O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

 
3.3. Voleybol metrologiyasi 
 
L.Da  Vinchi  va  J.Borelli  zamonlaridanoq  odamlar  mashina  sifatida 
qabul  qilina  boshlangan.  Uning  tuzilishi  to‘g‘risidagi  ilmiy  tasavvurlar 
ancha  keyingi  avlod  (A.A.  Uxtomskiy,  keyinchalik  D.J.  Jeleznyak) 
vakillari  tomonidan  yaratilgan.  Ushbu  tasavvurlar  biofizika  fanining, 
ayniqsa,  uning  rus  olimlari  tomonidan,  molekulyar  biologiya  bilan 
birgalikdagi  biofizika  maktabi  yo‘nalishlari  (G.M.  Frank,  L.A. 
Blyumenfeld  va  b.)  yaratilishi  bilan  yuqori  bosqichga  ko‘tarildi.  Tabiiy 
jarayonlarning yuz berishi mexanizmlarini ochish sifatida tabiatshunoslik 
vazifasining  umumiy  tan  olinishi  yo‘lida,  darsliklarga  kiritilgan 
“molekulyar  mashina”  tushunchasi  barcha  “ilmiy  huquqlarga”  ega 
bo‘ladi. Biofiziklarning fikricha, “tirik tabiat – bu molekulyar mashinalar 
dunyosidir”. 
Biofiziklar  va  biomexaniklar  qarashlariga  tayangan  holda,  vorislik 
asosida,  organizmning  funksional  tizimlari  tuzilishini  va  ularni 
takomillashtirish  imkoniyatlarini  yaxshiroq  tushunish  nuqtai  nazaridan 
nafaqat  mikro,  balki  makro  darajada  ham  organizmga  nisbatan 


78 
qo‘llaniluvchi  biomashina  konsepsiyasini  yaratish  zarurligi  haqidagi 
xulosaga  kelindi.  Bizning  yondashuvimizni  umumiy  holda  tasvirlab 
beruvchi  ta’rifni  nisbatan  qabul  qilish  mumkin:  biologik  mashina  –  bu 
tirik organizmning fundamental fizika qonunlariga mos ravishda mavjud 
mexanizmlar  vositasida,  uning  hayotini  ta’minlovchi  ko‘p  funksiyali 
tizimdir. 
Organizmning ko‘p funksiyali tizimlarini “biomashinalar” deb atash 
bilan  biz  “mexanizmlilik”  va  “fizikaviylik”  tamoyilini,  har  qanday 
mavjudlik  asosidagi  sabab-oqibatlar  aloqadorligini  ta’kidlaymiz, 
“biologik  tizim’  atamasi  uning  ancha  kengroq  va  umumiy  ma’nosini 
saqlab  qoladi.  Tizimli  yondashuvning  tushunchalari  bo‘lgan  “tizim”  va 
“tizimosti”  ta’riflaridan  aynan  bir  xilda  foydalanish  qiyinligidan, 
“biomashina”  va  “tashkillashtirishning  ancha  quyi  darajasidagi  bioma-
shina” atamalaridan foydalaniladi. 
Tabiat  tirik  organizmdagi  biomashinalarni,  avvalo,  cheklangan 
energetik  resurslarni  hisobga  olgan  holda  yaratgan  deb  hisoblansa, 
ularning  qurilmalari  tejamkorlik  va  samaradorlikni,  shuningdek,  amal 
qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlash imkoniyatlarini saqlab qoldi. 
Bosqichma-bosqich 
holda 
organizm 
funksional 
tizimlari 
tuzilishidagi,  ularning  jismoniy  jihatdan  ishlash  tamoyillari  va 
mexanizmlarini  sabab-oqibatlarining  aloqalarini  izlash  yo‘nalishida 
ishlar olib borildi, biomashina konsepsiyasining eng umumiy qoidalarini 
shakllantirishga erishildi. Bular quyidagilar: 
- tirik organizmga biomashina sifatida qarash mumkin; 
- har qanday sportchining ishlash jarayonlari  – jismoniy harakatdan 
iboratdir; 
-  organizmdagi  biomashinalarning  barcha  tizimlari  molekulyar 
darajagacha ham ishlaydi va harakatlanadi; 
-  biomashinaning  xususiyatlari  uning  qurilmalari,  tashkil  etilish 
usullari,  funksional  aloqalarini  tuzilmasi  va  ishlash  usullari  bilan 
belgilanadi; 
-  biomashinaning  har  qanday  qismlari,  bo‘g‘inlari,  birikmalari, 
shuningdek,  funksional  tizimlar  sifatida  namoyon  bo‘ladi  (ularni  ancha 
quyi tuzilmaviy darajadagi biomashina sifatida qarash mumkin), ularning 
tuzilmasi ham ulardagi xususiyatlar bilan belgilanadi; 
-  har  qanday  tuzilmani  biomashina  energiya  sarfi  hisobidan  amalga 
oshiriladi; 


79 
-  biomashina  faoliyati  sifati  ularning  qurilmalarida  organizm 
tomonidan  yetkazib  turuladigan  energiyadan  samarali  va  tejamli 
foydalanish shartlarining ro‘yobga chiqarilish darajasi bilan belgilanadi; 
- boshqaruv tizimi organizmdagi funksional tizimlar (shu jumladan, 
ong,  his-tuyg‘u,  maqsadli  tafakkur)  holati  barqarorligi  va  uning  muhit 
bilan o‘zaro ta’sirlari samaradorligini ta’minlaydi. 
Qabul  qilingan  voleybol  metrologiyasiga  muvofiq  tayanch-harakat 
apparati  ham  harakatlanish  funksiyasini  amalga  oshiruvchi  biomashina 
sifatida  talqin  etiladi.  Uning  faoliyati  samaradorligi, 
asosan, 
harakatlanish 
faoliyatida 
energiya 
oqimlarining 
kiritilishi 
va 
o‘zlashtirilishi  qonunlari  qanchalik  samarali  foydalanilishi  umumiy 
metrologiya 
qonunlari 
bilan 
aniqlanadi. 
Organizm 
tomonidan 
ta’minlanuvchi  energiya,  uning  o‘zlashtirilishi  jarayonida  qanday 
kiritilishi va qanday  o‘zgartirilishi, bajariladigan harakat funksiyalari va 
ularning  yakuniy  natijalarning  qay  darajada  ekanligiga  bog‘liq  bo‘ladi. 
Energiyaning  quvvatlanishi,  kiritilishi  va  o‘zlashtirilishi  odam  tayanch-
harakat  apparati  (THA)  biomashinasining  tuzilishi  bilan  belgilanadi. 
Organizm  funksiyalarining  zaruriy  sifatiga  ega  bo‘lish  uchun  uning 
tuzilmasini (biomashina qurilmasini) tegishli tarzda o‘zgartirish zarur. 
Biomashina  sifatida  organizm  tizimlarini  tashkiliy  va  faoliyat 
tamoyillarini  tushunish,  ishni  bilgan  holda  mashq  faoliyatida  ularning 
maqsadli takomillashuvi jarayonini boshqarish imkonini beradi. Sportchi 
organizmi  biomashinasining  tuzilishi  va  ishlashi  to‘g‘risidagi  bilimlar, 
muhandislik darajasida bo‘lishi va sabab-oqibatlar darajasida funksional 
aloqalarni  talqin  etish  qobiliyatiga  ega  bo‘lishi  zarur.  Faqat  shunday 
bilimlargina  muhandis-konstruktorga  (bizning  holatda  murabbiy-
sportchiga) uning qurilmasini, ishlash darajasini jiddiy yaxshilash uchun 
maqsadga yo‘naltirilgan samarali taraqqiyot imkonini beradi. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish