10.2. Voleybol bilan shug‘ullanishga tanlov asosida qabul qilish
jarayonini testlar yordamida amalga oshirish
Sport o‘yinlari turlari (voleybol, basketbol, gandbol, futbol va h.k.)
bo‘yicha turli yillarda nashrdan chiqarilgan BO‘SM dasturlariga muvofiq
dastlabki tayyorgarlik guruhlariga qabul qilishda bolalarning yoshi,
shug‘ullanuvchilar va guruhlar soni turlicha berilgan. Masalan, 1982-
yilda Yu.D.Jeleznyak, K.A.Shvets, N.V.Dolinskayalar muallifligida
chop etilgan BO‘SM dasturida 10, 11, 12 yoshli bolalar uchun dastlabki
tayyorgarlik guruhlariga qabul qilish bo‘yicha me’yoriy test mezonlari
berilgan. Guruhdagi shug‘ullanuvchilar soni 15 kishi, haftalik
mashg‘ulotlar hajmi 8 soat, yillik mashg‘ulotlar hajmi 416 soat
miqdorida berilgan (38, 39-jadvallar).
351
Do'stlaringiz bilan baham: |