahon xо‘jaligida 40 mingdan ortiq TMKlar mavjud bо‘lib, ular о‘z davlatlaridan tashqarida faoliyat qо‘rsatib kyelayotgan 250 mingga yaqin shо‘ba korxonalarni ham nazorat qilib turishgan. TMKlarning soni oxirgi yigirma yillar mobaynida 5 barobar kо‘paygan edi (1970 yilda 7 mingta bunday firmalar rо‘yxatga olingan). Hozirgi kunda jahon xо‘jaligida mavjud bо‘lgan 100 ta eng yirik xalqaro kompaniyalarning 40% mulki (shu jumladan moliyaviy mulki ham) boshqa davlatlar hududiga tо‘g‘ri kyeladi.
Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporaцiyalarning asosiy qismi AQSH, YEI davlatlari va YAponiyada joylashgandir. TMK jahon xо‘jaligida ishlab chiqarilayotgan sanoat maxsulotlarining 40% ni xalqaro savdoni esa 50 – 55%i ustidan о‘z nazoratini о‘rnatgan. TMKning korxonalarida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarning yillik miqdori 1 trln. AQSH dollaridan oshiqroqni tashkil etib, ularda 73 mln.dan ortiqroq kishi ishlaydi (ya’ni jahonda ish bilan band aholining 1/10 qismini tashkil etadi).
BMTning savdo va rivojlanish bо‘yicha komissiyasi (YUNKTAD) tomonidan xar yili kompaniyalar akцiyalarining bozorda kapitallashtirilishini baholash orqali о‘tkaziladigan ryeytingda quyidagi о‘nta kompaniya yetakchilik qilishmoqda (5.3.1.-jadvalga qarang).
5.4.1-jadval. Dunyoning yirik kompaniyalari

Ryeytingdagi mavqyei 2002y.

Kompaniya

Bosh ofis qayd qilingan mamlakat

1

Vodafone

Buyuk Britaniya

2

General Elektric

AQSH

3

Exon Mobil

AQSH

4

Vibendi

Franцiya

5

General Motors

AQSH

6

Royal Datch/Shell Group

Nidyerlandiya, Buyuk Britaniya

7

British Petroleum

Buyuk Britaniya

8

Toyota Motor

YAponiya

9

Telefonika

Ispaniya

10

Fiat

Italiya

Jadvaldan kо‘rinib turibdiki, yetakchi о‘rinlarni Amyerika, G‘arbiy YEvropa va YAponiya TMKlari egallab turishibdi. "Faynenshnl Tayme" eng ishonchli va e’tiborli YEvropa TMKlari qatoriga «ABB» SHvyeцiya-SHvyeyцariya mashinasozlik konцyernini, Buyuk Britaniyaning «British Eyrueyz» kompaniyasini, SHvyeyцariyaning «Nestle» guruhini, «BMW» nyemis avtomobil konцyernini va «Simens» elyektrotyexnika korporaцiyasini kiritadi
Hozirgi kunda transmilliy korporaцiyalarning huquqiy filiallari va shо‘ba korxonalari jahonning turli davlatlarida faoliyat yuritib kyelmoqda. Bu kompaniyalar nisbatan mustaqil bо‘lib, ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish, ilmiy tadqiqot va istye’molchilarga xizmat kо‘rsatish kabi ishlarni bajaradi. Umuman ular yagona ishlab chiqarish-sotish majmuini tashkil etib, bu majmuada hissadorlik kapitalga faqat ta’sischi davlat egalik qiladi. SHu bilan birga TMKlarning filial va shо‘ba korxonalari aralash korxonalar kо‘rinishida ham bо‘lishi va ularda milliy kapital ustunlik qilishi ham mumkin.
Jahon xо‘jaligida transmilliy va kо‘pmilliy korporaцiyalar qatoriga xalqaro kompaniyalar ichida ajralib turuvchi global korporaцiyalarni (GK) ham kiritish mumkin. Ushbu kompaniyalar XX asrning 80-yillarida vujudga kyelgan bо‘lib, hozirgi kunda kuchayib bormoqda. Global korporaцiyalar zamonaviy jahon moliya kapitalining butun qudratini namoyon qiladi. Jahon iqtisodiyotida globalizaцiya jarayonlari hozirgi kunda kо‘proq ximiya, elyektrotyexnika va elyektron sohalarda nyeftь va avtomobilь sohalarida axborot, bank va boshqa bir nyecha sohalarda rо‘y byermoqda.
Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporaцiyalar yirik invyestiцiya va yuqori malakali mutaxasislarni talab qiluvchi yuqori tyexnologiyali, ilmtalab sohalarga kirib boradi. Ushbu sohalarni transmilliy korporaцiyalar tomonidan monopoliya qilish tyendyenцiyasi rо‘y byermoqda. Hozirgi kunda 500 dan ortiq eng kuchli transmilliy korporaцiyalardan 90 ga yaqini xorijiy mamlakatlardagi invyestiцiyalarning 70-75% i ustidan о‘z nazoratini о‘rnatgan bо‘lib, bu 500 dan ortiq gigant TMKlar hissasiga jahon bozorlariga chiqarilayotgan elyektronika va ximiya sanoatining 80-82% i, farmaцyevtikaning 93-95%, mashinasozlikning 76-80% sanoat mahsulotlari tо‘g‘ri kyelmoqda.
Jahon iqtisodiyotida kuchli ishlab chiqarish bazasiga ega bо‘lgan transmilliy korporaцiyalar ishlab chiqarishni, tovar bozorlarini samarali ryejalashtirishni ta’minlovchi ishlab chiqarish-savdo siyosatini yurgizadilar. Ryejalashtirish bosh kompaniya doirasida amalga oshiriladi va shо‘ba korxonalariga tarqatiladi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro korporaцiyalarni vujudga kyelishi va rivojlanishiga misol qilib, о‘z qо‘lida jahon kundalik elyektr jihozlari va sanoat uskunalari bozorining 25% ini ushlab turgan “Elyektrolyuks” TMKni kо‘rsatish mumkin. 1912 yilda ikki shvyed kompaniyalarining birlashishi natijasida vujudga kyelgan “Elyektrolyuks” 20-yillardayoq Avstraliya va YAngi Zyelandiya bozoriga chiqib, u yerda ishlab chiqarishini tashkil qilgan edi. Oxirgi о‘n yilliklarda “Elyektrolyuks” AQSHda uchinchi о‘rinda turuvchi, “Vyestingauz”, “Gibson” va boshqa markalar ostida kundalik tyexnika va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi “Uayt Konsolidyeytyed” kompaniyasini, Italiya va butun janubiy YEvropada eng yirik elyektr tovarlari ishlab chiqaruvchi “Zanussi” firmasi va shuningdyek GFRda asosiy elyektr tovarlari ishlab chiqaruvchi “AEG” firmasini akцiyalarini sotib olgan edi. Xullas, bu uch firmani kushib olganidan kyeyin SHvyedlarning “Elyektrolyuks” kompaniyasi jahonning 75 mamlakatida kundalik elyektrotyexnika buyumlarini ishlab chiqarish, sotish va xizmat kо‘rsatish bо‘yicha rivojlangan tizimga ega bо‘lgan lidyer kompaniyaga aylandi.
90-yillarning о‘rtalarida ushbu transmilliy korporaцiyaning korxonalarida 110mingdan ortiq kishi ishlab, uning yillik aylanmasi о‘rtacha 16 mlrd. AQSH dollarni tashkil etgan edi.
Jahon iqtisodiyotida о‘z ekspansiyasini kyengaytira borib, transmilliy korporaцiyalar jahon bozorini о‘zlashtirishning turli shakllaridan foydalanadilar. Bu shakllar kо‘p jihatdan shartnomaga asoslanadi va hissadorlik kapitalida boshqa firmalarning qatnashishiga bog‘liq bо‘lmaydi. TMK iqtisodiyotining bunday shakllariga kо‘pincha quyidagilar kiritiladi:

  • liцyenziya byerish;

  • franchayzing;

  • boshqaruv shartnomalari;

  • tyexnik va markyeting xizmatlarni kо‘rsatish;

  • korxonalarni “kalit ostida” topshirish;

  • vaqt bо‘yicha chyeklangan qо‘shma korxonalar tuzish haqidagi shartnomalar va alohida opyeraцiyalarni amalga oshirish bо‘yicha kyelishuvlar va boshqalar.

Liцyenzion kyelishuv yuridik shartnoma bо‘lib, unga kо‘ra liцyenziar liцyenziantga bir qancha muddatga ma’lum tо‘lov evaziga ma’lum huquqlar byeradi. Liцyenziya byerish transmilliy korporaцiyaning ichki firma shartnomalari bо‘yicha ham, tyexnologiya byerishning tashqi kanallari bо‘yicha ham amalga oshiriladi.


Franchayzing – uzoq muddatga mо‘ljallangan liцyenzion kyelishuvdir. Bunda franchayzyer kliyent-firmaga ma’lum huquqlar byeradi. Bu huquqlar о‘z ichiga ma’lum tо‘lov evaziga savdo markasi yoki firma nomidan foydalanish, shuningdyek tyexnik yordam kо‘rsatish, ishchi kuchi malakasini oshirish, savdo va boshqarish bо‘yicha xizmat kо‘rsatish sohalarini oladi.
80-yillardan sо‘ng jahon iqtisodiyotida oxiridan boshqaruv va markyeting xizmatlarini kо‘rsatish kabi transmilliy korporaцiyalar ekspansiyasini shakli kyeng tarqaldi. Boshqaruv xizmatlarini kо‘rsatish bо‘yicha shartnomaga kо‘ra, korxonani opyerativ nazorat qilish ma’lum tо‘lovlar evaziga boshqa korxonaga byeriladi. Tyexnik xizmat kо‘rsatish haqidagi shartnomaga kо‘ra transmilliy korporaцiyalar ushbu firma faoliyatining qandaydir maxsus tomoniga bog‘liq bо‘lgan tyexnik xizmatlarni amalga oshiradilar. Kо‘pincha bunday shartnomalar mashina va uskunalarni ryemont qilish, “nou-xau” dan foydalanish bо‘yicha maslaxatlar, avariyalarni tugatish va sifatni nazorat qilish bilan bog‘liq bо‘ladi.
Jahon iqtisodiyotida zavodlarni “kalit ostida” topshirish haqidagi shartnomalar kyeng tarqaldi. Bunda transmilliy korporaцiyalar ma’lum ob’yektni ryejalashtirib kо‘rish uchun zarur bо‘lgan barcha (asosiy ishni) faoliyatni amalga oshirish javobgarligini bо‘yniga oladilar.
Transmilliy korporaцiyalar tomonidan xalqaro bozorlarni egallashning eng muhim shakllaridan biri xorijda maxsus invyestiцion kompaniyalar tashkil qilishdir. Bu kompaniyalarning vazifasi TMKning shо‘ba va hamkorlikdagi korxonalarining mahsulotlarini mintaqaviy bozorlarga chiqarishni rag‘batlantirish uchun ularni invyestiцiyalashdir. Bunday usuldan hozirgi kunda alkogolsiz ichimliklarni sotish bо‘yicha eng yirik xalqaro kompaniyalar “Pyepsi-kola” va “Koka-kola” Afrikada foydalanishmoqda.
Ma’lumki, transmilliy korporaцiyalar zamonaviy jahon xо‘jaligining muhim ishtirokchilariga aylanib bormoqda. Sanoati rivojlangan davlatlar uchun aynan TMKlarining xorijdagi faoliyati ularning tashqi iqtisodiy aloqalaring xaraktyerini byelgilab byeradi. Bu davlatlar eksportida milliy kompaniyalarning uzlarining xorijdagi filiallariga tovar yetkazib byerishlari va xizmat kо‘rsatishlarining ulushi kattadir. 80-yillarning ikkinchi yarmida bunday firma ichidagi savdoning ulushiga AQSH eksportining 14-20% i, YAponiya eksportining 23-29% i va GFR eksportining 24-28% i tо‘g‘ri kyelgan edi. TMK jahondagi xususiy ishlab chiqarish kapitalining 1/3 qismi ustidan, xorijdagi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri invyestiцiyalarning esa 90% ini nazorat qiladilar.
Transmilliy korporaцiyalarning sohaviy struturasi ham turli tumandir. Xalqaro korporaцiyalarning 60% i ishlab chiqarish sohasida, 37% i xizmat kо‘rsatish sohasida 3% i qazib chiqarish va qishloq xо‘jaligi sohasida banddir. Amyerikaning “Forchun” jurnali ma’lumotlariga qaraganda jahonning eng yirik 500 dan ortiq korporaцiyasi ichida 4ta majmua - elyektronika, nyeftni qayta ishlash, ximiya va avtomobilsozlik sanoat tarmoqlar asosiy rol о‘ynaydi. Ular jahon iqtisodiyotida TMKlarning olib borayotgan tashqi savdo faoliyatining 80%ti ana shu tarmoqlarga tо‘g‘ri kyeladi.
Transmilliy korporaцiyalarning jahon xо‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidagi faoliyatining yaxshi tomonlarini aytganda, ularning faoliyat kо‘rsatayotgan davlatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini ham aytib о‘tish lozim bо‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:

    • TMK faoliyat kо‘rsatadigan davlatlarning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga xalaqit byerishi;

    • davlat qonunlarini buzishi;

    • monopol narxlar о‘rnatishi, rivojlanayotgan davlatlarning huquqini chyeklovchi shartlarga majbur etishi va boshqalar.

Xullas, jahon iqtisodiyotida TMKlar xо‘jaliklararo aloqalarning rivojiga doimo e’tibor byerib, о‘rganish va yetarli darajada xalqaro nazorat talab qiluvchi murakkab va doimiy ravishda rivojlanib borayotgan fyenomyendir.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish